Get Mystery Box with random crypto!

Yosh onalarga maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.86K
Kanalning ta’rifi

‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan✔
ADMIN DOCTOR EMAS❌
@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-06-11 15:11:54
БОЛА НЕГА ТИРНОҒИНИ ТИШЛАЙДИ?


Тирноқни тишлаш ҳолати тиббиётда онихофагия деб юритилади, Бу ҳолат қаттиқ тушкунлик, қўрқув ва стресс пайтида кузатилади.
Маълумки, бола туғилмасдан аввал, она қорнидалигидаёқ бармоқларини сўра бошлайди. Бу уларга ёноқ мушакларининг ривожланишига ёрдам беради.

Мутахассисларнинг фикрига кўра, бармоқ ёки тирноғини тишлаган бола ўзи билмаган ҳолда гўдаклик даврига қайтади. Улар шу орқали тинчланади. Асаб тизими фаолияти ўз ўрнига қайтгач, бу одат бора-бора ўтиб кетади. 

Уни бу одатни ташлашга мажбурлаш ярамайди. Болага ўзини кўрсатишига, фикрини билдиришига имкон яратинг. Кўпроқ болалар орасида бўлишига, тортинмасдан мулоқот қилишига қўйиб беринг. Шундагина у ўзини ўраб турган қўрқув, тортинчоқлик ва жамоага қўшила олмаслик одатларини тарк қилади.

Болага онанинг рухий холати хам уз таьсирини курсатади. Яьни она асабий булса, бола хам
асабийлашиб, тирногини тишлаши,  четларини кучириши, бармогини суриши  мумкин.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Homiladorlik_davri
10.5K views12:11
Ochish/sharhlash
2023-06-11 14:29:10 atigi 200 ming som evaziga siz
ayollar va kattalar uchun klassik massaj
boyin bosh yuz uchun uhod massaji
yelka kurak bel uchun alohida massaj
oyoq qol qorin uchun maxsus massaj
tananing zarur qismlariga asalli massaj
bonkali davolovchi massaj
ozduruvchi yoglarni eritubchi qorinni ketkizubchi antisilulitniy massaj
ayrim tana azolari uchun manual terapitaning kerakli usullari
LFK mashqlari va soglomlashtiruvchi massah
bolalar uchun
soglomlashtiruvchi massaj va chiniqtiruvchi mashqlar
x va o obrazni bolalarga massaj qilishni va taxta boglab davolashni organasiz

hech qanday hujjat berilmaydi bu shunchaki ozingiz hunarli bolishingiz uchun orgatiladi

otzivlar kanali https://t.me/massajnatijalarim

murojaat uchun
@Sizbilanbudunyohamjannatdek
ayollar va bolalar massaj:
Massaj haqida ma'lumotlar
Foydasi va zararlari
Massaj usullari
Yuz massaji
Kasalliklar haqida ma'lumotlar
L.F.K mashqlari
KATTALAR massaji
YURAK TOMIR KASALIKLARI massaji
VARIKOZ UCHUN massaj
UMURTQA QIYSHIQLIGI uchun massaj
OSTEOXONDROZLAR  uchun massaj
BO'YIN QIYSHIQLIGI uchun massaj
BEL RADIKULITI uchun massaj
BOLALAR massaji
ASALLI massaj
BANKALI massaj
DAVOLOVCHI massaj
ANTISELULITNIY massaj
NUQTALI massaj
YOSH ONALAR uchun uy sharoitida bajaradigan massaj
MAXSUS UMURTQA uchun KARSET yasashni o'rgataman
TAXTA bog'lash

qoshimchasiga homilador ayollarga tugruqni yengillashtiruvchi ajoyib effektli massajni orgataman
10.0K views11:29
Ochish/sharhlash
2023-06-11 14:29:09
9.3K views11:29
Ochish/sharhlash
2023-06-11 12:26:39
Ozodlik

