Get Mystery Box with random crypto!

QOR Qorlar yog'di bu oppoq qorlar Qishning sovuq ayoz kechasi | Xasan shoir she'rlari

QOR
Qorlar yog'di bu oppoq qorlar
Qishning sovuq ayoz kechasi
Tong otmaydi ko'rinmas quyosh
Parlanadi honam darchasi
=========
Daraht yechgan ko'klam libosin
Burkanadi beg'ubor qorga
Bu qahroton qishning navosi
Kim soladi uzulmas torga
=========
Bugün tunda boshlaydi yana
Oppoq qorning turli jilosi
Yer yuziga tushgan laylak qor
Bu halqimning oltin tillosi
=========
Yog'aversin maydalab tinmay
Mayli bo'lsin dovul shomali
Qor aslida bu ayoz qishning
Bizga tuhfa etgan jamoli
==========
Tarnovlardan oqmaydi chak chak
Kun chiqmasa erimas muzlar
Bulut to'sar quyosh yuzini
Quyoshni ham sog'indi ko'zlar
========
Tog'lar go'zal maftunkor tog'lar
Bu oqlika burkangan olam
Qor ostida yotibdi mayus
Atirgulim binafsha lolam