Get Mystery Box with random crypto!

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkorlar M | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

O‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan tadbirkorlar Marina Pak va Yekaterina Kim

“LOVECO” asoschilari onalik ta’tilida bo‘lgan paytlarida shaxsiy biznesni boshlashni juda xohlashgan. Pastilalar va meva chipslari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish g‘oyasi gazaklarning xilma-xilligini oshirish va ularni sog‘liq uchun yanada foydali qilish istagidan kelib chiqqan.

Shundan so‘ng konservantlarsiz, shakar yoki asalsiz tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga start berilgan. Pastilalarning tarkibida faqat mevalar bor. Aynan mana shu xususiyat “LOVECO” kompaniyasining nomi bilan bog‘liq bo‘lib, bu “Men ekologik mahsulotni yaxshi ko‘raman” degan ma’noni anglatadi.

“Dastlab, bizda faqat ikkita meva quritgich bor edi. Boshida mahsulotlarni “Instagram” va “Facebook” sahifalari orqali taklif qildik. Brend yaratish bilan mustaqil ravishda shug‘ullandik, logotip dizayner bilan birgalikda ishlab chiqildi”, — deydi tadbirkorlar.

Biroz vaqt o‘tgach, “Next” savdo markazidagi yakshanba yarmarkasida qatnashishgan, shundan so‘ng ko‘plab doimiy mijozlar va biznesni rivojlantirish uchun foydali tanishlarni topishgan. Kun davomida 9000 so‘m turadigan 1 o‘ram pastilalar sotib, 1,5 mln so‘mga yaqin daromad olishgan.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt