Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 38.56K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 121

2022-02-18 20:36:52 Javobni Xushnudbek Xudoyberdiyev beradi: Bizningcha, oʻsha yili Lionel Messining ustaralar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan reklama shartnomasi tugagan. Ungacha u doim soqolini chiroyli qilib olib yurishga majbur boʻlgan, reklama shartnomasi boʻyicha. Shundan keyin soqol qoʻyishga haqqi boʻlgan va oʻziga yoqadi, qoʻyib yuribdi.

To‘g‘ri javob: U qariyb 15 yilcha soch-soqolini archilgan tuxumday qilib olib yurgan, chunki shartnomada shunaqa koʻrsatilgan. 2016-yilgacha uning Jilet kompaniyasi bilan shartnomasi boʻlgan.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m
pul mukofotini qo‘lga kiritdi

@zakovat
9.9K views17:36
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:34:59
-raund. Savol muallifi - Ravshan Omonov, Guliston shahri.

Boshlovchi:
2016-yildagi Lionel Messining surati.

Diqqat savol: Nega 2016-yildan boshlab uni soqolda koʻryapmiz?

@zakovat
10.2K viewsedited  17:34
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:33:21 Javobni Xayotilla Raxmonov beradi: Odamlar hayotidagi magʻlubiyatlar, omadsizliklar, xatolarni nazarda tutgan.

To‘g‘ri javob: Xatolar.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
9.8K views17:33
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:30:59 -raund. Savol muallifi - Samandar Temirov, Nurobod tumani.

Boshlovchi: Yapon yozuvchisu Xaruki Murakami: "Ular hayotimizdagi tinish belgilardir", degan. "Matnlar tinish belgilarisiz mazmunini yoʻqotgandek, hayotimiz ham ularsiz mazmunga ega boʻlmaydi",degan. Kuyunchalik bilan gapirgan.

Diqqat savol: Murakami ular deb nimalarni atagan?

@zakovat
10.0K views17:30
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:17:33 Jamoa klub yordamidan foydalandi.

Javobni Xushnudbek Xudoyberdiyev beradi: Chunki chin yetim qizlarni davlat qaramogʻiga oladi. Uylanadigan boʻlsa, davlatga toʻlanadigan qalin puliga oʻxshagan majburiyat boʻlishi mumkin.

To‘g‘ri javob: Qadimgi Xitoyda oila qonunlari yuksak qadrlangan. Agar yigitlar turmush qurgan ayollari bepusht boʻlsa, yo boshqa sabab chiqsa, ularni uyidan haydab yubora olishgan. Ammo ayollari chin yetim boʻlsa, ularni haydab yuborishga haqlari boʻlmagan. Davlat ularni himoya qilgan.

Hisob: -

Savol muallifi Faxriddin Bafoyev 5 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
11.7K views17:17
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:14:34 -raund. Savol muallifi – Faxriddin Bafoyev, Galaosiyo shahri.

Boshlovchi
: Qadimdan Xitoyda ota-onasiz katta boʻlgan chin yetim qizlarni turmushga chiqishlari juda qiyin boʻlgan. Oʻta majburlikdan boʻlmasa hech bir yigit ularga uylanishni xohlamagan.

Diqqat savol: Nega yigitlar chin yetim qizlarga uylanishni xohlashmagan?

@zakovat
11.7K views17:14
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:13:05 Javobni Azamat Qobilov beradi: Shunday odat bor mehmondorchilikda xontaxtani qoʻyadi. Agar ikkita xontaxta boʻlsa, bittasini ikkinchisiga bir xil qilish uchun kitob qoʻyib qoʻyish odatlari bor baʼzi odamlarni. Shu narsani koʻrib qolgan boʻlsa, kitobga boʻlgan hurmatsizlikni koʻrib chiqib ketgan boʻlishi mumkin.

To‘g‘ri javob: Mehmonga kirganda koʻzi stol ostidagi kitobga tushadi. Kitobni qoʻyishganidan juda ham jahli chiqqan.

Hisob: -

Bilimdonlar jamoasi 1 million so‘m
pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
11.5K views17:13
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:11:25 -raund. Savol muallifi - Nafosat Nazarova, Sharof Rashidov tumani.

Boshlovchi:
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malik avtobiografik asarlaridan birida yozuvchilar mehmonga borganda nima ularning eng koʻp izzat-nafsiga tegadi, degan savolga shunday javob bergan: -"Mehmonda eng yomoni mehmonxonaga borib oʻtirganimda koʻrganman. Bir ikki marta shunday holatni koʻrganmanki, shu holatni koʻrib shartta oʻrnimdan xafa boʻlib turib ketganman".

Diqqat savol: Yozuvchini mehmonda nima izzat-nafsiga tegadi deb oʻylaysiz?

@zakovat
11.3K views17:11
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:08:08 Javobni Xayotilla Raxmonov beradi: Soch rangi.

To‘g‘ri javob: Koʻz rangiga qarab.

Hisob: -

Savol muallifi Svetlana Jalmenova 4 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
11.3K views17:08
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:07:20 2-savol:

Boshlovchi:
Boshqirdistonda har bir aholidan uning rangiga qarab soliq olingan. Sargʻish boʻlsa koʻproq, qora boʻlsa arzonroq.

Diqqat savol: Har bir aholidan nimani rangiga qarab soliq olingan?

@zakovat
11.0K views17:07
Ochish/sharhlash