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
11.5K views09:26
Ochish/sharhlash
2023-06-11 05:00:39 ​​ Shifokorlar beshik xususida aniq bir to‘xtamga kelishmagan. Ular beshikni munozarali mavzu hisoblaydilar.
Masalan, tibbiyot fanlari nomzodi Nizom Ermatov, oliy darajadagi jarroh Tojiboy Yoqubov, shifokor O'ktam Qo‘chqorovlar o‘z maqolalarida («Shifo-info» gazetasi) beshikka ijobiy baho berganlar.
Professor Mamazoir Xo‘jamberdievning fikricha esa, beshikning muttasil va suratli tebratish bola miyasiga shikast yetkazishi, hali yaxshi qotib ulgurmagan bosh suyagining sinishiga va miyaga qon quyilishiga olib kelishi mumkin. U o‘z fikrlarini 10 yil burun Farg‘ona vodiysida tadqiqot olib borgan shotlandiyalik pediatrlar natijalari bilan isbotlashga urinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra taxminan har 100 ming go‘dakdan 25 tasida bosh suyagi deformatsiyasi yoki jarohatlanishi kuzatilgan.
Andijon tibbiyot instituti professori Rishat Osmanovning fikriga ko‘ra bir xil holatda 10-15 soat uzluksiz yotishi bola sog‘lig‘i uchun xavfli. Chaqaloqni yelka, qorin va oyoq qismidan qattiq bog‘lash ham qon aylanishini buzadi, suyaklarning qiyshiq o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek Osmanov bola beshikda harakatlana olmasligi natijasida mushaklari yaxshi rivojlanmay qolishi hamda organizmda modda almashinuvi buzilishi mumkinligini ta'kidlaydi.
Ellik yillik ish tajribasiga ega, bolalar ortopedi va travmatolog Kozim Qobilov esa bunday qarashlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning fikricha, beshikda yotish suyaklarning qiyshiq o‘sishiga olib kelmaydi. Zero suyaklarning qiyshiq o‘sishi asosan raxit kasalligi bilan bog‘liq. «Beshikdagi qovuz bolaning shakliga moslashadi va umurtqaning to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Oyoqlardagi «O» va «X»simon deformatsiyalarning beshik bilan aloqasi yo‘q. Chunki, bunday qiyshiq o‘sish holatlari bola yura boshlagandan keyin qaysidir yuzaga kelishi mumkin», deydi ortoped Qobilov.
Beshik tebratganda go‘dak bosh suyagining shikastlanishi faqatgina boshning yog‘och qismlarga qattiq zarb bilan urilganda sodir bo‘ladi. Odatiy beshik tebratishlarda bu holatning yuzaga kelish ehtimoli kam. Shotlandiyalik pediatrlarning tadqiqotidagi ko‘rsatkich ham juda past (0,00025 foiz) ekani esa beshikni yoqlaydigan shifokorlar e'tiborini tortgan. Shikastlangan chaqaloqlar esa beshikni noto‘g‘ri tebratish yoki boshqa sabablar tufayli zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, go‘daklarning to‘liq bitmagan va yumshoq bosh suyaklarining kompensator imkoniyatlari baland bo‘ladi. Ularda bosh suyak deformatsiyasi kam uchraydi. Shuning uchun miya chayqalishi, bosh suyagi shikastlanishi kabi holatlarga beshikni sababchi qilib ko‘rsatish yetarli asosga ega emas. Ayniqsa, sog‘lom tug‘ilgan bola uchun beshikning zarar yetkazish ehtimoli juda kam.

Qanday chaqaloqlar beshikka belanmaydi?
Chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasi (noto‘g‘ri o‘sish) bilan tug‘ilgan go‘daklarni beshikka belamaslik kerak. Sababi, ularning oyoqlari biriktirilmagan holda, ochiq turishini tavsiya etishadi. Bolada bunday tug‘ma kasallik bor-yo‘qligini bilish uchun ortoped ko‘rigidan o‘tkazish lozim.
Tug‘ma yurak poroklari bo‘lgan bolalarda ba'zan nafas olishi qiyinlashish holatlari uchraydi. Shuning uchun ularga ham beshik tavsiya etilmaydi.
Ko‘pincha katta vazndagi chaqaloqlar tug‘ilish jarayonida bosh suyagi deformatsiyalanadi. Natijada, bosh suyagi ichidagi qon bosimi baland bo‘ladi. Bezovtalanish va injiqlik shu kasallik bilan og‘ringan bolalarga xos. Ular beshikka belansa, beshikni juda ohista tebratish lozim.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.5K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-06-10 20:43:52Болаларни ёшлигидан тўғри тарбиялаш учун нима қилиш керак?

Ассалому алайкум! Болаларни ёшлигидан тўғри тарбиялаш учун нима қилиш керак?

Жавоб:

- Ва алайкум ассалом! Аввало болани тарбиялай оладиган диндор аёлни танлаш керак. Бир шаҳарнинг қозиси қизини турмушга чиқараётиб, маъжусий қўшнисига маслаҳат солган экан. Маъжусий ҳайрон бўлиб, «Бу каби масалаларни ўзингиз мендан яхши тушунасизку, нега мендан сўраяпсиз?» деганида, «Ҳикмат мўминнинг йўқотган нарсасидир. Қаерда ва кимда топса, уни олишга ҳақлидир. Сизда ҳам албатта бир ҳикмат бор, шундан фойдаланишни хоҳладим» деган. Маъжусий: «Бизнинг подшоҳларимиз – кисролар қиз бериш ва қиз олишда бойликка эътибор қаратишган. Рум подшоҳлари эса чиройга эътибор қаратишган. Араблар эса насл-насабга. Сиз эса пайғамбарингиз нимага эътибор қаратган бўлсалар, шунга амал қилинг», деган экан. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам суратидан кўра ҳам, сийрати гўзалларини танлашни буюрганлар. Болани гўзал ҳолда тарбияламоқчи бўлсангиз, онасини тарбия қилишга қаттиқ эътибор беринг. Солиҳалар сафига қўшинг, кўпроқ Қуръон ўқисин, чунки боланинг энг биринчи мадрасаси онанинг қучоғи бўлади. Валлоҳу аълам!

«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати
T.me/muslimaatuz

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.7K views17:43
Ochish/sharhlash
2023-06-10 20:08:29 Qizlajonla bu kanalga bir kirib ko'rmasela bo'midi. Narxlari judda arzon ekan
O'zim ham doim shu dokondan harid qilamam
11.7K viewsedited  17:08
Ochish/sharhlash
2023-05-18 19:21:56
NIYAT QILGANLA BORMI?
8.1K views16:21
Ochish/sharhlash
2023-05-18 19:18:34 Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi?
YECHIMI: Unga xotirjamlik inʼom eting. Bola agar qoʻrqmasa, bosim va tahdid ostida boʻlmasa u yolgʻon gapirmaydi. Unga osoyishtalik va tinchlikni his ettiring.

Farzandingiz qaysarmi?
YECHIMI: U oʻjarlik qilib turganda, siz unga yomon ish qilmang. Chunki u sizning aks ish qilayotganingizni koʻrsa, qaysarligini oshiradi!
Unga muhabbatingizni berib, bagʻringizga oling.

Farzandingiz serharakatmi?
YECHIMI: Uni harakatli faoliyatlar bilan mashgʻul eting. Shokolad tanavvul etishini kamaytiring. Chunki shokolad uning energiyasini oshirib yuboradi. Unga biron-bir yoshiga mos masʼulyatli ishni topshirib qoʻying.

Farzandingizning ovqatlanishi zaifmi?
YECHIMI: Uni aslo bunga majbur etmang. Balki, uni oʻynayotganida ovqatlantiring yoki aka-ukalari bilan raqobat uyushtirib, ovqatlantirishga harakat qiling. Taomlarini rangli mevalar bilan bezab bering.

