Get Mystery Box with random crypto!

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, SSSR ning so'nggi va | Amerika Ovozi

Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, SSSR ning so'nggi va yagona prezidenti Mixail Gorbachyov 30-avgust oqshomida vafot etdi. 91 yoshli sobiq rahbar uzoq muddatdan beri shifoxonada muolaja olayotgan edi.

Gorbachyov sobiq ittifoqda yangicha siyosat va islohot yuritgan, "sovuq urush"ni qon to'kmay yakunlashga hissa qo'shgan, so'z erkinligi va oshkoralikka yo'l ochgan, shu tariqa, SSSR ning tarqalishiga sababchi bo'lgan edi.

Gorbachyov 54 yoshida - 1985-yilda KPSS Markaziy qo'mitasi Bosh kotibligiga saylangan edi. U ittifoqda ilk bor "Qayta qurish" nomi bilan yirik masshtabli demokratik islohotlarni boshlagan edi.