Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim nazorati

Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati T
Telegram kanalining logotibi uztdi — Ta'lim nazorati
Kanal manzili: @uztdi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 90.73K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 197

2021-06-03 17:08:59
#Uzluksizlik_va_uzviylik

Jismoniy tarbiya fanining oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida jismoniy tarbiya fani uzluksiz taʼlim dasturlarining muhokamasi bo`yicha tashkil etilgan davra suhbati tafsilotlari.

Xabar: https://tdi.uz/news/861/

Youtubeda ko‘rish:



Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
12.3K views14:08
Ochish/sharhlash
2021-06-03 09:13:20
Tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlarining uzviylashtirilgan oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlari boʻyicha uzluksiz taʼlim dasturlarining muhokamasiga oid davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida tasviriy sanʼat va chizmachilik fanlarini oʻqitish boʻyicha fan dasturlarini takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Finlyandiya, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini singdirish va xalqaro tadqiqotlarga moslashtirish yuzasidan qator masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/862/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
13.2K views06:13
Ochish/sharhlash
2021-06-03 09:01:39
Ўзб: Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш Агентлиги директор ўринбосарлари Санжар Обидов ва Азимжон Хусанов Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетида ўзаро ҳамкорлик юзасидан учрашув ўтказдилар.

Очиқ мулоқот тарзида ўтган бугунги тадбирда хорижий тилларни ўрганишдаги муаммолар ва уларнинг ечимлари, шунингдек ушбу соҳани янги босқичда ривожлантириш, замон талабларига жавоб берадиган кадрлар малакасини ошириш каби кўплаб мавзуларда фикр ва мулоҳазалар алмашинилди.

Тез орада ҳар бир билдирилган таклифлар Агентлик мутахассислари томонидан ўрганилиб, тадбирлар режасига киритилиши ва тегишли ташкилотлар билан ҳамкорликда бажарилиши келишилиб олинди.

Агентлик фаолиятининг ҳам бир куни самарали тарзда ўтиши учун кўмак бераётган ҳар бир ҳамкор ташкилотларга ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.
Telegram | Instagram | Facebook |
11.4K views06:01
Ochish/sharhlash
2021-06-02 08:49:26
#Uzluksizlik_va_uzviylik

Jismoniy tarbiya fanini takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Joriy yilning 1-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida jismoniy tarbiya fani boʻyicha uzluksiz taʼlim dasturlarining muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Qayd etilishicha, jismoniy tarbiya fani boʻyicha ishchi guruh amaliyotchi olimlar va pedagoglar bilan hamkorlikda oʻrganishlar natijasiga koʻra, bugungi kunda mazkur fan boʻyicha takrorlangan mavzular 19 ta, uzviyligi taʼminlanmagan mavzular 29 ta, nazariydan amaliyga 9 ta, yangilanishi zarur mavzular 16 ta, olib tashlanadigan mavzular 1 ta, xalqaro tadqiqotlar boʻyicha kiritiladigan mavzular 56 ta, boshqa taʼlim turiga oʻtkaziladigani 15 ta ekanligi aniqlandi va dasturlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Batafil: https://tdi.uz/news/861/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
15.3K views05:49
Ochish/sharhlash
2021-06-01 19:55:06 PISA-2022 tajriba-sinovini o'tkazish bo'yicha O'zbekiston tajribasi

PISA 2022 Field Trial experience in Uzbekistan

PISA dasturida Salohiyatni rivojlantirish loyihasi (Core E)da ishtirok etayotgan davlatlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi boʻlib ushbu tajriba-sinov jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi

Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (ACER) tashabbusi bilan PISA – 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan xalqaro tadqiqotlari oldidan oʻtkazilgan tajriba-sinov jarayonlari boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi Hindiston, Salvador, Mongoliya kabi mamlakatlarga taqdimot qilingan edi.

