Get Mystery Box with random crypto!

Yosh onalarga maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.86K
Kanalning ta’rifi

‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan✔
ADMIN DOCTOR EMAS❌
@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-03-07 05:33:05 ​​Bolalarni boshqa bolalarga solishtirish

Bizni ham solishtirishgan, biz ham solishtiramiz. Boshqalar bilan o’zlarini qiyoslashi - bolalarga yaxshi ta’sir qiladi, boshqa bolalarni yaxshi taraflarini o’rganadi, deb o’ylaymiz.

Bugun bolalarimizni boshqa bolaga qiyoslashning yomon taraflari haqida gaplashamiz. Buni bir qancha salbiy jihatlari bor:

1. Bolalar o’zlarini keraklicha yaxshi ko’rilmagan his qiladi, hafa bo’ladi. Buni o’zimiz misolimizda ham ko’rishimiz mumkin. Agar turmush o’rtog’imiz, bizga boshqa odamning turmush o’rtog’ini misol qilib ko’rsatsa, albatta jahlimiz chiqadi. Qiyoslangan odamni yomon ko’ra boshlaymiz, turmush o’rtog’imizga esa “o’sha odam bilan oila quring” unday bo’lsa degimiz keladi. Bolalarda ham huddi shunday...

2. Bolalarni doimiy boshqalar bilan o’zini qiyoslashga odatlantirib qo’yasiz. Albatta, bu yomon, chunki bolalarning qobilyatlari xar hil. Biz doim kimdandir qandaydir masalada ustun, qandaydir masalada noqismiz. Bolalar - o’zidan kuchlilar bilan o’zlarini qiyoslab o’zlariga ishonchi yo’qoladi, yoki aksincha holda g’ururlanib ketishi mumkin.

3. Doimiy qiyoslangan bola o’zi kim ekanligi nimalar xohlashini unutib qo’yishi mumkin. Yani, eng sevimli kishilari - ota-onasi xohlagan odamga o’xshashga bo’lgan xohish, bolalarni o’zlari qanday ekanligi, nima xohlashlarini unuttirib qo’yishi mumkin. Natijada, farzandingiz o’zga odam hayotini yashab, baxtli bo’la olmay qolishi mumkin.

4. Qiyoslash o’zingizga ham zarar qilib qolishi mumkin. Bolalar kichkina yoshlarida hafa bo’ladi, lekin hech narsa demaydi. Katta yoshdagi bolalar esa, o’zingizga huddi shunday javob qaytarishi mumkin. Ya’ni, kimnidir ota-onasi bilan sizni qiyoslaydi. Ota-onalar va imkoniyatlar ham xar hil, sizdan imkoniyati, bolalari uchun vaqti ko’plari bilan qiyoslanishingiz ko’nligizni og’ritadi. Siz ular uchun boringizi bersangizu ular boshqalarni gapirsa...

Qiyoslanishi mumkin bo’lgan shaxs - Payg’ambarimiz salollohu alayhi va sallam va u zotning sahobalaridir. Payg’ambarimiz alayhissalomning go’zal hayotlari biz uchun komil musulmon bo’lib, chiroyli hayot kechirishimizga eng munosib na’munadir.

Keyingiz safar farzandingizni tanqid qilmoqchi bo’lsangiz, ehtiyot bo’ling! Boshqalarning yaxshiligini emas, farzandingizdan nega xafa ekaningizni, agar siz xohlaganday bo’lsa, hursand bo’lishingizni ayting.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
12.6K viewsㅤㅤ, 02:33
Ochish/sharhlash
2024-03-06 13:55:05


@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.6K views♡, 10:55
Ochish/sharhlash
2024-03-06 08:56:18
Чақалоқлар ич қотишининг олдини олиш учун ҳар бир она қуйидаги маслаҳатларга амал қилиши зарур:

чақалоқни тўйдириб эмизинг, қорни оч қолмасин;

чақалоқни кўпинча қорни билан ётқизиб қўйинг;

болани қўлтиғидан ушлаб танасини ҳаракат қилдириш керак;

ичак фаолиятини яхшилаш учун чақалоққа врач билан маслаҳатлашган ҳолда витаминлар бериб туриш мумкин;

боланинг қорнини соат мили бўйича аста-секин силанг.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
14.2K views♡, 05:56
Ochish/sharhlash
2024-03-06 05:01:53
Фарзандим 1 ойлик. Кўп йиғлайди. Бу хавфли эмасми?

Ҳусан

Шифокор Ҳилола Жумаева:

Янги туғилган чақалоқларда йиғлаш рефлекси табиий ҳисобланади. Фақат қорни очганда, уйқуси келганда, таги ҳўл бўлганда ёки уйқуси бузилганда йиғлаши меъёрий ҳолат ҳисобланади. Ушбу муаммоларни бартараф этганда чақалоқ йиғлашдан тўхтайди. Қорин тўймаслиги, ич қотиши ва қорин дам бўлиши ҳам бола кўп йиғлашига сабаб бўлади.

Чақалоқлар туғилгач, ошқозон-ичак тизимининг фаолияти бошланади. Шу сабабли қоринда оғриқ ва корин дам бўлиш ҳолатлари кузатилади. Бунда шифокор педиатр кўригига олиб бориш ва тавсияларига амал қилиш лозим.

Онанинг овқатланиши ва асабийлиги ҳам болага таъсир кўрсатади. Бола ташқи муҳитга мослашгунга қадар она парҳезда бўлиши лозим. Кўп йиғлаш бола учун зарарли бўлиб, мияда қон айланишига салбий таъсир кўрсатади.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.1K views♡, 02:01
Ochish/sharhlash
2024-03-05 17:48:24
#ona_suti

Бола учун она сутиданда мукаммал таом хали яратилинмаган
Аммо смесь беришга тўхғри келганда нималарга ахамият беришимиз керак?

Кўп болаларга смесь тушмаслигини сабаби 2 та бири бола СИГИР сутидаги КАЗЕИН оқсилини хазм қила олмайди ёки сутдаги ЛАКТОЗА шакарини хазм қилиш учун етарли фермент йўқ.

Агар фарзандингизда сигир сутининг қайсидир компонентига АЛЛЕРГИЯСИ бўлса, унда қусиш, коликлар, газ ажралиши, қабзият, ич кетиши, тошмалар, калда қон ёки доимий бурун битиши кузатилиниши мумкун.

Кўп ота-оналар шароитидан келиб чиқиб арзон смесь олишга харакат қилишади. Афсуски бола 1 ешгача энг СИФАТЛИ смесь ичиши керак! Диққат энг қиммати эмас!

Агар бераётган смесьдан болада оғриқлар, аллергия, қабзият ва бошқа муаммолар бўлмаса алиштиришдан мано йўқ, хох сигир сути бўлсин.
Лекин бераётган смесь состави зарарли ингридиентлардан , шакарлардан холи бўлиши

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.6K views♡, 14:48
Ochish/sharhlash
2024-03-05 09:11:45
Болаларда қайт қилиш сабаблари қандай?

Шифокор Нозима Ўринова:

Болаларда қайт қилиш асосан қуйидаги сабаблар туфайли юзага келади.

Кўричак яллиғланиш,
Мия чайқалиши,
Озиқ овқатлардан заҳарланиш,
Гастроэнтерит,
Озиқ-овқатларни ўзлаштира олмаслик,
Автомобиль касаллиги,
Гастроезофагиал рефлюкс касаллиги,
Турли инфекциялар,
Стресс каби ҳолатлар қайт қилишга сабаб бўлиши мумкин.

Болаларнинг қусиши доим ҳам енгил ҳолат эмас, унинг баъзи кўринишлари дарҳол тиббий муолажани талаб қилади.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
12.7K views♡, 06:11
Ochish/sharhlash
2024-03-04 17:43:34


@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
16.4K views♡, 14:43
Ochish/sharhlash
2024-03-04 06:37:12
Xodunok (yurgich)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.

Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
12.8K views𝐒꯭ᵃ꯭ᵈ꯭ⁱ꯭ʸ꯭ᵃ꯭꯭𝐌꯭ᵘ꯭ʰ꯭ᵃ꯭ᵐ꯭ᵐ꯭ᵃ꯭ᵈ꯭𝐘꯭ᵘ꯭ˢ꯭ᵘ꯭ᶠ꯭꯭𝐒꯭ᵃ꯭ᵏ꯭ⁱ꯭ⁿ꯭ᵃ, 03:37
Ochish/sharhlash
2024-03-03 20:41:08
Chaqaloqlardagi og‘iz oqarishi

#mini_maslahat

Ichak bilan bog‘liq muammolari bor go‘daklarda ko‘pincha og‘iz oqarishi kuzatilib, bu jarayon og‘iz bo‘shlig‘ining moslashuv holati bilan izohlanadi. Ammo ayrim vaqtlarda bunga og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga infeksiya tushishi ham sabab bo‘ladi. Chaqalog‘ingizning og‘zi oqarganini sezsangiz, qaynatib ilitilgan suvga sterillangan bintni namlab, og‘iz bo‘shlig‘ini asta arting. Oqarish tez-tez takrorlanib, bolada bezovtalik, ishtaha pasayishi bilan kechsa, albatta shifokorga ko‘rining.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.0K views♡, 17:41
Ochish/sharhlash
2024-03-03 18:33:52
Har kuni 2 dona banan yeyish o'zingiz va farzandingiz uchun juda foydali ekanligini bilarmidingiz?

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.8K views♡, 15:33
Ochish/sharhlash