Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi Y
Telegram kanalining logotibi ykfoundation — “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
Kanal manzili: @ykfoundation
Toifalar: Biznes , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.39K
Kanalning ta’rifi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Facebook — https://bit.ly/3E7AhPe
Instagram — https://bit.ly/3ttQnO6
YouTube — https://bit.ly/3g3QUmU
Web — yoshlarkelajagimiz.uz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ 998712074012

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2023-04-14 05:15:10 Assalomu alaykum!

Bugun 14-aprel, Juma.
Grigoriy taqvimi bo‘yicha yilning 104-kuni.
Yil yakuniga 261 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Gruziyada ona tili kuni
Maldiv orollarida maldiv tili kuni
Angolada yoshlar kuni
Myanmada suvlar festivali kuni

VOQEALAR:

1828-yil — Amerikalik tilshunos Noa Uebster ingliz tilida amerikancha lugʻat tuzdi.
1912-yil — “Titanik” kemasi muz bilan toʻqnashib halokatga uchradi.
1983-yil — Buyuk Britaniyada birinchi radio telefon sotuvga chiqdi.
2007-yil — Turkiyada norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.

TAVALLUDLAR:

1527-yil — Avraam Orteliy — xaritashunos, birinchi zamonaviy atlas muallifi.
1841-yil — Jon Forster Alkok — futbolchi, Angliya futbol assotsiatsiyasi tashkilotchilaridan biri.
1916-yil — Sulaymon Yudakov — “Tantanali uvertyura”, “Festeval uvertyurasi” singari qo‘shiqlarni, ramanslarni bastalagan, dramatik spektakllar va kinofilimlarga musiqalar yozgan O‘zbekiston xalq artisti.
1965-yil — Yukixiro Matsumoto — yaponiyalik dasturchi, “Ruby” dasturlash tili yaratuvchisi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
2.3K views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-14 05:01:32
Assalomu alaykum! Juma tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Ushbu xayrli kun barcha duolar mustajob boʻluvchi lahzalarga boy bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
1.5K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-13 17:30:00
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishga qaratilgan "Kasblar tanlovi"ga start berilmoqda.

Joriy yilning aprel-iyun oylarida 18-30 yoshdagi mahalla yoshlari o'rtasida tikuvchilik, erkaklar sartaroshi, oshpazlik, qandolatchilik va hunarmandchilik tanlovlari bo'lib o'tadi.

Kasblar tanlovida o'z iqtidor va iste'dodingizni namoyon qiling! Beshtashabbus.uz sayti orqali ro'yxatdan o'ting va safimizda bo'ling.

Arizalarni qabul qilish 24-aprelga qadar davom etadi.

#beshtashabbus

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
1.6K views14:30
Ochish/sharhlash
2023-04-13 14:27:17


Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu memorandum yoshlar, xususan, yosh tadbirkorlarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratish uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishga zamin yaratadi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram
752 views11:27
Ochish/sharhlash
2023-04-13 13:06:01 #Bilasizmi #subsidiya

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular boʻyicha va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga ruxsat berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
856 views10:06
Ochish/sharhlash
2023-04-13 10:00:01
Oʻzbek kibersportida yangi rekord

Ilk bor kibersport boʻyicha chempionatda 3000 nafarga yaqin kibersportchilar ishtirok etadi.

Yurtimizda birinchi marotaba boʻlib oʻtadigan kibersport yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati doirasida maxsus portal orqali 2894 ta kibersportchi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, kibersportning 5 turi boʻyicha jami 770 dan ziyod jamoalar shakllantirildi.

Turnirning birinchi bosqichi 12-aprel kuni boshlandi, yoʻnalishlar boʻyicha saralash jarayonida jamoalar guruhlari shakllanadi.

Chempionatning yarim-final va final bosqichlari Toshkent shahrida 5-8-may kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Chempionatning mukofot jamgʻarmasi 332 mln soʻmni tashkil etadi va qoʻshimcha homiylik mablagʻlari jalb etilishi ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
942 views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-13 07:49:45
Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
370 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-13 05:30:25
Mashhurlardan iqtibos

Shu iqtibosni o‘qishi kerak boʻlgan yaqinlaringizga joʻnating


Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
863 views02:30
Ochish/sharhlash
2023-04-13 05:15:09 Assalomu alaykum!

Bugun 13-aprel, Payshanba.
Grigoriy taqvimi bo‘yicha yilning 103-kuni.
Yil yakuniga 262 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Xalqaro funktsional asab kasalliklari kuni
Ekvadorda oʻqituvchilar kuni

VOQEALAR:

1923-yil — Londonda “Uembli” stadionining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
1994-yil — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi raisi Xuan Antonio Samaranch boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
1995-yil — Germaniya Federativ Respublikasining Federal Prezidenti Roman Gertsogning O‘zbekiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

TAVALLUDLAR:

1771-yil — Richard Trevitik — dunyodagi birinchi parovozni yaratgan ingliz ixtirochisi.
1845-yil — Richard Assman — germaniyalik meteorology va aerolog, psixometr kashfiyotchisi.
1892-yil — Robert Uotson-Uatt — shotland fizigi, radar qurilmasi ixtirochisi. 1906-yil — Semyuel Bekket — irlandiyalik adib, “Nobel” mukofoti sohibi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
918 views02:15
Ochish/sharhlash
2023-04-13 05:01:12
Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt
660 views02:01
Ochish/sharhlash