Get Mystery Box with random crypto!

Amerika Ovozi

Telegram kanalining logotibi voauzbek — Amerika Ovozi A
Telegram kanalining logotibi voauzbek — Amerika Ovozi
Kanal manzili: @voauzbek
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.44K
Kanalning ta’rifi

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali
Sayt: www.amerikaovozi.com
Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi
YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi
Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek
Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-27 04:10:00
Qoraqalpog'istondagi voqealarga Rossiyaning aloqasi (Video)

Sharhlovchi Erjan Turg’umboyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Qoraqalpog’iston voqealaridan ko’zlangan maqsad Mirziyoyev hokimiyatini tizginga solish bo’lgan.

https://www.amerikaovozi.com/a/6717783.html
896 views01:10
Ochish/sharhlash
2022-08-27 01:00:00
Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida NATO va Yevropa Ittifoqi a'zosi Latviya sovet davriga tegishli yodgorlikni qulatdi. Riga, 25-avgust, 2022.

1985-yilda o'rnatilgan 79 metrli yodgorlik Latviyada Kreml tarafdorlari bo'lgan kam sonli rus fuqarolari yig'iladigan namoyishlar markaziga aylanib qolgan edi.

Latviya parlamenti joriy yilning noyabriga qadar sovet davriga oid barcha yodgorliklarni olib tashlashga ovoz bergan.
928 views22:00
Ochish/sharhlash
2022-08-26 22:58:55
AQSh Markaziy qo'mondonligi 25-avgust kuni Suriyada Eron dastaklayotgan jangari guruhlarga berilgan havo zarbalari videosini taqdim etdi.

Bu guruhlar 24-avgust kuni Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan AQShning ikki harbiy obyektiga raketa zarbalarini bergan.
Bunga javoban AQSh kuchlari raqibning yettita raketa otishga mo'ljallangan punktlarini yo'q qilgan. To'rt nafar jangari halok bo'lgan.
886 views19:58
Ochish/sharhlash
2022-08-26 22:26:46
O'rtacha sof maosh bo'yicha global reytingda O'zbekiston 106 mamlakat ichida 96-pog'onada. Reytingni Numbeo loyihasi taqdim etgan.

Unga ko'ra, O'zbekistonda o'rtacha maosh 278 AQSh dollariga teng. Bu MDH davlatlari orasida qayd etilgan eng past ko'rsatkichdir.

O'rtacha sof maosh Rossiyada 846, Belarusda 481, Qozog'istonda 419, Ozarbayjonda 338 dollarga teng. Markaziy Osiyodan Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

Reytingda o'rtacha 5973 dollar maosh bilan Shveysariya yetakchilik qilmoqda. So'nggi o'rinni 144 dollar maosh bilan Shri-Lanka egallagan.
1.6K views19:26
Ochish/sharhlash
2022-08-26 22:02:24
Xalqaro hayot - 2022-yil, 26-avgust (Video)

- Ukrainadagi temir yo'l vokzaliga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 25 ga yetdi;
- Zaporojye atom elektr stansiyasi tarixda ilk bor elektr tarmog'idan uzilib qoldi;
- Latviyada sovet yodgorligi yo'q qilindi;
- Turkiya-Rossiya hamkorligi kengaymoqda;
- Eron harbiy dronlarni sinovdan o'tkazdi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6718179.html
864 views19:02
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:50:01
Dnepropetrovsk viloyatida Rossiya raketalari zarbasiga uchrab, yonib bitgan poyezd. 25-avgust, 2022.

Ukraina Mustaqilligi kunida Chaplin shahrida temir yo'l bekati Rossiya hujumiga uchradi. Moskva Ukraina askarlarini nishonga olganini, 200 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi yo’q qilinganini bildirgan. Kiyev rasmiylari esa kamida 25 odam, jumladan, ikki bola halok bo’lganini, yana 31 odam jarohat olganini ma’lum qilgan.
995 views14:50
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:40:50 https://www.amerikaovozi.com/a/6717822.html
971 views13:40
Ochish/sharhlash
2022-08-26 04:00:04
Pokistonda kuchli yomg’ir va suv toshqini davom etmoqda. Oqibatda, o'tgan oydan beri 900 dan ortiq odam halok bo’lgan. Hukumat xalqaro hamjamiyatdan yordam so’ramoqda. Panjob, 25-avgust, 2022.
1.1K views01:00
Ochish/sharhlash
2022-08-26 01:00:00
Texas shtatida 113 million yil avval yashagan dinozavr izlari topildi. 24-avgust, 2022.

Qadimgi izlar daryo va o't-o'lanlar qurishi ortidan suv osti hududida ko'rinib qolgan. Nodir topilma dunyoda yakka dinozavr bosib o'tgan eng uzoq masofali iz sifatida qayd etilgan.
1.1K views22:00
Ochish/sharhlash
2022-08-25 21:30:00
Xalqaro hayot - 25-avgust, 2022-yil (Video)

- Rossiyaning Ukrainadagi urushi oqibatlari
- AQSh Ukrainaga qo'shimcha harbiy yordam ajratdi
- BMT inson huquqlari idorasi uyg'urlar bo'yicha hisobotni 31-avgustda chop etadi
- Pokistonda Imron Xonning hibsga olinishi bir haftaga kechiktirildi
- Tolibon Zavohiriyning jasadi topilmaganini bildirdi

https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-aug25/6716620.html
993 views18:30
Ochish/sharhlash