Get Mystery Box with random crypto!

Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali Musta | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali Mustaqillik taʼlim granti eʼlon qiladi

2 yil avval yaxshi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boshlagandik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi.

Allohga shukr, bugun mamnuniyat bilan navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilmoqchimiz.

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali eʼlon qilgan taʼlim grantida 31 nafar talabaga 5 mln so‘mdan, jami 155 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Maʼlumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida eʼlon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 31 nafar (buning 5 nafari TDYUU talabalari uchun)
Taʼlim granti miqdori: 5 mln so‘m (jami 155 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 30-sentabr

ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

P.S.: arizalar to’liqligicha elektron tizimda qabul qilinishi tufayli mabodo hujjat topshirishda texnik muammo yoki tushunmovchilik bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.


@xushnudbekuz