Get Mystery Box with random crypto!

Savol: Emizikli chaqalogim ekssudativ diatez kasalligi bilan o | Yosh onalarga maslahatlar

Savol:
Emizikli chaqalogim ekssudativ diatez kasalligi bilan ogrigandi. Hozir sogaygan bolsa-da, ayrim taomlarni istemol qilganimda uning badanida qizgish doglar paydo boladi. Godakda diatez qaytalamasligi uchun qanday ovqatlangan maqul?

Dilfuza TURDIEVA, shifokor-pediatr:
— Godakning asosiy taomi kokrak suti bolgani uchun avvalo ozingiz allergiya chaqiruvchi mahsulotlar — parranda, ot, qoy, baliq goshtlari, mosh, yongoq, mayiz, kakaoli va sitrusli ozuqalar, sabzi, pomidor, qulupnay kabilarni istemol qilmang. Ovqatga faqat mol goshti ishlating. Suvda qaynatilgan tuxumni esa bir haftada bir marta istemol qilishingiz mumkin. Sut kamroq ichgan maqul.

Ekssudativ diatez bilan ogrigan farzandingizga sharbatlarni juda ehtiyotkorlik bilan, bir necha tomchidan bering. Har bir sharbat godagingizda qanday tasir qilayotganini diqqat bilan kuzatib boring. Grechixa, suli (ovsyanka), perlovka, guruch kabi yormalardan sabzavotlar qaynagan suvda botqalar pishirgan maqul.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Ogilmi_qizmi