Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.45K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-04-13 13:06:01 #Bilasizmi #subsidiya

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular boʻyicha va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga ruxsat berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
856 views10:06
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:00:01
Oʻzbek kibersportida yangi rekord

Ilk bor kibersport boʻyicha chempionatda 3000 nafarga yaqin kibersportchilar ishtirok etadi.

Yurtimizda birinchi marotaba boʻlib oʻtadigan kibersport yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati doirasida maxsus portal orqali 2894 ta kibersportchi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, kibersportning 5 turi boʻyicha jami 770 dan ziyod jamoalar shakllantirildi.

Turnirning birinchi bosqichi 12-aprel kuni boshlandi, yoʻnalishlar boʻyicha saralash jarayonida jamoalar guruhlari shakllanadi.

Chempionatning yarim-final va final bosqichlari Toshkent shahrida 5-8-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Chempionatning mukofot jamgʻarmasi 332 mln soʻmni tashkil etadi va qoʻshimcha homiylik mablagʻlari jalb etilishi ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
942 views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 07:49:45
Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
370 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-13 05:30:25
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
863 views02:30
Ochish/sharhlash
2023-04-13 05:15:09 Assalomu alaykum!

Bugun 13-aprel, Payshanba.
Grigoriy taqvimi bo‘yicha yilning 103-kuni.
Yil yakuniga 262 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro funktsional asab kasalliklari kuni
Ekvadorda oʻqituvchilar kuni

VOQEALAR:

1923-yil — Londonda “Uembli” stadionining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
1994-yil — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi raisi Xuan Antonio Samaranch boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
1995-yil — Germaniya Federativ Respublikasining Federal Prezidenti Roman Gertsogning O‘zbekiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

TAVALLUDLAR:

1771-yil — Richard Trevitik — dunyodagi birinchi parovozni yaratgan ingliz ixtirochisi.
1845-yil — Richard Assman — germaniyalik meteorology va aerolog, psixometr kashfiyotchisi.
1892-yil — Robert Uotson-Uatt — shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi. 1906-yil — Semyuel Bekket — irlandiyalik adib, “Nobel” mukofoti sohibi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
918 views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-13 05:01:12
Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
660 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-12 17:45:31
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Shohruh Qayumov

Shohruh Qayumov olgan mutaxassisligi bo‘yicha buxgalter-auditor. Qachonlardir Jahon bankida ishlashni orzu qilgan. Keyinroq esa ofisda ishlaydigan xodim emasligini tushunib yetgan.

“Yoshligimda kiyimlarni yaxshi ko‘rar edim. Amerikada yashagan vaqtlarimda ularni yanada yaxshi ko‘rganman. O‘zbekistonga qaytgach, mamlakatda tekstil sohasining istiqboli borligini ko‘rganman”, — deydi tadbirkor.

2006-yilda akasi Sherzod Qayumov bilan kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha birgalikdagi biznesini yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi vaqtga kelib tadbirkor “Fratelli Casa” (kiyim), “PromoWear” (korporativ va reklama kiyimi), uzbtextile.com (В2 В tekstil platformasi) va “Malevich Consulting” kabi loyihalarni boshqaradi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
695 views14:45
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:01:13
#befarqemasman

Yusufjon Isroilov, yosh tadbirkor “Ziyo IT school” asoschisi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
774 views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-12 13:06:01 #Bilasizmi #nafaqa

Qonunchilikka koʻra, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 hafta davomida toʻlanadi.

Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) soʻnggi 12 oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM – 920 ming soʻm)dan oz boʻlmagan miqdorda;

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;

ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.1K views10:06
Ochish/sharhlash
2023-04-12 08:33:08
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-aprel holatiga koʻra respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan.

2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
367 views05:33
Ochish/sharhlash