Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi #mukofot Matematika sohasida fundamental va amal | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

#Bilasizmi #mukofot

Matematika sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot bilan yakka tartibda taqdirlanadi.

Mukofot 50 ming AQSH dollari ekvivalentidagi bir martalik puldan iborat boʻlib, 2 yilda bir marta Prezident tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining taklifiga koʻra quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha beriladi:

fundamental sohadagi tadqiqot;
yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot;
iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqot.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt