Get Mystery Box with random crypto!

YOLG'İZ AYOL Boshida sinsa ham tog'larning toshi Azob u qayg' | Xasan shoir she'rlari

YOLG'İZ AYOL
Boshida sinsa ham tog'larning toshi
Azob u qayg'uga yetar bardoshi
Bejizga oqmaydi ko'zlarda yoshi
Orzulari osmon suradi hayol
Kun botmas tong otmas ey yolg'iz ayol
===========
Sinsa qalbi bo'lar vayrona kulba
Ollohga sig'inib qiladi tavbo
Maqsadi birgina ko'rmoqlik ka'ba
Umr ham bekorga bo'lmasin zavol
Yorin yo'qotgan ey yolg'iz ayol
============
Dardini aytadi oyga tunlari
Gohida mag'zundur shodon kunlari
Berk bo'lsa kim ochar hayot yo'llari
Ko'z yoshi bo'ladi tomchisi uvol
Dardlaring tinglayman ey yolg'iz ayol
==========
Tebratib dunyoni solib beshika
Ko'z to'kib turasan qarab eshika
Bor hislating soldim bugun qo'shiqqa
Bu kuyni tinglab sen bermagin savol
Farishta o'zingsan ey yolg'iz ayol