Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-16 05:01:03
Assalomu alaykum! Yakshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Dam olish kuningiz mazmunli hamda maroqli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.1K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-15 05:15:15 Assalomu alaykum!

Bugun 15-aprel, Shanba.
Grigoriy taqvimi bo‘yicha yilning 105-kuni.
Yil yakuniga 260 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro madaniyat kuni
Xalqaro mobil aloqasiz kun
O‘zbekistonda madaniyat va san’at xodimlari kuni
Ispaniyada bolalar kuni

VOQEALAR:

1891-yil — Amerikalik ixtirochi Tomas Edison ilk kinetoskopni ommaga namoyish qildi.
1896-yil — Yunoniston poytaxti Afinada antik davrlardan beri ilk Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetdi.
1955-yil — Illinoys shtatining Des Pleyns shahrida tadbirkor Rey Krok oʻzining ilk McDonald’s restoranini ochdi.

TAVALLUDLAR:

1452-yil — Leonardo da Vinchi — mashhur italiyalik rassom, haykaltarosh, muhandis va olim.
1710-yil — Uilyam Kullen — “nevroz” atamasini fanga kiritgan shotland olimi.
1878-yil — Sadriddin Ayniy — yozuvchi, olim, jamoat arbobi.
1880-yil — Maks Vertgeymer — chex psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri.
1937-yil — Gulsara Yoqubova — O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa.
1952-yil — Shayx Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq — atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.1K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-15 05:00:20
Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugun sizga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.2K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-14 18:01:48
O’z biznesini yo’lga qo’yishga muvaffaq bo’lgan tadbirkor Farhod Norbayev

Farhod Norbayev 2018-yilda Olmaotadan Toshkentga ko‘chib kelganidan so‘ng Nargiz Kamalova bilan “Lokals” kreativ agentligiga asos solgan.

Hikoya B&B Coffee House`dagi faoliyat va cho‘ntakdagi 600 dollardan boshlangan. Avval loyiha “TBWA Worldwide” xalqaro tarmoqli reklama agentligining hududiy vakolatxonasi tarkibiga kirgan.

Bunda O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan jahon brendlariga bosh ofisga xizmat ko‘rsatayotgan agentlik vakolatxonalari xizmat ko‘rsatishi haqida o‘ylangan. Afsuski, umidlar oqlanmagan va ular “Lokals” nomli yangi kompaniyani ochib, tarmoqni tark etishgan.

To‘rt yillik mehnatlari davomida hamkorlar “Red Jolbors” kommunikatsiyalar festivalida uch marta Gran-pri va ikki marta “Yil agentligi” unvoni bilan taqdirlangan.

Korporativ mijozlar ro‘yxati esa turli sohalarning yirik vakillari bilan to‘lib bordi. Ular orasida “Texnomart”, “Oson”, “Payme”, “Humans” va boshqalar bor.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sayt
356 views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-14 15:07:46
Referendum — yorqin kelajakka yo‘l

Mamlakatimiz muhim siyosiy voqelik — Referendum oldida turibdi. Referendum ham saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblanadi.

Shunday ekan, o‘zingiz hamda kelajak avlod taqdiriga befarq bo‘lmang! Referendumda faol ishtirok eting!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
447 views12:07
Ochish/sharhlash
2023-04-14 13:06:01 #Bilasizmi #mukofot

Matematika sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot bilan yakka tartibda taqdirlanadi.

Mukofot 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi bir martalik puldan iborat boʻlib, 2 yilda bir marta Prezident tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining taklifiga koʻra quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha beriladi:

fundamental sohadagi tadqiqot;
yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot;
iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
868 views10:06
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:45:30 Oʻzbekistonning ikki shahriga MDH doirasida yangi maqom berildi

MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining bugun oʻtkazilgan yigʻilishida Toshkent 2024-yilda MDH mamlakatlarining yoshlar poytaxti, Samarqand madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi.

Bu haqda yigʻilish yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan brifingda MDH Bosh kotibi S.Lebedev maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
762 views09:45
Ochish/sharhlash
2023-04-14 10:03:31
Xabaringiz bor, davlat rahbarimiz raisligida 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgandi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan mas’ullar qatorida Prezidentimizning yoshlar bilan ishlash haqidagi ta'kidlari barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, shuningdek, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim.

Maqolani to‘liq o‘qish

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
862 views07:03
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:12:36
Markaziy Osiyo davlatlari Chabahor portidan faol foydalanmoqchi. Bu port O‘zbekiston uchun nega muhim?

Mumbayda Chabahor bo‘yicha Hindiston—Markaziy Osiyo qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Hindiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ishtirok etadi. Maxsus taklif etilganlar orasida Eron va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (UNWFP) bor.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
840 views05:12
Ochish/sharhlash
2023-04-14 05:30:58
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.6K views02:30
Ochish/sharhlash