Farzandingiz kichik ukalarini uryaptimi?
YECHIMI: Uni kichik ukalari bilan solishtirmang. Ularga beradigan mehr-muhabbatingizni adolatli eting. Biri qolib boshqasiga mehr koʻrsatayotganingizni ularga zinhor bildirmang.

Farzandingiz telefon yoki kompyuter oʻyinlariga oʻchmi?
YECHIMI: Oʻyin vaqtlarini sekin astalik bilan kamaytirib boring. Toʻsatdan uni oʻyinlardan mahrum etmang. Aks holda oʻyinga boʻlgan ehtirosi ilgariga nisbatan yanada kuchliroq boʻlib, zoʻrayib ketadi.

Farzandingiz axloqsiz va odobsiz soʻzlarni talaffuz etyaptimi?
YECHIMI: Unga ovozingizni koʻtarib ovvora boʻlmang. Balki, yumshoqlik bilan tshuntiring. Va unga “tilning pokligi dilning pokizaligidan” deb ayting.

Farzandingiz namoz oʻqimayaptimi?
YECHIMI: Allohga boʻlgan muhabbatini oshiring. Jamiyki neʼmatlar shuningdek, oʻyinchoqlar va shirinliklarning bari Allohdan ekanligiga his ettiring.

Farzandingiz oʻgʻrilik qildimi?
YECHIMI: Uni “oʻgʻri” degan soʻz bilan haqorat qilmang. Balki, unga nasihat qiling. Olgan narsasini darrov qaytarsin va uni oʻgʻrilik qilishiga sabab boʻlgan narsani aniqlab, farzandingizni “davolang”. Uning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondiring.

Oʻgʻlingizda ayollarga xos alomatlarni payqadingizmi?
YECHIMI: Sekin astalik bilan qizlar bilan boʻlgan aloqasini chetlatib, uni koʻproq erkaklar safiga qiziqtiring hamda biroz dagʻallikni ham oʻrgating.
Agarda qizlarda erkaklarga xos harakatlarni sezsangiz, buning aksini qiling.

Farzandingiz qaysarlik qilib, uygʻonishi bilan yigʻlaydimi?
YECHIMI:
Uning boshini mehr bilan silang va uning sevgan laqablarini aytib erkalang. Soʻngra «oyat al-kursi»ni past ovoz bilan oʻqing.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
8.6K views16:18
Ochish/sharhlash
2023-05-18 17:41:35 Yosh onalar maktabi

Bola qachon yurishni boshlaydi?

Воlаlаrning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho'zilib ketishi mumkin.

Yurish - bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi:
- mushak kuchi,
- muvozanat saqlash,
-xarakter.


Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o'ynaydi.

Yumshoq xarakterga ega bo'lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o'zgarishlarda asta-sekinlik bilan o'tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o'z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar.

Kech yurishni boshlagan bolalar odatda bir joyda o'tirib mayda buyumlarni tomosha qilib, ularni qo'llari bilan o'rganib o'tirishdan lazzat oladilar. Kech yurgan bola birinchi emaklaydi, keyin ushlab turib yuradi, keyin tura oladi, undan keyin esa mustaqil qadam tashlashni boshlaydi. Lekin kech yurgan bolalar odatda juda yaxshi, muvozanatni saqlab yuradilar.

Vaqtli yurishni boshlagan bola, aksincha, impulsiv, bir joyda o'trimaydigan, injiq bola bo'lishi mumkin. Odatda vaqtli yurgan bolalar boshqa jismoniy o'zgarishlarni ham tez uddalashni istab ota-onasini ko'p yugurtirib qo'yadi.

Bolaning erta yoki kech yurishiga uning vazni ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ya'ni, ozg'in bolalar og'ir bolalardan ko'ra tezroq yuradi.

Bolaning yurgan vaqti uning intellekti, jismoniy rivojlanishi, kelajakdagi yutuqlari qanday bo'lishini aslo ko'rsatmaydi. Bolaning qachon va qanday yurgani uning xarakteri singari boshqalardan o'zgacha bo'ladi xolos.


@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
10.0K views14:41
Ochish/sharhlash