Get Mystery Box with random crypto!

Kiyev istilosi boshlandi “Shahar mudofaa bosqichiga o‘tdi. D | XPRESS

Kiyev istilosi boshlandi

“Shahar mudofaa bosqichiga o‘tdi. Dushman Kiyevga yetib keldi va bizni yo‘q qilmoqchi”, dedi poytaxt meri Vitaliy Klichko. Rossiya mudofaa vazirligi Kiyev G‘arb tomondan to‘sib qo‘yilganini ma’lum qildi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinni muzokaraga chaqirgan edi: “Keling, odamlar o‘limini to‘xtatish uchun bir stol atrofiga o‘tirib, muzokara olib boraylik”, dedi u. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya ukrain harbiylari qurolini tashlasagina muzokaraga kirishishi mumkinligini aytdi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada kamida 25 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni yuzdan oshgan. Har ikki tomondan halok bo‘lgan harbiylar soni bundan ancha ko‘p.

Kecha G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi, biroq bu kutilganidan ancha yengilroq jazolar bo‘lib chiqdi. G‘arb eng asosiy chora – Rossiya banklarini SWIFTdan uzib qo‘yish va AQSH dollaridagi operatsiyalarni taqiqlash bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayapti.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an NATOni sustkashlikda aybladi, “G‘arb Ukrainaga faqat maslahat berish bilan yordam beryapti”, dedi u. Voqealar rivoji yaqin soatlarda Kiyevda hokimiyat ag‘darilishiga ishora qilmoqda.

Xpress.uz – Siz kutgan format