Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayy | Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayyorladi!

Nobel mukofoti laureati Karl Viyeman tashabbusi bilan yaratiligan dunyoga mashhur Kolorado Universiteting PhET platformasi agentligimiz tashabbusi bilan endi toʻliq oʻzbek tilida!

Endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday zarur laboratoriya jihozlarisiz 100 dan ortiq interaktiv simulyatsiyalar orqali Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo hamda Tabiat haqidagi fanlarga oid mavzularni yanada mukammal oʻrgana olasiz! Eng muhimi platformaning oflayn nusxalari orqali undan internetsiz foydalanish imkoni ham mavjud.

Oʻqituvchilar esa oʻzlarining simulyatsiya mavzulariga oid boʻlgan topshiriq, test va dars ishlanmalarini platforma orqali hamkasblari hamda oʻquvchilar bilan ulasha oladilar. Bunday hamkorlikda oʻqish va oʻqitish orqali yoshlarimiz yanada fanlarni mukammal oʻzlashtirishadi.

Umid qilamizki, taqdim etilgan ushbu imkoniyaidan barcha unumli foydalanadi.

Oʻylanib oʻtirmang, PhET orqali oʻrganing!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube