Get Mystery Box with random crypto!

Yosh onalarga maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.86K
Kanalning ta’rifi

‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan✔
ADMIN DOCTOR EMAS❌
@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-07-06 15:20:40
​​Tug’ruqdan keyingi depressiya

Bu bola tug’ilgandan so’ng ayollarda yuzaga keladigan, tushkunlik, xavotir, va o’z vazifasini bajara olmaslik bilan namoyon bo’ladigan ruhiy o’zgarishdir. Bu holat tug’ruqdan keyin ayollarning 10-15% ida uchraydi va  ushbu holat ona va bolaning sog’lig’iga salbiy ta’sir etadi. Bunga asosiy sabablar:  tug’ruq vaqtidagi og’riq, er-xotin o’rtasidagi tushunmovchilik, janjallar, qaynona-kelin munosabatlari, iqtisodiy muammolar, chaqaloqning va onaning ehtiyojlarini ta’minlay olmaslik, homiladorliklar orasidagi muddatning qisqaligi, onaning ham jismonan ham ruhan zo’riqishi, istalmagan homiladorlik.
Bunda onada chuqur qayg'u,bosh og’rishi, tez-tez ko’z yoshi to’kishlar, bolani parvarish qila olmaslik hissi, aybdorlik, vahima hurujlari, stress, holsizlik, diqqatni  jamlay olmaslik, uyqu buzilishi,jinsiy maylning pasayishi, umidsizlik hissi bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta'sir qiladi

Sizda tug'ruqdan keyingi depressiya qay tarzda namoyon bo'lgan?

@Homiladorlik_davri
11.5K views12:20
Ochish/sharhlash
2023-07-06 14:59:01
#бахтли турмуш сири

Эр ва хотин бутун умри давомида бахтли ҳаёт кечиришди. Улар бир-бирларидан умуман сир яширишмасди. Лекин хотини эридан фақат битта нарсани илтимос қилганди. У ҳам бўлса, шкафнинг юқори жавонида сақлаган эски поябзал қутисига ҳеч қачон қарамасликни.

Эр ҳеч қачон ўша қутида нима борлиги ҳақида сўрамаган. У шунчаки аёлининг шахсий буюми бўлса керак деб ўйларди.

Аммо бир куни кампир касал бўлиб қолди. У сирни очиш вақти келгани учун эридан ўша қутини касалхонага олиб келишни сўради.

Чол уйига келиб қутини топиб очди....
10.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-07-06 13:36:04
Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur?

Bolani tutqanoq tutib qolsa(Epilepsiya)
Tana harorati ko‘tarilsa
Bolaning ichi qora rangda kelsa yoki najasida qon bo‘lsa
Kuchli qusish bo‘lsa(fontansimon)
Ovqatlanish vaqtida doim yo‘talsa
Biror jismni yutib yuborsa
Bolaning ichi 5 martada ortiq
Najas rangi yashil va qo‘lansa hidli bo‘lsa
Qusuq massasining rangi yashil yoki to‘q sariq bo‘lsa

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz
11.1K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2023-07-06 12:55:17
Farzandlar — sizga tutilgan koʻzgu

Ham tarbiyada, ham axloqda, ham diniy va dunyoviy ilmlarni oʻrgatishda farzandlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish kerak. Chunki bolalar bu ota-onaga tutilgan koʻzgudir.

Ayni shu borada bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da ustoz Anasxon Mahmud oʻgʻli bilan Registon TV Telegram kanalida “Ota-onaning farzand oldidagi burchlari” mavzusida ovozli suhbat boʻlib oʻtadi.

Mavzu barcha ota-onalar uchun juda keraklidir. Ovozli suhbatda yaxshi farzand tarbiyalayman, degan hamma ota-onalarni kutamiz!

Suhbatga qoʻshilish uchun kanalimizga obuna boʻlib olishni unutmang: @tvregiston
11.2K views09:55
Ochish/sharhlash
2023-07-06 08:47:02 BOLALARNING NORMADA VAZN O'LCHAMI QANCHA BO'LISHI KERAK? (16yoshgacha)
#suraganedingiz
Buni eng oson usulda hisoblashni o'rganamiz

Buning uchun biz yosh oralig'ini 3 qismga bo'lib olamiz:

1) 🗨Tug'ilgandan 6 oygacha --- har oyda o'rtacha 800 gr dan vazn olishi kerak,
🗨7 oylikdan 1 yoshgacha --- har oyda o'rtacha 400 gr dan vazn olishi kerak.

🗨Shu bilan yoshda bolaning vazni 10-11  kg ga yetadi

2) 🗨 yoshda bola vazni o'rtacha 19 kg bo'ladi
🗨5 yoshdan 12 yoshgacha har oshgan yil uchun 3 kg vazn qo'shib hisoblaymiz, 🗨har yetmagan yil uchun 2 kg ayirib hisoblaymiz
(Misol: 6 yoshda 19+3=22kg, 4 yoshda19-2=17 kg)

3) 🗨12 yoshdan 16 yoshgacha vaznni hisoblash uchun quyidagi sodda formuladan foydalanamiz

yosh×5-20
Misol:14×5-20=50kg

Aziz obunachilar, siz ham ushbu ko'rsatib o'tilgan vaznni hisoblash usuli orqali albatta farzandlaringizni vaznini o'lchab ko'ring, agar me'yordan kam yoki ortiq chiqsa albatta bolalar shifokoriga ko'rsating!

Eng yaxshi davo --- oldi olingan kasallik
Eng yaxshi operatsiya --- qilinmagan operatsiyadir

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz
12.5K views05:47
Ochish/sharhlash
2023-07-06 08:17:01
Ayol va qizlar uchun online hamda offline formatdagi kurslariga ega "Kegel gimnastika" treyneri

Ayol va qizlarda uchraydigan nozik muammolarni dori-darmonlarsiz, tabiiy holatda bartaraf qilishda

Shu bilan birga bugungi kunda ayollarning eng og'riqli holati bo'lgan hayzdagi og'riqlar, hayzdan erta qolish, bachadon tushishi, siydik ushlay olmaslik, sistoseliy, rektoseliy, muammosini lazerlarsiz va operatsiyasiz halos bo'lishingizda yordam beraman

Murojaat uchun:
@Nilufar_Faxriya
+998903325070

Kanalimga o'tish uchun quyidagi havolani bosing
https://t.me/+ApNw2gt8DwE4Mjlk
https://t.me/+ApNw2gt8DwE4Mjlk
https://t.me/+ApNw2gt8DwE4Mjlk
11.0K views05:17
Ochish/sharhlash
2023-07-06 08:09:54
Farzandingiz uchun “limonnik”
Juda mazali va oson

#BOLAJON_RETSEPT

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz
10.4K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-07-06 05:01:34 Har bir oʻsayotgan organizm uchun vitamin D zarur vitaminlardan biri hisoblanadi.
D vitamini organizmda kaltsiy va fosforni soʻrilishiga hizmat qiladi. Agar organizmda D vitamini yetishmasa bolada suyaklar mortlashishiga, tishlarni kech chiqishi va erta yemirilishiga olib keladi. Agar D vitamini tanqisligi erta aniqlab, uni oldi olinmasa bolada rahit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.

Bolada D vitamini yetishmayotganini qanday aniqlsh mumkin?
Yuqorida aytilgandek bola koʻp bezovta boʻladi.
Yegʻloqi boʻlib qoladi.
Uyqusi buzuladi.
Yoshiga nisbatan harakatlari (masalan: dumalash, emaklash, oʻtirish) kechikadi.
Koʻp terlashi. Ayniqsa emayotganda va uhlaganda bosh qismini terlashi. Shu darajaga yetadiki hatto yostiqlari hoʻl boʻlib ketishi mumkin.
Orqa sochlari toʻkiladi. Bizda bu holni buvilarimiz deyishadi.
Ensa qismi yapaloqlashishni boshlaydi. Koʻpchilik buni beshikda koʻp yotgandan deb oʻylaydi.
Boladan achqimtir hid keladi.
Muskullar boʻshashi

Bularning bari bolada D vitamini yetishmasligi va rahitning boshlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari D vitamini yetishmasligi bolada autoimmun kasalliklari, imunitetni tushib ketishi, infeksiyon kasalliklarga moyil boʻlib qolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi.

Nima qilish kerak?

Tabiiy yoʻl bilan organizmning D vitaminga boʻlgan ehtiyojini qondirish mumkinmi?
.
Albatta kasallikni davolagandan koʻra uni oldini olgan yaxshiroqdir.
Eng yaxshi D vitamini manbayi bu quyosh . Quyoshning ultrabinafsha nurlari terida D vitamini ishlab chiqaradi va yosh organizmni toʻla taʼminlay oladi.
Bola bilan koʻproq ochiq havoda sayr qilish kerak. Soat 11-13 gacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi quyosh nurlari bola organizmi uchun juda foydalidir. Har qanday quyoshdan himoyalovchi kremlar va soyobonlarsiz bir kunda 30 minutlik quyosh nurlari ostida boʻlishlik bola uchun 1 kunlik D vitamini normasini bera oladi. Bunda bolaning ochiq turgan qoʻlchalari, yuzi, oyoqchalariga quyosh nurlari toʻgʻri tushishiga eʼtibor berish kerak.
Shuni inobatga olish kerakki: ifloslangan havo,
bulutli kun va
nisbatan qora terili bolalarda D vitamini kamroq soʻriladi.

Yana bolani 4 kg vaznda ortiq tugʻulishi, birinchi 3 oylikda bola vaznini keskin ortishi D vitaminiga boʻlgan talabni oshishiga olib keladi.
Oziq ovqat mahsulotlarida D vitamini baliq va baliq mahsulotlarida boy boʻladi.
Baliq mahsulotlari bolaga 1 yoshdan keyin tavsiya etiladi. Ona suti va bolalar ozuqalarida esa D vitamini juda kam miqdorda boʻladi. Shuning uchun pediatr va nevropatologlar sogʻlom va vaqtida tugʻulgan chaqaloqlarga 15-20 kundan boshlab D vitamini berushni boshlashni buyuradilar. Oʻlkamiz quyoshli boʻlgani uchun yoz oylarida bolaning ahvolidan kelib chiqib D vitamini berish toʻxtatiladi.
Albatta bu paytda bolani sayrga olib chiqishga eʼtibor qaratiladi.
Bola 3 yosh boʻlgunga qadar D vitamini berish tavsiya etiladi.
Farzandingiz uchun qanday va qancha vitamin ichirishingizni shofokoringiz hal qiladi

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz
12.8K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-07-06 05:01:34
Bolangiz koʻp bezovtalanib yegʻlaydimi?
Uyqusi yaxshi emasmi?
6 oydan oshdi lekin hali dumalab, emaklashga harakat qilmaydimi?
Balki unga D vitamini yetishmayotgandir?

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz
11.7K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-06-12 11:31:35
#Диққат #Долзарб

Ёз ойлари бошланиши билан чақалоқлар ва ёш болаларда иссиқлик тошишни бошлайди.

Иссиқлик тошмаларидан қутулишнинг самарали ва арзон усули

Бу маълумотлардан фойдалангандан сўнг бундай ҳолат асло бўлмайди. Агарда кўрсатмага етарлича амал қилинса!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
6.7K views08:31
Ochish/sharhlash