Get Mystery Box with random crypto!

Amerika Ovozi

Telegram kanalining logotibi voauzbek — Amerika Ovozi A
Telegram kanalining logotibi voauzbek — Amerika Ovozi
Kanal manzili: @voauzbek
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.44K
Kanalning ta’rifi

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali
Sayt: www.amerikaovozi.com
Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi
YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi
Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek
Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 20:06:17
AQShning ikki harbiy kemasi Tayvan bo‘g‘ozidan suzib o‘tdi.

Vashington rasmiylari kemalar hech bir davlatning hududiga daxl qilmaganini, bu xalqaro qoidalarga zid emasligini bildirgan.

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan keyin Xitoy bo’gozda harbiy mashg’ulotlar o’tkazgan edi.

Pekin orolni o'z hududi deb biladi. Kengligi 160 kilometr boʻlgan boʻgʻoz Tayvanni Xitoydan ajratib turadi.
790 views17:06
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:28:10
Iroqda shia musulmonlarining nufuzli yetakchisi Muqtada al-Sadr tarafdorlari va hukumat askarlari bilan to’qnashuvlarda 23 kishi halok bo'ldi, yuzlab odam yaralandi.

Muqtada al-Sadr 29-avgust kuni siyosatdan ketishini ma'lum qilgan. U o'z qarorini mamlakatda siyosiy islohotlar o'tkazish bo'yicha taklifini hukumat inobatga olmagani bilan izohlagan.

Shundan so’ng uning tarafdorlari va hukumat askarlari o’rtasida to’qnashuvlar boshlanib ketgan.

Al-Sadr o'z tarafdorlaridan otishmani to’xtatishni va hududni tark etishni so’ragandan so’ng, odamlar tarqala boshlagan.

Sadr va uning shia raqiblari o'rtasidagi nizolar tufayli Iroq uzoq vaqt hukumatsiz qolmoqda. Garchi Sadr bloki oktabr oyida o'tgan saylovlarda birinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, Eron ta'siridagi raqiblari unga sodiq hukumat tuzish imkonini bermadi. Sadr iyun oyida partiyadosh qonunchilarni ortga chaqirib oldi.

Shundan so'ng Sadr tarafdorlari parlament binosini egallab olib, yangi prezident va bosh vazir saylashga imkon bermayapti.
782 views16:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:00:29
Ukraina tomonidagi chechen jangchilar harbiy mashg‘ulotdan o‘tmoqda. Kiyev, Ukraina. 27-avgust, 2022.

Mashg‘ulotlardan so‘ng jangchilar frontga yo‘l oladi.

Checheniston hukumati urushda Moskvani qo’llab-quvvatlamoqda. Yana boshqa bir guruh jangchilar esa Kiyev tomonda.

Rossiyadan mustaqillik uchun kurashgan Chechenistonning marhum rahbari Joxar Dudayevga sodiq odamlar "Dudayev batalyoni"ni tuzgan. Ular hukumat askarlariga qarshi. Aksariyati g’arbiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan.

Kiyev rasmiylariga ko’ra, chechen batalyoni hozirda bir necha yuz nafar ko'ngillilardan iborat.

Trenerlar orasida Chechenistondagi urushda ishtirok etgan harbiylar ham bor.

Rossiya Checheniston mustaqillikka erishmasligi uchun hududda urush olib borgan.

Birinchi mojaro 1994 yilda, Sovet Ittifoqi parchalanganidan uch yil o'tib boshlangan.

10 yil davom etgan ikkinchi mojaro esa Rossiya qo'shinlarining Checheniston poytaxti Grozniyni yer bilan yakson qilishi bilan yakunlangan.
836 views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:30:00
Rossiya kuchlari Xarkov shahriga kamida beshta raketa zarbasini berdi. Natijada, viloyat ma'muriyati binosiga jiddiy zarar yetgan. Qurbonlar qayd etilmagan. 29-avgust, 2022.

Mahalliy aholi ayrim xonadonlar va maktab binosiga zarar yetganini bildirmoqda. Shahar markazidagi ochiq hududga tushgan raketa besh metrli keng chuqurlikni yuzaga keltirgan.
790 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:53:09
Ukraina mudofaasi yo'lida jon bergan askar Roman Barvinok tobuti ustida yig'layotgan ona. Kiyev, 28-avgust, 2022.

Rossiya qo'shinlari 28-avgust tongida Zaporojye atom elektr stansiyasi yaqinidagi hududlarga raketa zarbalarini berdi.

Ukraina rasmiylari stansiyaning o'zi nishonga olinishidan, oqibatda radiatsiya katta talafot keltirishidan jiddiy xavotirda.

Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/ukraine-nuclear-security/6721281.html
824 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:51:45
Harbiy vertolyot ekipaji toshqinda qolib ketgan fuqaroni qutqardi. Pokiston, 28-avgust, 2022.

Shiddatli yog'ingarchilik ortidan yuz bergan toshqin mamlakatning shimoli va janubida yirik talafotlarga sabab bo'ldi. Mingdan ziyod odam halok bo'ldi. 30 milliondan ziyod aholi jabr ko'rdi.

Pokiston tashqi ishlar vazirligi 28-avgust kuni mamlakatda muammoni hal etish va rekonstruksiya uchun xalqaro moliyaviy yordam kerakligi haqida bayonot berdi.
821 views13:51
Ochish/sharhlash
2022-08-29 21:07:52 https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-aug29/6721274.html
1.0K views18:07
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:30:01
Ukraina urushi yillarga cho‘zilishi mumkin

Ukraina Rossiyaning ichki zaxiralari tugashiga, Rossiya esa G’arb Ukrainani qo’llashdan to’xtashiga umid qilmoqda.

https://www.amerikaovozi.com/a/6720210.html?fbclid=IwAR2oSFG0HhPAYBay8-b2Z9m5Rc26T9qGRqk5D1dJ_ykUobrBbeSP53z9kBI
1.2K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:00:06
Uyg’urlar bo’yicha BMT hisoboti ommaga ko’rsatiladimi?

AQSh hukumatiga ko’ra, Xitoy “Shinjon yuzasidan global muhokamalarni manipulyatsiya qilish, uyg’urlarga nisbatan davom etayotgan genotsid va boshqa jinoyatlar haqida xabar berayotgan mustaqil manbalarni badnom qilish bilan band”.

https://www.amerikaovozi.com/a/6719257.html?fbclid=IwAR3N5yT5cQxXgQE3Z7BtPS3hroJi2TsjSyJesxMJY0XDbyf_iJMVwrxYCa0
1.1K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:00:09
Rossiya Eron bilan yaqinlashmoqda

Eron hukumati Ukrainaga qarshi hujumda qo’llash ehtimoliga ega yuzlab dronlarni Rossiyaga yetkazib berishga hozirlanmoqda.
1.1K views08:00
Ochish/sharhlash