Get Mystery Box with random crypto!

O’z biznesini yo’lga qo’yishga muvaffaq bo’lgan tadbirkor Farh | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O’z biznesini yo’lga qo’yishga muvaffaq bo’lgan tadbirkor Farhod Norbayev

Farhod Norbayev 2018-yilda Olmaotadan Toshkentga ko‘chib kelganidan so‘ng Nargiz Kamalova bilan “Lokals” kreativ agentligiga asos solgan.

Hikoya B&B Coffee House`dagi faoliyat va cho‘ntakdagi 600 dollardan boshlangan. Avval loyiha “TBWA Worldwide” xalqaro tarmoqli reklama agentligining hududiy vakolatxonasi tarkibiga kirgan.

Bunda O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan jahon brendlariga bosh ofisga xizmat ko‘rsatayotgan agentlik vakolatxonalari xizmat ko‘rsatishi haqida o‘ylangan. Afsuski, umidlar oqlanmagan va ular “Lokals” nomli yangi kompaniyani ochib, tarmoqni tark etishgan.

To‘rt yillik mehnatlari davomida hamkorlar “Red Jolbors” kommunikatsiyalar festivalida uch marta Gran-pri va ikki marta “Yil agentligi” unvoni bilan taqdirlangan.

Korporativ mijozlar ro‘yxati esa turli sohalarning yirik vakillari bilan to‘lib bordi. Ular orasida “Texnomart”, “Oson”, “Payme”, “Humans” va boshqalar bor.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sayt