Get Mystery Box with random crypto!

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН

Telegram kanalining logotibi xalq_talimi_xodimlari — ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН
Kanaldagi mavzular:
Тадқиқот
Kanal manzili: @xalq_talimi_xodimlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.79K
Kanalning ta’rifi

Ушбу канал орқали таълим тизимда бўлаётган янгиликлар ва таълим тизими ходимлари учун меъёрий хужжатлардан намуналар бериб борилади. Админга боғланиш ва тадбирлар ёритиш учун манзил

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-05-08 07:47:54
Шавкат Мирзиёев муҳим мавзу бўйича чиқиш қилиши кутиляпти

Бугун Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев муҳим мавзу бўйича чиқиш қилиши кутиляпти.

Президент нутқи соат 10:00 да Тошкентдаги анжуманлар саройида бўлиб ўтади.


Президент янгиланган Конституция бўйича халққа мурожаат қилиши кутилмоқдa.

Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
7.1K viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash
2023-05-03 23:26:40
“Prezident bilan uchrashganingizda uka sifatida meni tavsiya qiling”. Zoir Mirzayev qabulida bo‘lgan murojaatchi vazirlikka daʼvogarligini aytdi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevning Bo‘ka tumanida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
5.3K viewsedited  20:26
Ochish/sharhlash
2023-05-03 21:45:14 Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
4.1K views18:45
Ochish/sharhlash
2023-05-03 13:14:04 KO‘ZI OJIZ PEDAGOG XODIMLAR UCHUN IMTIYOZLAR

Men maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Ko‘rish bo‘yicha 1-guruh nogironiman. Qonunchilikda nogironligi bor shaxslar, jumladan o‘qituvchilar uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jumladan quyidagi imtiyozlari mavjud:

Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar dars beradigan maktabda har 2 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun 1,0 birlik tarjimon – kotiba lavozimi kiritilgan.
Maktabda 1 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi ishlagan hollarda1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar 30 kalendar ish kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili olishga haqli.
Mehnat ish haqiga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar har 2 yilda bir marta nogironlik nafaqasini qayta hisoblatish huquqiga ega.
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar umumiy qabulning 2% miqdorida kvota asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi. Xususan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan I-II guruh abituriyentlar 5 balli baholash tizimida og‘zaki imtihon olish tartibida o‘qishga qabul qilinadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar kasallik toifasiga ko‘ra har 6 oyda yo‘llanma asosida bepul sog‘liklarini tiklashlari ko‘zda tutilgan.
I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, ko‘zi ojiz insonlar yetaklovchisi bilan birgalikda jamoat transportidan bepul foydalanishadi.
Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning nogiron farzandlari nodavlat ta’lim tizimida o‘qisa, uning ta’lim harajatlari bazaviy stavkaning 50 barobarigacha bo‘lgan qismi subsidiya asosida qoplab beriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga sinov muddatisiz qabul qilinadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat muassasalarida kvotalangan ish o‘rinlari yaratiladi. Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
5.6K viewsedited  10:14
Ochish/sharhlash
2023-05-03 13:12:27
Umarova Xilola Uktamovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida
Umarova Xilola Uktamovnaning 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi . Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
5.2K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2023-05-02 14:45:32 Ўзбекистонда 11 ноябрь дам олиш куни сифатида белгиланиши кутилмоқда.

"Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 208-моддасига қўшимча ва ўзгартиш киритиш тўғрисида”ги қонун лойиҳасига кўра, 11 ноябрь – Ўзбекистон касаба уюшмалари кунини ишланмайдиган байрам кунлари қаторига қўшиш белгиланмоқда. Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
9.9K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2023-05-02 14:16:30 Тошкент вилоятида 9-синф ўқувчиси ўз жонига қасд қилди

Тошкент вилоятида мактабнинг 9-синф ўқувчиси ўз жонига қасд қилди. Бу ҳақда вилоят прокуратураси хабар берди.

Маълум қилинишича, шу йилнинг 21 апрель куни Олмалиқ шаҳар халқ таълим бўлимига қарашли умумтаълим мактабининг 9-синф ўқувчиси И.Т. ўз жонига қасд қилган. Бу ҳақда расмий хабар бугун, 2 май куни эълон қилинди. Ўқувчининг аҳволи ҳақида аниқ маълумот берилмаган.
Билдирилишича, ҳолат юзасидан Олмалиқ шаҳар прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.


Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
6.5K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2023-05-02 12:59:29 Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan  “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.

Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti,  youtubedagi  kanali orqali  to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.


Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
7.9K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2023-05-01 19:47:55
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuniga muvofiq unumiy orta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi.

Har qanday rasmiy xabarlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.

Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
10.3K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2023-05-01 13:47:20 Эндиликда иш ҳақини ҳар бир кечиктириб берилган куни учун иш берувчи томонидан пулли компенсация тўланади

Янги таҳрирдаги меҳнат кодексининг 333-моддасига кўра, иш берувчи иш ҳақи тўлаш кечиктирилгани учун ходим олдида моддий жавобгар бўлиши белгиланди.

Унга кўра, иш берувчи иш ҳақини, таътил тўловларини, меҳнат шартномаси бекор қилингандаги тўловларни ва ходимга тўланиши лозим бўлган бошқа тўловларни тўлаш муддатини бузган тақдирда, уларни тўлов муддатидан кейинги кундан эътиборан то ҳақиқатда ҳисоб-китоб қилинган кунни ўз ичига олган муддатгача ҳар бир кечиктирилган кун учун Марказий банкнинг ўша вақтда амалда бўлган асосий ставкасидан келиб чиққан ҳолда фоизлар(пулли компенсация)билан бирга тўлаши шарт!

Ходимга тўланиши лозим бўлган пулли компенсациянинг миқдори Марказий банк асосий ставкасининг ўн фоизи миқдорида белгиланади. Унинг миқдорида жамоа шартномаси, ички ҳужжат ёки меҳнат шартномаси билан оширилиши мумкин.

Иш ҳақи тўланадиган кун дам олиш кунига ёки ишланмайдиган байрам кунига тўғри келганда, иш ҳақи ушбу кунлар арафасида тўланади.

Маълумот учун, янги таҳрирдаги Меҳнат кодекси 2023 йилнинг 30 апрелидан кучга киради. Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
11.2K viewsedited  10:47
Ochish/sharhlash