Get Mystery Box with random crypto!

'Agro marafon'ning navbatdagi manzili Surxondaryo! Yoshlar | Yoshlar ishlari agentligi

"Agro marafon"ning navbatdagi manzili Surxondaryo!

Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yosh fermerlar Kengashi hamkorligida O‘zbekistonda ilk marotaba tashkil etilayotgan “Agro marafon” Surxondaryo yoshlar uchun foydali bo'ldi.

"O‘zbekiston yoshlari forumi - 2021" doirasida bugun Yoshlar markazi faollar zali, ko'plab fermerlik, dehqonchilik, chorvachilik umuman olganda agro sohaga qiziquvchi yoshlarni bir joyga jamladi. Marafon doirasida tashrif buyurgan spikerlar yoshlarga motivatsion trening o'tib berishdi.

Maqsad esa Yosh fermerlar va fermerlikka qiziqqan yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning sohaga oid imkoniyatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish, yosh fermerlar va dehqonlar faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlar hamda muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar izlab topishdan iborat.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi