Get Mystery Box with random crypto!

Amerika Ovozi

Telegram kanalining logotibi voauzbek — Amerika Ovozi A
Telegram kanalining logotibi voauzbek — Amerika Ovozi
Kanal manzili: @voauzbek
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.44K
Kanalning ta’rifi

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali
Sayt: www.amerikaovozi.com
Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi
YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi
Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek
Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 19:17:43
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Irpinda qayta ta’mirlangan maktabni borib ko’rdi. 1-sentabr, 2022.

Mart oyida Rossiya hujumiga uchragan maktab yangi o’quv yiliga qayta ta’mirlandi. Maktabda 1300 o’quvchi o’qiydi.

Rasmiylarga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 2199 ta ta’lim muassasasi hujumga uchragan, ulardan 225 tasi butunlay vayron bo’lgan.

Mamlakatdagi 23 000 ta maktabning qariyb yarmi - 51 foizi favqulodda vaziyatlar uchun bunker bilan ta’minlangan.
802 views16:17
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:34:19
Ispaniyada o'tgan "pomidor jangi" festivali.

Tadbirda qatnashgan 15 ming ishtirokchi 130 tonna pomidor bilan "qurollangan".

Global pandemiya tufayli ikki yil bekor qilingan "Tomatina" festivali Ispaniya shaharlariga yana qaytgan. An'anaga aylangan festival 75-marta o'tkazilmoqda.

Dunyoning ayrim mintaqalarida ocharchilik hukmronlik qilar ekan, bu isrofgarchilik har yili keskin tanqidlarga uchraydi.
945 views15:34
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:32:03
Qozog'iston rahbari Qosim-Jo'mart To'qayev 1-sentabr kuni parlamentdan turib xalqqa murojaat qilar ekan, mamlakatda navbatdan tashqari prezident saylovi o'tkazilishini e'lon qildi.

"Adolatli Qozog'istonni tuzish yo'lidagi tub va kompleks islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqning yangi ishonch mandati lozim. Men uchun davlat manfaatlari ustuvor. Shuning uchun ham, o'z vakolat davrimni qisqartirib, navbatdan tashqari prezident saylovini boshlashga tayyorman", - dedi To'qayev.

Uning tavsiyasiga ko'ra, prezident yetti yillik yagona muddatga saylanishi va davlat rahbarligi uchun qayta nomzodini qo'ymasligi kerak. To'qayev bu taklif joriy etilsa, hokimiyat monopollashuvi ehtimoli sezilarli darajada qisqarishini ta'kidladi.

Qozog'istonning amaldagi qonunlariga ko'ra, mamlakat prezidenti besh yilga saylanadi. Ketma-ket ikki muddatdan ziyod o'z lavozimida qolishi mumkin emas.

To'qayev prezidentligining birinchi muddati 2024-yilda tugashi kerak edi.
837 views15:32
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:59:17
Xalqaro hayot - 31-avgust, 2022-yil (Video)

- SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachev 91 yoshda vafot etdi
- Xalqaro inspektorlar Ukrainada. Atom inshooti yana o'qqa tutilgan
- Eron yadro dasturiga oid xalqaro bitim jonlanishiga umid bormi?
- Suriyaning "Al-Hol" lageridagi reydda Daishga bog'liq 75 dan ziyod odam ushlandi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-aug31/6724353.html
1.0K views19:59
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:01:36
Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, SSSR ning so'nggi va yagona prezidenti Mixail Gorbachyov 30-avgust oqshomida vafot etdi. 91 yoshli sobiq rahbar uzoq muddatdan beri shifoxonada muolaja olayotgan edi.

Gorbachyov sobiq ittifoqda yangicha siyosat va islohot yuritgan, "sovuq urush"ni qon to'kmay yakunlashga hissa qo'shgan, so'z erkinligi va oshkoralikka yo'l ochgan, shu tariqa, SSSR ning tarqalishiga sababchi bo'lgan edi.

Gorbachyov 54 yoshida - 1985-yilda KPSS Markaziy qo'mitasi Bosh kotibligiga saylangan edi. U ittifoqda ilk bor "Qayta qurish" nomi bilan yirik masshtabli demokratik islohotlarni boshlagan edi.
1.1K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:00:06
Braziliyada 65-Xalqaro rodeo festivali o'tdi. San-Paulu shtati, 28-avgust, 2022.
359 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-08-31 01:00:00
Argentinada uyg'urlar ishi bo'yicha jinoiy ish ochilishi mumkin

Myunxenda joylashgan Jahon uyg'urlari kongressi va Vashingtondagi Uyg'ur Inson huquqlari loyihasi 16-avgust kuni Argentinaning Buenos-Ayres federal jinoiy sudiga Xitoy rasmiylarini genotsidda, uyg'urlar va boshqa turkiy musulmon etnik guruhlar ustidan insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblovchi ish ochishni so’rab murojaat qildi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6722606.html
825 views22:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 22:44:27
Afg’onistonda Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Muhammad Yoqub Mujohid Kobuldagi matbuot anjumanida Tojikiston va O‘zbekistondan mamlakatga tegishli vertolyotlarni qaytarishni so’ragan. Tolibon rasmiysi bu vertolyotlar afg‘onlarning mulki ekanini yana bir bor bildirgan. Bu haqda “Tolo News” axborot agentligi xabar qilgan.

Toliblar Afg’onistonda hokimiyatni qo’lga olar ekan, minglab afg’on harbiylari mamlakatni tashlab chiqqan edi. Ularning ko'pi harbiy samolyot va vertolyotlarda O’zbekiston va Tojikistonga qochib o’tgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, avvalgi hukumat qulashi ortidan Tojikiston va O'zbekistonga 60 dan ortiq havo texnikasi olib o’tilgan.

Vashington esa avvalgi ma'muriyatga berilgan harbiy texnikaning hech biri Tolibon qo’liga topshirilmasligini e'lon qilgan.
796 views19:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 22:04:49
Xalqaro hayot - 30-avgust, 2022-yil

- Bag'dodda Muqtada al-Sadr tarafdorlari hukumat markazini tark etishdi
- Yevropa Ittifoqi rossiyaliklarni Shengen vizasidan mahrum qilishi mumkinmi?
- Pokistonda jala va toshqindan zarar kamida 10 milliard dollarda baholanyapti

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-aug30/6722893.html
721 views19:04
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:40:20
Olimlar dinozavr qoldiqlari ustida ishlamoqda. Pombal, Portugaliya.

Dinozavr suyaklari birinchi bor 2017-yilda topilgan. Mahalliy bir fuqaro o’z xususiy yerida qurilish ishlari olib borayotganda duch kelgan.

Paleontologlarning bildirishicha, dinozavrning uzunligi taxminan 25 metr keladi. Taxminan 145 million yil avval yashagan. O'simliklar bilan oziqlangan.
787 views17:40
Ochish/sharhlash