Get Mystery Box with random crypto!

Yosh onalarga maslahatlar

Telegram kanalining logotibi yosh_onalarga_maslahatlar — Yosh onalarga maslahatlar
Kanaldagi mavzular:
Çin
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 63.80K
Kanalning ta’rifi

‼️Kanalda berilgan ma'lumotlar ochiq internet manbalardan olingan bo’lib,faqat qo’shimcha axborot uchun mo’ljalangan✔
ADMIN DOCTOR EMAS❌
@REKLAMA_UCHUN_ADMINKA

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2023-05-09 13:59:01
Inson tanasidagi eng issiq organ qaysi? .

Yurak | Miya | O'pka |
Jigar | Oshqozon


Siz buni bilarmidingiz?
9.0K views10:59
Ochish/sharhlash
2023-05-09 13:02:03
Икки киши орасидаги қучоқлашиш одатда ўртача узунлиги 3 сонияни ташкил этади. Аммо тадқиқотчилар ақл бовар қилмайдиган нарсани топдилар

• Қучоқлаш 20 сония давом этганда эса, бу танага ва онгга, қалбга шифо таъсирини яратар экан.
• Сабаби, самимий қучоқлашиш севги гормони деб номланувчи окситоцин гормонини ишлаб чиқаради.
• Ушбу модданинг эса, жисмоний соғлигимизда кўўпгина афзалликлари бор. Бу бизга дам олишга, қўрқув ва ҳавотирларимизни тинчлантиришга, хотиржам қилишга ва асабийликдан қутулишга ёрдам беради...
• Бу ажойиб транквилизатор ҳар сафар яхши кўрган инсонларимизни „ачом-ачом“ қилганимизда, болажонларимизни ўпганимизда, рақсга тушганимизда бепул қалбимизни ёришишига ёрдам берар экан...
• Унда бугуноқ 20 сония давомида сизга яқин бўлган инсонларни қучоқланг ва уларга ажойиб севги  тақдим этинг!

Яқинларга Ҳам Улашинг

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
11.0K viewsedited  10:02
Ochish/sharhlash
2023-05-09 12:40:02
Ўзбек халқининг ичидаги гапларни ёзадиган бир дўстимиз ачитадиган қалампир ҳазиллар ва латифалар бериб бориладиган "Халқона Ҳазиллар" деб номланган ажойиб канал очибди. Ҳар куни шу дўстимнинг ёзганларини ўқиб, бир маза қиляпман. Ўзимга ёққани учун сизга ҳам илиндим.

Каналимиз номидан шахсан тавсия этамиз!

Каналга кирсангиз, қайтиб чиқиб кетолмаслигингиз хавфи бор!

Канал @Ҳалқона Ҳазиллар
11.2K views09:40
Ochish/sharhlash
2023-05-09 05:02:03
Гўдак ҳаётида кун тартиби алоҳида аҳамиятга эга, чунки бу жараён унда дастлаб шартли ва кейинчалик шартсиз рефлексларни вужудга келтиради. Уйқуси, уйғоқлиги, эмизиш ва чўмилтириш амалларининг маълум тартибда кетма-кет бажарилиши туфайли чақалоқнинг кун тартиби оқилона тақсимланади.


Олимларнинг илмий изланишлари натижасига кўра, дунёга келган чақалоқ дастлабки 2 соат мобайнида, айниқса дастлабки 30 дақиқа ичида илк марта эмизилса, унинг иммун тизими юқори даражада бўлар экан. Шунингдек бу ҳол гўдакда юқумли касалликларга мойилликни 2-3мартага камайтиради.

Кирқ кунлик чилла даврида бола бир кеча-кундуз 20 соатгача ухлаши тақозо қилинади.
Ухлашга сарф этилган соатлардан қолган вақт гўдакни эмизиш, уйғоқ бўлиш ва чўмилтириш жараёнларига сарф этилади. Бу даврда бола кундузи ҳар 3 соатда 7 марта, кечаси эса 6 соатдан сўнг эмизилади. Онанинг кўкрак безлари эмизишдан аввал қайнатилган илиқ сув билан ювилиб, тоза сочиқ билан артилади.

Болани чилла даврида илк бор чўмилтириш унинг “киндиги тушиб”, яранинг ўрни тузалгач бажарилади. Муолажани бошлашдан аввал уни чўмилтиришга мўлжалланган идиш (тоғора)ни иссиқ сувда совунлаб ювиш ва ундан кейин қайноқ сув билан чайиш маъқул. Гўдак териси нозик бўлганлиги сабабли улар учун махсус ишлаб чиқарилган болалар совунидан фойдаланиш мақсадга мувофиқ. Тоғора илиқ, яъни ҳарорати +36-37 даража бўлган сув билан тўлдирилади. Шундан сўнг болани эҳтиётлик билан кўтариб, сувга туширилади ва юмшоқ мочалка билан бадани, қўл-оёқлари ишқалаб, ювилади. Шуни унутмаслик керакки, кичик ёшдаги болани чўмилтиришга мўлжалланган тоғорани бошқа мақсадларда, жумладан катта ёшдаги болаларни чўмилтириш ёки кир ювишга ишлатмаслик керак.

Боланинг ичи келганидан сўнг албатта таносил аъзоларини илиқ қайнаган сув билан ювиш тавсия этилади. У 2-3 ойлик бўлганида бир кеча-кундузлик уйқуси кеч соат 18-30 дан то эрталабки соат 6 гача давом этиши лозим. Бу даврда болани бир кеча-кундузи ҳар 3,5 соатдан сўнг 6 марта эмизиш керак. Чўмилтириш муолажалари ҳар куни, айниқса эмизишдан олдин амалга оширилгани маъқул.

Гўдак 5-6 ойга тўлгач, уни кундузи 90 дақиқадан 3 марта, кечаси эса соат 20.00 дан то эрталаб соат 6.00 гача ухлатиш тавсия этилади. Бу ойларда болани бир кеча-кундузи ҳар 4 соатдан сўнг эмизиш керак.

Бола 8-12 ойга тўлгач, уни кундузи 90 дақиқадан ухлатиш керак. Унинг кечасидаги уйқуси 20-00 дан то эрталабки соат 6-00 гача давом этади. Бу даврда болани кундуз пайтида ҳар 4 соату 30 дақиқадан сўнг 4 марта эмизилади. У 1-1,5 яшар бўлгунича эса кундуз кунлари 90 дақиқадан 2 марта, кечаси эса 10 соатгача ухлатилади.

Тавсиялар ўз вақтида бекаму-кўст амалга оширилса, бола одатий кун тартибига мослашиб, саломатлиги юқори даражада бўлади.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
13.1K views02:02
Ochish/sharhlash
2023-05-09 03:54:01
Ассалому алайкум!

Жаннатнинг хушбўйларидан бўлинг баҳраманд.
Дуодадир сиз учун қалбим ҳар соат.
Дуоларим Парвардигор этсин ижобат.
Хонадонни тарк этмасин файзу-барокат!


Хайрли тонг!

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
11.7K views00:54
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:00:31 1. Asabiylashmang. Siz qanchalik muloyim va sokin bo'lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo'lib o'sadi.

2. Aldamang. "Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!", dedingizmi, olib boring yoki unday va'da bermang. bolaga berilgan va'dani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.

3. Urmang. Bolani urishdan yomoni yo'q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o'z gapini o'tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.

4. Har narsani man qilavermang. "U mumkin emas, bu mumkin emas, "Uni qilma, buni qilma", kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e'tiborsiz bo'lib qoladi. O'zingiz uchun ajratib oling. Haqiqattan mumkin bo'lmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan mashina yo'lga chiqish haqiqattan man qilinishi shart bo'lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o'ynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqattan mumkin bo'lmagan narsalarga yo'l qo'ymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga bo'lgan munosabatingizni o'zgartiring.

5. Yomon namuna bo'lmang. O'zingiz xunuk so'zlarni ishlata turib bolangizga "Xunuk gapirma!" deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida bo'lmsagiz, bola ham dars qilmay televizordan keta olmaganiga hayron bo'lmang. O'zgarishni o'zingizdan boshlang.

6. Aybingizni tan olishni biling. Biron ishda xato qilib qo'ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan bola xato qilishdan qo'rqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni o'rgansin.

7. Bolani erka qilishdan qo'rqmang. Yetti yoshgacha erka bo'lgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi o'yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

8. Kechirim so'rashni biling. Siz ham nohaq bo'lishingiz mumkin. Boladan kechirim so'rashdan qo'rqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq bo'lishni o'rganadi

9. Quchoqlang! Bolani ko'proq quchoqlab o'pishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan zor bo'ladi.

10. Sabrli bo'ling. Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o'qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
8.9K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-03 05:00:31
Farzandlar tarbiyasiga oid....

#tarbiya

Ota-ona bo'lish oson, lekin yaxshi ota-ona bo'lish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona bo'lish sari yetaklaydi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
8.3K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-02 20:00:28 Tuzlamalar,sho'r yeguliklaru pechenelarni,
yoqtiradigan bolalar xarakter jihatdan o'ziga ishonchi sust bo'ladi. Bunday bolakay bilan o'z ustida ishlashga undovchi mashqlarni bajarih lozim.Organizmida esa jiddiy muammo yo'q.Faqatgina natriy va mineral tuzlar yetishmayapti xolos.
Bulochkalarni yoqtiradiga bolalar tartibli, gapga quloq soladigan, a'lochi bo'lishadi. Biroq ota-onasining tanbehlari
depressiyaga tushib qolishi uchun sabab bo'lishi mumkin.
O'smir yoshidagi o'g'il qizning taomga achchiq sous yoki ketchup aralashtirishga odatlanibdimi, demak nafas yo'llari,
qon bosimi yoki yurak faoliyati bilan bog'liq o'zgarish kuzatilishi mumkin. Xarakteriga xos bo'lgan qa'tiyatni esa
«bo'g'mang». Aksincha har bir ishda uning fikri muhimligini namoyish etavering.
Har bir bolakay Shokoladni jon deb yeydi. Ammo muntazam shokolad so'rashi kichkintoyda asabiylik, JIzzakilik borligini
bildirishi mumkin. Chunki bu shirinlik tarkibida aynan asabni tinchlantiruvchi moddalar bor. Shokoladxo'rning kelajagi
porloq, Ammo ba'zi vaqtlarda beqarorligi tutib qoladi. Ana shu holatga sergak bo'lsangiz, kifoya.
Qaynatilgan kartoshkani tuz bilan yeyishni yoqtiradigan yoki kartoshka chipslarni kanda qilmaydiganlar esa
xilidan. Bunday bolalarni qattiqqo'llik bilan yo'lga solishga urinmang. Yaxshisi fe'l-atvorini o'zgartirishi mumkin bo'lgan misollar keltirib,tushuntiring. Salomatligi borasida esa me'da faoliyatiga diqqat qiling.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
12.5K views17:00
Ochish/sharhlash
2023-05-02 20:00:21
FARZANDINGIZNI OVQATLANISHIGA QARAB XARAKTER XUSUSIYAATINI BILIB OLING
11.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2023-05-02 19:30:01
Assalomu alaykum, aziz onajonlar.
Farzand tarbiyalash, uni ilmga yo’naltirish, biz onalarning asosiy burchlarimizdan biridir.


Bugungi zamon yoshlari eng kamida ikkta chet tilini bilishi talab etiladi. Shunday ekan chet tillarini bolaga yoshligidan o’rgatish juda muhim hisoblanadi.

Bolalarning ilk maktabgacha bo’lgan davrini oltinga teng deyish mumkin. Bu davrda, siz agar xohlasangiz farzandingizga nafaqat bitta, balki ikki va undan ortiq chet tillarni ham o’rgatishingiz mumkin.

Qanday qilib deysizmi?

Juda oddiy. Shunchaki siz buni haqiqatan xohlasangiz bas. Bu yo’lda sizga “Farzandim dilbandim” kursi yordam beradi.

Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi sahifamizga ulanib oling!

Ushbu sahifada nafaqat chet tili va bundan tashqari bolajoningiz uchun ajoyib va qiziqarli oʻyinlar, uy sharoitida amalga oshirish mumkin boʻlgan aqlni rivojlantirish mashqlarini ham oʻrganasiz

https://t.me/ummakid
https://t.me/ummakid
https://t.me/ummakid
11.5K views16:30
Ochish/sharhlash