Get Mystery Box with random crypto!

Yosh onalarga maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar Y
Kanaldagi mavzular:
Çin
Mashg
Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar
Kanaldagi mavzular:
Çin
Mashg
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 64.24K
Kanalning ta’rifi

‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan✔
ADMIN DOCTOR EMAS❌
@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2023-05-02 11:10:21
Savol:
Emizikli chaqalogim ekssudativ diatez kasalligi bilan ogrigandi. Hozir sogaygan bolsa-da, ayrim taomlarni istemol qilganimda uning badanida qizgish doglar paydo boladi. Godakda diatez qaytalamasligi uchun qanday ovqatlangan maqul?

Dilfuza TURDIEVA, shifokor-pediatr:
— Godakning asosiy taomi kokrak suti bolgani uchun avvalo ozingiz allergiya chaqiruvchi mahsulotlar — parranda, ot, qoy, baliq goshtlari, mosh, yongoq, mayiz, kakaoli va sitrusli ozuqalar, sabzi, pomidor, qulupnay kabilarni istemol qilmang. Ovqatga faqat mol goshti ishlating. Suvda qaynatilgan tuxumni esa bir haftada bir marta istemol qilishingiz mumkin. Sut kamroq ichgan maqul.

Ekssudativ diatez bilan ogrigan farzandingizga sharbatlarni juda ehtiyotkorlik bilan, bir necha tomchidan bering. Har bir sharbat godagingizda qanday tasir qilayotganini diqqat bilan kuzatib boring. Grechixa, suli (ovsyanka), perlovka, guruch kabi yormalardan sabzavotlar qaynagan suvda botqalar pishirgan maqul.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Ogilmi_qizmi
14.0K views08:10
Ochish/sharhlash
2023-05-02 11:02:05

МEДИК ОПАМИЗ БУ ГИЁҲНИ БАРЧАГА МАСЛАҲАТ БEРДИ


YouTube: https://www.youtube.com/c/NutvaComplex?sub_confirmation=1&id=telegram

45 ёшли Зубайда опа суяк емирилишидан шифо топди

Кўпчилик кузатувчиларимизнинг илтимосига биноан, бугун жамоамиз ва табиб билан Навоий вилоятига ташриф буюрдик. Тез тиббий ёрдамда ишлаб келган ҳамшира опамиз 1 йилдан бери тизза емирилишидан қийналган. 45 ёшли опамизда артроз касаллиги бўлган , шу сабабли Зубайда опамиз зиналардан чиқа олмаган ва ҳаракат қилишда қийналган. Бизнинг гиёҳни YouTube каналида кузатиб , ишонч билан ичишни бошлаган ва 2 ойда аъло натижага эришган.

Nutva Complex — мураккаб терапияда артрит ва артроз касалликларини ва бўғимларни даволайди, яллиғланиш ва оғриқни йўқотади.

Маълумот учун
+99871-208-82-82

Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати бепул

YouTube| Instagram| Website| Facebook
9.4K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-05-02 09:18:46
Mana, kichkintoyingizni uxlashiga yordam beradigan bir necha qadamlar

Bola uxlaydigan xonada tinch muhit yarating. Yorqin chiroqlarni oʻchiring, xona salqin va sokin ekanligiga ishonch hosil qiling.

Uyqu rejimini oʻrnating. Bolani har kuni bir vaqtda yotqizishga harakat qiling, shunda uning tanasi bunga koʻnikadi.

Bolani koʻkragingizga qoʻying yoki orqasiga (belchasiga) ohistalik bilan uring. Bu unga dam olishga va uxlab qolishiga yordam berishi mumkin.

Bolaning yotoqda qulay yotqizilganligini tekshiring. Uning yostigʻi va adyol nafas olishiga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.6K views06:18
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:07:50
Нашид узимнинг кори углим

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
18.7K views05:07
Ochish/sharhlash
2023-05-02 05:02:05FARZANDINGIZNI TANIYSIZMI?

Yaqinda telejurnalist Nozima Vohidova meni bir ko‘rsatuvga taklif qildi. Ko‘rsatuv mavzusi “Boy berilayotgan bolalik” deb nomlangan ekan. Nozima opaga televizorga chiqishga sharoitim yo‘qligini tushuntirdim. Biroq ko‘rsatuv nomi ko‘nglimga o‘rnashib qoldi. Bu xususda mening ham fikrlarim to‘plandi.

Bugun bolalar kompyuter, telefon o‘yinlariga bog‘lanib qolib, bolalikning asl o‘yinlaridan, umuman bolalikdan mosuvo bo‘layotgandek. Oilada kattalar o‘rtasidagi suhbatlar bir xil. Bog‘chaga to‘lov, ingliz tiliga, to‘garakka... xullas, ular kattalarga savol berishga ham qimtinadi gohida. Dadalar telegramm, onalar serial tomoshasi bilan band. To‘g‘ri, sal iqtisodi yaxshi xonadonlar toqqa, biror joyga dam olishga borishadi. Bunda ham suratlar chiroyli chiqishi, qanaqa joyda dam olinayotgani “pryamoy efir” qilinishi muhim. Yana bola ota-ona yonida yolg‘iz.

Qizim boshlang‘ich sinfda o‘qiyotganda ustozi ota-onalar majlisi qildi. Tabiiy, onalar yig‘ildik. Har birimizga qog‘oz qalam tarqatib, “Farzandingizni taniysizmi?” deb savol qo‘ydi. Hamma hayron farzandini onadan ortiq kim tanisin? Xullas, doskaga to‘rtta savol yozdi:

1. Bolangizni nima deb erkalatasiz?

2. Qanday rag‘batlantirasiz yoki jazolaysiz?

3. Oilada qanday o‘yinlar o‘ynaysiz?

4. Oxirgi marta qanday kitob olib berdingiz?


Hammamiz savollarga javob yozib uzatdik. Shunda ustoz sinf bolalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomani o‘qib eshittirdi. Ularga ham yuqoridagi savollar ota-onaga nisbatan qo‘yilgan ekan. Shunaqa antiqa javoblar chiqdi... Bolalar qaysi kitoblarga qiziqishini, ota-onasi olib bermayotganini, yozgan. Hatto bir bola dadasi bilan bo‘sh vaqtlarida karta o‘ynashini yozibdi. Bu javobni hech bir ona mening farzandim deb zimmasiga olmadi. Lekin ustoz javobli varaqalarni onalarga tarqatganda egasini topgandir. Ishonasizmi, oilada rag‘batlantirilmagan bolalar bor ekan. Majlis oxirida onalar ustozdan shikoyat qila boshladi. Oilaviy ishimizga aralashmang, deb. Ustoz “Bolangiz mening qo‘limda saboq olar ekan, uni siz tanimasangiz, men tanishim uchun bunday so‘rovnoma kerak”, deb javob berdi.

Ota ishdan charchab kelib, telefon titkilasa, ona oshxona bilan televizor o‘rtasida qatnasa. Bola nima qilsin? Kimga savol bersin? Bu bilan hamma xonadonlarda serial ko‘riladi, hamma otalar telefonga bog‘lanib qolgan demoqchi emasman. Lekin aksariyat xonadonlarda shu ahvol. Bolaga kitob o‘qi, darsingni qil, degan xitoblar yoqmaydi. “Kel, birga dars qilamiz”, “Mana bu kitob senga yoqsa kerak, birga o‘qiymizmi?” deyish uni o‘qishga qiziqtiradi.

