Shoshilinch xabar: Biroz avval O’zbekistonni yoz tark etibdi. | Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Shoshilinch xabar:
Biroz avval O’zbekistonni yoz tark etibdi. Aytishlaricha, u egri yo’llar orqali, chegarachilarimizning ko’zini shamg’alat qilib chiqib ketishga erisha olgan. U O’zbekistondan o’zi bilan juda katta miqdorda quyosh nurini olib chiqib ketgani gumon qilinmoqda.
Hozircha ushbu shov-shuvli ish bo’yicha rasmiylar izoh berishmayapti. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, hozirda uyushgan jinoiy guruhning vakili sifatida taxmin qilingan kuz so’roq qilish uchun tergovga chaqirilgan.