Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-04-12 17:45:31
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Shohruh Qayumov

Shohruh Qayumov olgan mutaxassisligi bo‘yicha buxgalter-auditor. Qachonlardir Jahon bankida ishlashni orzu qilgan. Keyinroq esa ofisda ishlaydigan xodim emasligini tushunib yetgan.

“Yoshligimda kiyimlarni yaxshi ko‘rar edim. Amerikada yashagan vaqtlarimda ularni yanada yaxshi ko‘rganman. O‘zbekistonga qaytgach, mamlakatda tekstil sohasining istiqboli borligini ko‘rganman”, — deydi tadbirkor.

2006-yilda akasi Sherzod Qayumov bilan kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha birgalikdagi biznesini yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi vaqtga kelib tadbirkor “Fratelli Casa” (kiyim), “PromoWear” (korporativ va reklama kiyimi), uzbtextile.com (В2 В tekstil platformasi) va “Malevich Consulting” kabi loyihalarni boshqaradi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
695 views14:45
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:01:13
#befarqemasman

Yusufjon Isroilov, yosh tadbirkor “Ziyo IT school” asoschisi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
774 views12:01
Ochish/sharhlash
2023-04-12 13:06:01 #Bilasizmi #nafaqa

Qonunchilikka koʻra, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 hafta davomida toʻlanadi.

Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) soʻnggi 12 oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM – 920 ming soʻm)dan oz boʻlmagan miqdorda;

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;

ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.1K views10:06
Ochish/sharhlash
2023-04-12 08:33:08
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-aprel holatiga koʻra respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan.

2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
367 views05:33
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:30:00
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
964 views02:30
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:15:00 Assalomu alaykum!

Bugun 12-aprel, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi bo‘yicha yilning 102-kuni.
Yil yakuniga 263 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni
Qozog‘istonda ilm-fan xodimlari kuni
Boliviyada bolalar kuni

VOQEALAR:

1903-yil — Londonda ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan avtobus qatnay boshladi.
1943-yil — Fransiyaning “Nant” futbol klubi tashkil etildi.
1961-yil — Yuriy Gagarin “Vostok” kemasida jahonda birinchi bo‘lib kosmosga uchdi.

TAVALLUDLAR:

1801-yil — Yozef Lanner — avstriyalik bastakor, dirijyor va skripkachi, “Vena” valsining asoschilaridan biri.
1884-yil — Otto Meyergof — germaniyalik biokimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1903-yil — Yan Tinbergen — gollandiyalik iqtisodchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1949-yil — Murod Muhammad Do‘st — yozuvchi va jamoat arbobi, asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan, “Hamza” nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.0K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-12 05:00:00
Assalomu alaykum! Chorshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
819 views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-11 17:30:00
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkor Alisher Mirahmedov

Alisher Mirahmedov 1992-yili ta’lim dasturi bo‘yicha bir yil muddatga Turkiyaga jo‘nab ketadi.

2003-yili xorijiy kompaniyadan ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, turistik dispetcherlik bo‘yicha menejerlik lavozimida ish boshlaydi.

Ish jarayonida Alisher nihoyat o‘z biznesini topganini anglab, do‘sti bilan birgalikda “Miramax Travel Management” kompaniyasini ochadi.

"Onam bolaligimizdan kitob o‘qishga mehr uygʻotdi. Sovet davrida, qog‘oz yig‘ish punktlarida eski gazeta va jurnallar evaziga kitoblar olish mumkin edi.
Aynan shu tarzda yoshligimdan ko‘p vaqtimni zavq bilan o‘tkazadigan uy kutubxonasini to‘ldirishni boshladim. Bolaligimda o‘qish sayohat qilish uchun deyarli yagona imkoniyat edi, ehtimol mana shu koʻpgina xarakterimni belgilab bergandir. Men detektiv hikoyalar va psixologiyaga oid kitoblarni afzal ko‘raman. Detektiv asarlarni u yerda doim bir sir borligi uchun yaxshi ko‘raman. Va men uni ochishni xohlayman, mana shu sirlar bizni o‘ylashga majbur qiladi", — deydi tadbirkor.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
754 views14:30
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:00:00
#befarqemasman

"Bugun men judayam baxtiyorman. Sababi yangi O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga biz tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlovchi, haq-huquqlarini himoya qiluvchi va erkin faoliyat olib borishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilganligi kafolatlab qo'yilmoqda.

Men o'zimning kelajagimga befarq emasman hamda referendumda faol ishtirok etib, o'zimning ovozimni beraman".

"Sitora kom plyus" NTM rahbari Salomova Nargiza

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
803 views12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:15:00 #Bilasizmi #soliq

Boʻyalgan matoni, boʻyalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlar 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz toʻlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
772 views10:15
Ochish/sharhlash