Get Mystery Box with random crypto!

Afg’onistonda Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Mu | Amerika Ovozi

Afg’onistonda Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Muhammad Yoqub Mujohid Kobuldagi matbuot anjumanida Tojikiston va O‘zbekistondan mamlakatga tegishli vertolyotlarni qaytarishni so’ragan. Tolibon rasmiysi bu vertolyotlar afg‘onlarning mulki ekanini yana bir bor bildirgan. Bu haqda “Tolo News” axborot agentligi xabar qilgan.

Toliblar Afg’onistonda hokimiyatni qo’lga olar ekan, minglab afg’on harbiylari mamlakatni tashlab chiqqan edi. Ularning ko'pi harbiy samolyot va vertolyotlarda O’zbekiston va Tojikistonga qochib o’tgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, avvalgi hukumat qulashi ortidan Tojikiston va O'zbekistonga 60 dan ortiq havo texnikasi olib o’tilgan.

Vashington esa avvalgi ma'muriyatga berilgan harbiy texnikaning hech biri Tolibon qo’liga topshirilmasligini e'lon qilgan.