Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.58K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 71

2022-09-17 10:49:54
34.3K views07:49
Ochish/sharhlash
2022-09-16 19:41:25
Ba’zan hamkasblar bilan shunaqa hazillashib turamiz

Efirni buzish — done


@xushnudbekuz
35.9K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-09-16 13:59:24
ShHT sammitidan esdalik uchun foto.
Samarqand. 16.09.2022.

@xushnudbekuz
34.5K views10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-16 08:25:55
ShHT Samarqand sammiti matbuot markazidagi internet tezligi: 1,1 gigabit/sekund.

Qani, siz ham o'zingizdagi internet tezligining suratini yuboringchi


@xushnudbekuz
39.6K viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2022-09-15 19:09:00
ShHT Samarqand sammiti bo’lib o’tayotgan Xalqaro turizm markazidan fotolar. Shaxsiy ijod.
34.0K views16:09
Ochish/sharhlash
2022-09-11 17:10:41 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.
6.0K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-09-11 09:47:36 Ko‘pchilik super-kontrakt narxlarini hisoblashda tushunmovchilikka duch kelyapti. Oliy taʼlim vazirligi dastlab eʼlon qilgan jadvalda faqat kunduzgi taʼlim shaklining narxlari ko‘rsatilgandi. Ammo bizda sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shaklininig kontrakti qimmatroq, shu sababli super-kontrakt ham ko‘proq chiqadi.

Sizlarga yana-da qulay bo‘lishi uchun batafsil jadvalni eʼlon qildim, ko‘rib olishingiz mumkin.

KUNDUZGI taʼlim shakli uchun super-kontrakt narxlari:
https://t.me/xushnudbek/15926

SIRTQI, KECHKI va MASOFAVIY KUNDUZGI taʼlim shakli uchun super-kontrakt narxlari:
https://t.me/xushnudbek/15936
18.0K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-09-10 14:13:02

Talabalar bankdan ta’lim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonadagi oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ikki tomonlama shartnoma olishlari kerak. Uch tomonlama emas.

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (OTMning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, talabalar to‘lov-kontrakt shartnomalarini kontrakt.edu.uz saytidan onlayn olishlari mumkin. Super-kontrakt uchun ariza va shartnoma ham shu yerdan berilmoqda.
27.8K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-09-10 13:26:35
Ta’lim krediti olmoqchi bo’lganlar https://talim-krediti.uz sayti orqali onlayn ariza bersa bo’ladi.

Banklarga ovora bo’lib, borib yurish shart emas.

Batafsil ma’lumotlar:

1. https://t.me/xushnudbek/15110
2. https://t.me/xushnudbek/15112
3. https://t.me/xushnudbek/10871
4. https://t.me/xushnudbek/7356
37.0K viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash
2022-09-08 13:32:22
Iya, tovba

Kattaroq narsa so'rasam bo'larkan ))))
34.1K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash