Get Mystery Box with random crypto!

Juma soat 21:30 da 'Milliy' telekanalida Azamat Matkarimov jam | Zakovat intellektual klubi

Juma soat 21:30 da "Milliy" telekanalida Azamat Matkarimov jamoasi 2022-yilning qishki mavsumi to‘rtinchi o'yinida ishtirok etadi.

Jamoa a’zolari:

Azamat Matkarimov Xiva shahridagi prezident maktabi o‘qituvchisi (jamoa sardori);
Shodlik Xasanov - Xorazm ma'mun akademiyasi ilmiy ishlar bo`yicha direktor o‘rinbosari;
Jamoliddin Tojiyev- erkin ijodkor;
Navruz Xo'jayev - tadbirkor;
Feruz Xo'jayev - menejer.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Juma soat 21:30 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

Qishki mavsum oldingi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, quyidagi havolalar orqali Youtube kanalimizda ushbu o‘yinlarni tomosha qilishingiz mumkin:

1. Zafar Rahimov jamoasi o‘yini;
2. Madina Mirzaraxmatova jamoasi o‘yini;
3. Farrux Rafiqov jamoasi o‘yini.

Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

@zakovat