Get Mystery Box with random crypto!

Qozog'iston rahbari Qosim-Jo'mart To'qayev 1-sentabr kuni parl | Amerika Ovozi

Qozog'iston rahbari Qosim-Jo'mart To'qayev 1-sentabr kuni parlamentdan turib xalqqa murojaat qilar ekan, mamlakatda navbatdan tashqari prezident saylovi o'tkazilishini e'lon qildi.

"Adolatli Qozog'istonni tuzish yo'lidagi tub va kompleks islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqning yangi ishonch mandati lozim. Men uchun davlat manfaatlari ustuvor. Shuning uchun ham, o'z vakolat davrimni qisqartirib, navbatdan tashqari prezident saylovini boshlashga tayyorman", - dedi To'qayev.

Uning tavsiyasiga ko'ra, prezident yetti yillik yagona muddatga saylanishi va davlat rahbarligi uchun qayta nomzodini qo'ymasligi kerak. To'qayev bu taklif joriy etilsa, hokimiyat monopollashuvi ehtimoli sezilarli darajada qisqarishini ta'kidladi.

Qozog'istonning amaldagi qonunlariga ko'ra, mamlakat prezidenti besh yilga saylanadi. Ketma-ket ikki muddatdan ziyod o'z lavozimida qolishi mumkin emas.

To'qayev prezidentligining birinchi muddati 2024-yilda tugashi kerak edi.