Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi? YECHIMI: Unga xotirjamlik | Yosh onalarga maslahatlar

Farzandingiz yolgʻon gapiryaptimi?
YECHIMI: Unga xotirjamlik inʼom eting. Bola agar qoʻrqmasa, bosim va tahdid ostida boʻlmasa u yolgʻon gapirmaydi. Unga osoyishtalik va tinchlikni his ettiring.

Farzandingiz qaysarmi?
YECHIMI: U oʻjarlik qilib turganda, siz unga yomon ish qilmang. Chunki u sizning aks ish qilayotganingizni koʻrsa, qaysarligini oshiradi!
Unga muhabbatingizni berib, bagʻringizga oling.

Farzandingiz serharakatmi?
YECHIMI: Uni harakatli faoliyatlar bilan mashgʻul eting. Shokolad tanavvul etishini kamaytiring. Chunki shokolad uning energiyasini oshirib yuboradi. Unga biron-bir yoshiga mos masʼulyatli ishni topshirib qoʻying.

Farzandingizning ovqatlanishi zaifmi?
YECHIMI: Uni aslo bunga majbur etmang. Balki, uni oʻynayotganida ovqatlantiring yoki aka-ukalari bilan raqobat uyushtirib, ovqatlantirishga harakat qiling. Taomlarini rangli mevalar bilan bezab bering.

Farzandingiz kichik ukalarini uryaptimi?
YECHIMI: Uni kichik ukalari bilan solishtirmang. Ularga beradigan mehr-muhabbatingizni adolatli eting. Biri qolib boshqasiga mehr koʻrsatayotganingizni ularga zinhor bildirmang.

Farzandingiz telefon yoki kompyuter oʻyinlariga oʻchmi?
YECHIMI: Oʻyin vaqtlarini sekin astalik bilan kamaytirib boring. Toʻsatdan uni oʻyinlardan mahrum etmang. Aks holda oʻyinga boʻlgan ehtirosi ilgariga nisbatan yanada kuchliroq boʻlib, zoʻrayib ketadi.

Farzandingiz axloqsiz va odobsiz soʻzlarni talaffuz etyaptimi?
YECHIMI: Unga ovozingizni koʻtarib ovvora boʻlmang. Balki, yumshoqlik bilan tshuntiring. Va unga “tilning pokligi dilning pokizaligidan” deb ayting.

Farzandingiz namoz oʻqimayaptimi?
YECHIMI: Allohga boʻlgan muhabbatini oshiring. Jamiyki neʼmatlar shuningdek, oʻyinchoqlar va shirinliklarning bari Allohdan ekanligiga his ettiring.

Farzandingiz oʻgʻrilik qildimi?
YECHIMI: Uni “oʻgʻri” degan soʻz bilan haqorat qilmang. Balki, unga nasihat qiling. Olgan narsasini darrov qaytarsin va uni oʻgʻrilik qilishiga sabab boʻlgan narsani aniqlab, farzandingizni “davolang”. Uning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondiring.

Oʻgʻlingizda ayollarga xos alomatlarni payqadingizmi?
YECHIMI: Sekin astalik bilan qizlar bilan boʻlgan aloqasini chetlatib, uni koʻproq erkaklar safiga qiziqtiring hamda biroz dagʻallikni ham oʻrgating.
Agarda qizlarda erkaklarga xos harakatlarni sezsangiz, buning aksini qiling.

Farzandingiz qaysarlik qilib, uygʻonishi bilan yigʻlaydimi?
YECHIMI:
Uning boshini mehr bilan silang va uning sevgan laqablarini aytib erkalang. Soʻngra «oyat al-kursi»ni past ovoz bilan oʻqing.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi