Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.96K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 70

2022-09-04 07:43:25
Zakovatda bugun katta turnir. Intellektual marafon. 200 ta savol o’ynaladi.
16.4K views04:43
Ochish/sharhlash
2022-09-03 14:33:39
Kamdan kam mamlakatlarda oziq-ovqat mahsuloti olinayotgan payt “yeyish uchunmi?” deb so’ralsa kerak? :)
19.6K views11:33
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:18:15 4 ballgacha yetmaganlarning super-kontraktiga ham 10% chegirma beriladi.

4,1 ball yetmaganlar 4 ballik hudud ichiga kirmaydi. Ular yo‘nalishiga qarab 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 baravar to‘laydi.

Batafsil o‘qish uchun:
https://t.me/xushnudbek/15834

@xushnudbekuz
23.5K views13:18
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:21:48 Super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Barcha davlat OTMlarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga arzonlashtirildi.

Ilovadagi jadval orqali yo‘nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.


@xushnudbekuz
28.6K viewsedited  12:21
Ochish/sharhlash
2022-09-01 13:48:10 Минг бор, узр, сайтда техник муаммолар кузатилаётган экан, шу сабабли очилмаяпти. Бартараф этилганда қўшимча хабар қиламиз. Тушунганингиз учун раҳмат.
2.0K views10:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 13:40:31
Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali Mustaqillik taʼlim granti eʼlon qiladi

2 yil avval yaxshi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi.

Allohga shukr, bugun mamnuniyat bilan navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilmoqchimiz.

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali eʼlon qilgan taʼlim grantida 31 nafar talabaga 5 mln so‘mdan, jami 155 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Maʼlumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida eʼlon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 31 nafar (buning 5 nafari TDYUU talabalari uchun)
Taʼlim granti miqdori: 5 mln so‘m (jami 155 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 30-sentabr

ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

P.S.: arizalar to’liqligicha elektron tizimda qabul qilinishi tufayli mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


@xushnudbekuz
4.8K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:51:50
Kechagi bayramdan esdalik uchun foto.

Mabodoga Instagramdagi sahifam:
instagram.com/xushnudbek
12.5K views08:51
Ochish/sharhlash
2022-09-01 06:10:10 Barchaga bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!
19.7K views03:10
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:17:29 Shoshilinch xabar:

Biroz avval O’zbekistonni yoz tark etibdi. Aytishlaricha, u egri yo’llar orqali, chegarachilarimizning ko’zini shamg’alat qilib chiqib ketishga erisha olgan. U O’zbekistondan o’zi bilan juda katta miqdorda quyosh nurini olib chiqib ketgani gumon qilinmoqda.

Hozircha ushbu shov-shuvli ish bo’yicha rasmiylar izoh berishmayapti. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, hozirda uyushgan jinoiy guruhning vakili sifatida taxmin qilingan kuz so’roq qilish uchun tergovga chaqirilgan.

Voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring.


@xushnudbekuz
34.2K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash