Get Mystery Box with random crypto!

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:

22 aprel — shanba;
23 aprel — yakshanba;
24 aprel — dushanba (ko‘chirilgan dam olish).

Ya’ni, 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29 aprel — shanba esa ish kuni bo‘ladi.

Agar 22 aprel — shanba O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O‘zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21 aprel — juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt