Get Mystery Box with random crypto!

KO‘ZI OJIZ PEDAGOG XODIMLAR UCHUN IMTIYOZLAR Men maktabda on | ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ХОДИМЛАРИ УЧУН

KO‘ZI OJIZ PEDAGOG XODIMLAR UCHUN IMTIYOZLAR

Men maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Ko‘rish bo‘yicha 1-guruh nogironiman. Qonunchilikda nogironligi bor shaxslar, jumladan o‘qituvchilar uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jumladan quyidagi imtiyozlari mavjud:

Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar dars beradigan maktabda har 2 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun 1,0 birlik tarjimon – kotiba lavozimi kiritilgan.
Maktabda 1 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi ishlagan hollarda1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritilgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar 30 kalendar ish kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili olishga haqli.
Mehnat ish haqiga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar har 2 yilda bir marta nogironlik nafaqasini qayta hisoblatish huquqiga ega.
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar umumiy qabulning 2% miqdorida kvota asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi. Xususan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan I-II guruh abituriyentlar 5 balli baholash tizimida og‘zaki imtihon olish tartibida o‘qishga qabul qilinadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar kasallik toifasiga ko‘ra har 6 oyda yo‘llanma asosida bepul sog‘liklarini tiklashlari ko‘zda tutilgan.
I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, ko‘zi ojiz insonlar yetaklovchisi bilan birgalikda jamoat transportidan bepul foydalanishadi.
Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning nogiron farzandlari nodavlat ta’lim tizimida o‘qisa, uning ta’lim harajatlari bazaviy stavkaning 50 barobarigacha bo‘lgan qismi subsidiya asosida qoplab beriladi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga sinov muddatisiz qabul qilinadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat muassasalarida kvotalangan ish o‘rinlari yaratiladi. Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari