Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-18 05:15:12 Assalomu alaykum!

Bugun 18-aprel, Seshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 108-kuni.
Yil yakuniga 257 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon radioni sevuvchilar kuni
Xalqaro obidalar va tarixiy joylar kuni
O‘zbekistonda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
Yaponiyada kashfiyotlar kuni

VOQEALAR:

1846-yil — Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi.
1853-yil — Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi.
1902-yil — Buyuk Britaniyada jinoyatni aniqlash uchun ilk bor daktiloskopiyadan foydalanildi.
1975-yil — “Microsoft” kompaniyasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

1838-yil — Pol Emil Lekok de Buabodran — galliy, samariy va disproziy elementlarini kashf etgan fransiyalik kimyogar.
1872-yil — Bernard Dodj — amerikalik botanik, zamburug‘larni tadqiq qilgan hamda tasniflagan olim.
1907-yil — Mitxat Bulatov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan binokor.
1939-yil — Anatoliy Bushuy — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, tilshunos.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.0K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-18 05:00:22
Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
849 views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:40:00
O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkorlar Marina Pak va Yekaterina Kim

“LOVECO” asoschilari onalik ta’tilida bo‘lgan paytlarida shaxsiy biznesni boshlashni juda xohlashgan. Pastilalar va meva chipslari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi gazaklarning xilma-xilligini oshirish va ularni sog‘liq uchun yanada foydali qilish istagidan kelib chiqqan.

Shundan so‘ng konservantlarsiz, shakar yoki asalsiz tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga start berilgan. Pastilalarning tarkibida faqat mevalar bor. Aynan mana shu xususiyat “LOVECO” kompaniyasining nomi bilan bog‘liq bo‘lib, bu “Men ekologik mahsulotni yaxshi ko‘raman” degan ma’noni anglatadi.

“Dastlab, bizda faqat ikkita meva quritgich bor edi. Boshida mahsulotlarni “Instagram” va “Facebook” sahifalari orqali taklif qildik. Brend yaratish bilan mustaqil ravishda shug‘ullandik, logotip dizayner bilan birgalikda ishlab chiqildi”, — deydi tadbirkorlar.

Biroz vaqt o‘tgach, “Next” savdo markazidagi yakshanba yarmarkasida qatnashishgan, shundan so‘ng ko‘plab doimiy mijozlar va biznesni rivojlantirish uchun foydali tanishlarni topishgan. Kun davomida 9000 so‘m turadigan 1 o‘ram pastilalar sotib, 1,5 mln so‘mga yaqin daromad olishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
698 views14:40
Ochish/sharhlash
2023-04-17 15:02:01
Referendum — yorqin kelajakka yo‘l

Mamlakatimiz muhim siyosiy voqelik — Referendum oldida turibdi. Referendum ham saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasi hisoblanadi.

Shunday ekan, o‘zingiz hamda kelajak avlod taqdiriga befarq bo‘lmang! Referendumda faol ishtirok eting!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
444 views12:02
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:06:01
#Bilasizmi #ustama

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
292 views10:06
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:35:13
Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

22 aprel — shanba;
23 aprel — yakshanba;
24 aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Ya’ni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.

Agar 22 aprel — shanba O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
856 views05:35
Ochish/sharhlash
2023-04-17 07:54:05
Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritadi?

O’zbekistonda 2023-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 82 237 ta;
Toshkent viloyatida – 38 665 ta;
Samarqand viloyatida – 37 862 ta;
Farg‘ona viloyatida – 36 143 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta;
Andijon viloyatida – 27 230 ta.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
625 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-04-17 05:15:12 Assalomu alaykum!

Bugun 17-aprel, Dushanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 107-kuni.
Yil yakuniga 258 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro sirk kuni
Tojikistonda Dushanbe shahri kuni
Qozogʻistonda yongʻin xavfsizligi kuni
Yaponiyada bolalarni himoya qilish kuni

VOQEALAR:

1492-yil — Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
1980-yil — Janubiy Rodeziya oʻz nomini Zimbabvega oʻzgartirdi.
1982-yil — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to'liq mustaqil deb e'lon qildi.
1992-yil — Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.

TAVALLUDLAR:

1403-yil — Ali Qushchi — ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astranom. Unga nisbatan Ulug‘bek “farzandi arjumand” sifatida ishonch bildirgan.
1598-yil — Jovanni Battista Richcholi — italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzgan birinchi olim.
1837-yil — Jon Pirpont Morgan — amerikalik moliyachi, sanoatchi, “General Electric” kompaniyasi asoschisi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.5K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-17 05:00:22
Assalomu alaykum! Dushanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Boshlangan yangi ish haftasida omad yor bo‘lsin, barcha o‘ylagan niyatlaringiz amalga oshsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.4K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-16 05:15:16 Assalomu alaykum!

Bugun 16-aprel, Yakshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 106-kuni.
Yil yakuniga 259 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Butunjahon ovoz kuni
AQSHda kutubxonachilar kuni
Jazoirda bilim va fan kuni

VOQEALAR:

1906-yil — AQSh va Xitoy o‘rtasida dengiz osti kabelini yotqizish tugallandi.
1952-yil — Surxondaryo viloyatning Angor hamda Sirdaryo viloyatining Guliston tumani tashkil topdi.
1964-yil — Amerikalik uchuvchi Jeraldina Mok g‘arbiy Germaniyaga qo‘ndi va Yer sharini aylangan birinchi uchuvchi ayol bo‘ldi.
1966-yil — Isroilda ilk bor “Coca-cola” sotuvga chiqdi.

TAVALLUDLAR:

1661-yil — Charlz Montegyu — Galifaksning birinchi grafi, moliyachi, Angliya banki va Angliya moliya tizimi asoschisi.
1844-yil — Anatol Frans — frantsuz yozuvchisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1947-yil — Vladimir Braun — O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.3K views02:15
Ochish/sharhlash