Yaqinda qarindoshimning qizi erining oilaga e’tiborsizligidan nolidi. Uyga nima kerak bo‘lsa, badastir ro‘zg‘or qiladigan turmush o‘rtog‘i bolalar tarbiyasiga aralashmas ekan. “Shu darajadaki, ish qilayoganimda bola yig‘lab qolsa, bolangni ovut, deydi. Telefondan bosh ko‘tarmaydi. Vaholanki men bolani uydan olib kelmaganman”, deydi yig‘lab. Shunaqa, ko‘p hollarda bolaga ona mas’ul bo‘lib qolgan. Maktablar uyushtiradigan otalar majlisiga besh-olti ota ishtirok etadi. Unda ham ba’zan ota nomidan akalar yoki qarindoshlar borar ekan.

Katta bo‘lsang, kim bo‘lmoqchisan? Qanaqa rangni yaxshi ko‘rasan? Men bilan qaysi o‘yinni o‘ynaging kelyapti? Qaysi kitobni olib beray?

Bunaqa savollar eskirdimi? Yana bolalarda bolalik yo‘q deb noliymiz. O‘z bolaligimizni o‘rnak qilamiz. Poqqilloq o‘ynardik, chillak o‘ynardik, xolakasim o‘ynardik... Imkoniyat bersak bizning bolamiz ham o‘ynaydi.

Qush uyasida ko‘rganini qiladi, degan gap bor. Bir o‘ylab ko‘raylikchi, uyimizdagi qushchalar nima o‘rganyapti bizdan. O‘zi bolalarimizni taniymizmi?

Yana bir karra ta’kidlayman, bu hammaga tegishli emas. 4-5 yoshida qori bo‘layotgan, tillarni, matematik amallarni o‘zlashtirgan, sportda muvafaqiyatga erishayotgan bolajonlarning ota-onasiga ming bor qulluq. Bu alohida maqolaga mavzu.

Manzura ShAMS | AzonTV

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
17.1K views02:02
Ochish/sharhlash
2023-04-29 20:02:16
Диккат диккат
Янги магазин очилди

Жуда куп нарсалар арзон нархларда


озик овкатлар
Кийим кечаклар
Уй рузгор Ошхона буюмлари
Парфюмериялар
Уйинчоклар

мархамат каналимизга Азо бу‌линг
ва келаётган янгиликлардан хабардор бу‌линг

https://t.me/hammasi10000dan
https://t.me/hammasi10000dan
https://t.me/hammasi10000dan


Манзилимиз:
Тошкент шахар олмазор тумани
Беруний кучаси дом 1 ( 9 этажка)

Мулжал: метро тинчлик (гунча)
Хавас маркетни рупарасида жойлашган

Филялларимиз.
Метро:беруний
Метро: куйлик

https://t.me/hammasi10000dan

https://t.me/hammasi10000dan
4.4K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-29 19:45:44 Shifokorlar farzandli boʻlgan ayollarga 3 yil oʻtibgina yana homilador boʻlish kerakligini taʼkidlaydilar. Bu bejiz emas tugʻruqdan keyin biroz muddat oʻtgach ayol oʻzini tetik his qilishi va yana homilador boʻlish uchun tayyor ekanligini his qilsa ham ammo uning organizmi hali toʻliq quvvatga kirib ulgurmagan boʻladi.
.
Shunday qaynonalar borki tugʻgan kelinlariga homiladorlikdan saqlanmasdan ketma ket tugʻishni hamma bolalarni xalqona til bilan aytganda "bitta ishtonda" katta qilib olishni uqtitishadi. Yoki ayollarni oʻzi ham ketma ket tugʻib "plan"i bajarib keyin bir yoʻla ishga tushib ketishlari haqida oʻylashadi. Bu juda notoʻgʻri fikr
.
Toʻliq tiklanmay turib qayta homilador boʻlish homiladorlik davrini qiyin yaʼni taksikoz, kamqonlik, holsizlik kabi asoratlar bilan kechishiga, tugʻulajak bolani esa zayif va nimjon boʻlishiga olib kelishi mumkin. Ketma ket tugʻish ayol organizmini ham toliqtirib qoʻyadi. Toliqan organizm tez qarishga moyil boʻlib qoladi. Ketma ket tugʻib ularni katta qilib bogʻcha maktabga berib oʻzi ishga tushmoqchi boʻlgan ayol koʻzguga qaraganda ancha oʻzini oldirib qoʻyganini, yuzlari soʼliqganini koʻradi.
Qolaversa ketma ket tugʻgan ona ham oldina ketin tugʻulgan kichik bolalari , ham uy- roʻzgʻor tashvishida ruhan va jismonan toliqadi . Tan olish kerakki agar uyda onaga qarashadigan qaynona yoki qayni singillar boʻlmasa bu vaziyatda hammasini birdek eplash qiyin boʻladi. Bundan tashqari horib tolgan oʻziga qaramagan ayol "BEK aka" si uchun vaqt ajratolmay qolishi mumkin. Bu erkaklarga umuman yoqmaydi. Oqibatda esa...(bu haqda yozishni hohlamadim...)
.
Sogʻliqni Saqlash Vazirligi har bir homiladorlikning orasi 3 yildan kam boʻlamsligi kerak deb hisoblaydi. Bunga men ham tpliq qoʻshilaman. Bu mening shaxsiy fikrim .

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
5.0K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-04-29 19:45:37
Homiladorlik orasi qancha bo’lishi kerak? Homilaforlik orasi yaqin bo’lishi onaga va bolaga ta’siri...
4.5K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-04-29 14:03:29 Ovqatlanish tartibi

Yoshiga tolgan bola ruhiyatida eguliklarni rangi, korinishi va mazasiga kora ajratish holati mavjud. Shu sabab shokolad va rang-barang konfetlar bolalar diqqatini tezda jalb qiladi.
Bolangiz uchun kun davomida istemol qilinadigan mahsulotlarni uning harakatiga kora tuzib chiqing (oynash vaqti, uxlash mahali, uyqudan song kabi) Shunda taomnomaga qoshilgan yangi mahsulotlar bola oshqozoniga ogirlik qilmay, yaxshi hazm boladi.

Bir kunlik ovqatlanish tartibi quyidagi bolishi mumkin:

Birinchi nonushta:
iloji boricha sutli aralashma (quruq aralashma korinishidagi tayyor botqalar) bolsin. Agar bolangiz hali ham emizikli bolsa, ona sutidan foydalanish mumkin.
Ikkinchi nonushta: guruchli yoki manniy yormasidan tayyorlangan sutli botqalar.

Tushlik:
suyuq va quyuq ovqatlarni ketma-ketlikda bering. Bir gal yogsiz sabzavotli shorva bolsa, yana birida bugda tayyorlangan goshtli taom bolishi lozim.

Tushlikdan keyingi tanovul:
bu vaqtda bolangiz uyqudan uygonib, qorni biroz ochiqqan boladi. Unga mevali botqa yoki tovorog va yogsiz smetana aralashmasidan berishingiz mumkin.

Kechki ovqat:
kattalar uchun tayyorlangan taomlarning hammasi ham 1 yoshli bolaga togri kelavermaydi. Unga engil hazm boluvchi kartoshka botqasi, goshtli teftel yoki bugda tayyorlangan kotlet kabi taomlardan berish mumkin.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
8.5K views11:03
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:24:43
1 yoshdan oshgan bolalar taomnomasi

Kichkintoy yoshiga etgach, onalarni «qanday ovqatlantirsam ekan?» degan savol oylantiradi. Bolaning birinchi yoshidagi tanovuli kelgusidagi rivojlanish jarayoniga tasir etadi. Aynan mana shu vaqtdan boshlab bolalar taomnomasini foydali mahsulotlar bilan toldirib borish kerak. Biroq bu ishni qadamma-qadam bajarish kerakligini ham unutmang. Zero, bola organizmi hali yosh, unga ortiqcha kaloriyalar bilan bosim otkazish sogligi uchun zararli. Yoshiga etgan bolaga qanday mahsulotlar foydaliligi haqida bilishni istasangiz bizdan uzolshmang

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
8.7K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash