Get Mystery Box with random crypto!

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН

Telegram kanalining logotibi xalq_talimi_xodimlari — ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН Х
Telegram kanalining logotibi xalq_talimi_xodimlari — ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН
Kanal manzili: @xalq_talimi_xodimlari
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.79K
Kanalning ta’rifi

Ушбу канал орқали таълим тизимда бўлаётган янгиликлар ва таълим тизими ходимлари учун меъёрий хужжатлардан намуналар бериб борилади. Админга боғланиш ва тадбирлар ёритиш учун манзил

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-18 21:59:04 Ўзи бугун педагогларнинг жангини кўриб бир асаб бўлувдим, Алишер Қодировнинг мана бу гапи ундан ҳам ошиб тушди. Худди бизда педагоглар тиқилиб ётибди-ю, ўн марта ўрганиб кейин рухсат берадиган тизим керак эмиш.

Ўзи Сурхондарё Узун туманидаги мактабга бориб ишлайдиган педагог нечта бор? Улар қанча ойлик оляпти? Фақат тизим қилиш керак, ундай қилиш, ойликни минг доллар қилиш керак деган гапларга қарсак чалиб юрадиган Алишер Қодир ўзи аслида нимага қодир?

@bektoshkhatamov
2.5K views18:59
Ochish/sharhlash
2023-04-18 21:57:08


Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
2.7K viewsedited  18:57
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:19:23 Бош прокуратуранинг хабар беришича, 2023 йил 14 апрел куни соат 12:00 ларда Узун туманидаги 31-сонли ўрта таълим мактабининг директор хонасида ўтказилаётган йиғилишда 34 ёшли эркак (ўқитувчи) икки нафар аёл ўқитувчи билан жанжаллашиб, уларга тан жароҳати етказган.

Мазкур ҳолат юзасидан 18 апрел куни Жиноят кодексининг 277-моддаси (безорилик) билан жиноят иши қўзғатилган. Гумонланувчи шахс эса процессуал тартибда ушланган.

Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
6.4K viewsedited  12:19
Ochish/sharhlash
2023-04-18 15:09:54
Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi holat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan nazoratga olindi

Vazirning munosabati


Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
6.9K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:50:59
Сурхондарёда эркак аёл ўқитувчиларни аёвсиз калтаклади

Бош прокуратура ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ушбу ҳолат ўрганилаётганини маълум қилди.


Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
6.7K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:48:11 Ramazon hayitida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ushbu savol ko’pchilikni qiziqtirayotgan bo’lsa kerak.

Bunda 2 xil variant bor:

Birinchisi.
Agar Ramazon oyi odatdagidek 30 kun davom etsa va Ramazon Hayiti kutilganidek 22-aprel, shanba kuniga to’g’ri kelsa, unda barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi. Bunda:

22-aprel, shanba — Hayit bayrami;
23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
24-aprel, dushanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasidagilar uchun ko‘chirilgan (29-aprel shanbadan) dam olish kuni bo’ladi.

(asos: 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Prezident farmoni / manba).

Ikkinchisi. Agar yangi oy vaqtliroq ko’rinib, Ramazon oyi 29 kun davom etsa, unda Ramazon Hayiti 21-aprel, Juma kuniga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda dam olish kunlarida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin. O’zgarish qanday bo’lishi hozircha noma’lum, bunda ham 2 xil variant bor:

a) dushanbadagi dam olish kunlarini to’liq bekor qilib, shunchaki shanba kunini 6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish deb e’lon qilishadi. Natijada Juma, shanba va yakshanba 3 kun dam olish kuni bo’ladi;

b) dushanbadagi dam olish kunlarini saqlagan holda shanba kunida 6 kunliklar uchun yana bitta qo’shimcha dam olish kuni berishadi. Natijada Juma, shanba, yakshanba va dushanba 4 kun dam olish kuni bo’ladi.

Demak, barchasi Ramazon Hayiti kuniga bog’liq. Buning uchun esa Musulmonlar idorasining fatvosini kutishimiz kerak.

Muallif: Xushnudbek Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
8.1K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:01:17Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
2.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:00:52 #Psixolog_maslahati
#Dunyo_tajribasi

DARSGA XALAQIT BERADIGAN, O‘QITUVCHINI BEHURMAT QILADIGAN BOLALAR BILAN QANDAY MUOMILA QILISH KERAK?

Biz ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarni koyishi, tahqirlaydigan so‘zlar ishlatishi haqida gapiramiz. Tanganing ikkinchi tomonini esa ko‘rmaganga olamiz. Ya’ni, pedagoglarning ish faoliyatiga xalaqit beradigan o‘quvchilar ham borligi haqida ko‘pincha lom-mim demaymiz.

Xo‘sh, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan haqoratomuz gaplar ortida aslida nima yashiringan? O‘smirlarning qo‘rsligiga qanday munosabat bildirish lozim?..

Psixologlar tilida bulling deb ifodalanadigan bu holatga doir savollarga javob topish uchun dunyo psixologlarining fikrini o‘rgandik.

Batafsil telegrafda o‘qing.
3.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:00:36 Мактаб директорларини лавозимга тайинлаш тизими ўзгартирилиши кутилмоқда
 
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан мактаб директорларини лавозимга тайинлаш ва умумтаълим муассасаларини замонавий билимли раҳбар кадрлар билан таъминлаш мақсадида қатор амалий ишлар олиб борилмоқда.
Хусусан жорий йил давомида мактабгача ва умумий ўрта таълим ташкилотлари директорларини лавозимга тайинлаш жараёнини ҳудудий мактабгача ва мактаб таълими бошқармалари томонидан танлов асосида ташкил этиш бўйича тегишли ҳуқуқий ҳужжат лойиҳаси тайёрланмоқда.

Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
3.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-04-17 16:59:14
#Tezkor
9-11-sinflarga 2022-2023-oʻquv yili uchun imtihon javoblarini hoziroq yuklab oling!

Tarix
Fizika
Kimyo
Rus tili
Ingliz tili
Biologiya
Geografiya
Informatika
Matematika

Boshqa fanlarni yuklash
https://t.me/+LiOt5sqe34RiMjEy
https://t.me/+LiOt5sqe34RiMjEy
6.3K views13:59
Ochish/sharhlash