Oʻzbekistonda PISA tajriba sinovining muvaffaqiyatli tashkil etilishini dunyo mamlakatlari bilan oʻrtoqlashishga bagʻishlangan onlayn vebinar boshqa mamlakatlarga tajribalarni oʻrgatish, muvaffaqiyatga erishish omillari, uchragan muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida fikr almashishga qaratilgan bo'lib, shuningdek, tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan videorolik namoyish qilingan edi.

Ushbu videorolikni ko'rish uchun https://bit.ly/3i5KSkg havolasi ustiga bosing.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
5.4K views16:55
Ochish/sharhlash
2021-06-01 17:06:22
ДИҚҚАТ!

Халқаро таълим экспертлари иштирокида Республика илмий-амалий конференцияси ташкил этилади

А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг илк халқаро илмий-амалий онлайн конференцияси “Халқ таълими ходимларини узлуксиз касбий ривожлантиришнинг долзарб масалалари” мавзусида ўтказилади.

Конференцияда Халқ таълими вазирлиги, Британия кенгаши, “Delivery Associates” халқаро таълим ташкилоти, UNICEF, АҚШнинг Шимолий Жоржия Университетидан халқаро таълим экспертлари, шунингдек, Республикадаги ҳудудий малака ошириш таълим муассасалари профессор-ўқитувчилари, бошқа таълим муассасалари ходимлари, илмий-услубий муассасалар мутахассислари, докторант ва мустақил изланувчилар анжуман мавзусига доир маърузалари билан иштирок этади.

Ўтказилиш куни: 2021 йил 4 июнь

Ялпи мажлис бошланиш соати: 10-00

ZOOM ҳаволаси https://deliveryassociates.zoom.us/j/97759531292

Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

Telegram |Facebook |Website|YouTube
8.0K views14:06
Ochish/sharhlash
2021-06-01 08:18:31
2021 йилнинг биринчи чорагида 802 та МТТ аттестациядан ўтказилди

2021 йил режасига асосан жорий йилнинг январ-март ойларида жами 802 та мактабгача таълим ташкилотлари аттестация жараёнларига жалб қилиниб, туман аттестация комиссиялари томонидан ташқи баҳолашдан ўтказилди ва хулосалари Таълим инспекцияси ҳузуридаги Аккредитация комиссиясига тақдим этилди.

Комиссия йиғилиш қарорига асосан 710 та мактабгача таълим ташкилотлари “аттестaциядан ўтди” ва аккредитацияланди, 92 таси эса “аттестaциядан ўтмади” деб эътироф этилди.

Батафсил: https://bit.ly/3p81rxr

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш
@sh_xujaqulov
11.0K views05:18
Ochish/sharhlash
2021-06-01 08:14:18
#Attestatsiya
#Maktabgacha_talim

2021-yilning birinchi choragida 802 ta MTT attestatsiyadan oʻtkazildi

2021-yil rejasiga asosan joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 802 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari attestatsiya jarayonlariga jalb qilinib, tuman attestatsiya komissiyalari tomonidan tashqi baholashdan oʻtkazildi va xulosalari Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etildi.

Komissiya yigʻilish qaroriga asosan 710 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari “attestatsiyadan oʻtdi” va akkreditatsiyalandi, 92 tasi esa “attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etildi.

Batafil: https://tdi.uz/news/859/

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
9.6K views05:14
Ochish/sharhlash
2021-06-01 08:14:02
В первом квартале 2021 года аттестовано 802 ДОО

Согласно плану графику на 2021 год, в январе-марте текущего года в процессе аттестации были задействованы 802 дошкольных образовательных организаций, проведена внешняя аттестация районными аттестационными комиссиями, а результаты представлены в Аккредитационную комиссию при Инспекции по образованию.

Решением заседания комиссии 710 дошкольных образовательных организаций «прошли аттестацию» и были аккредитованы, а 92 – признаны «не прошедшими аттестацию».

Подробно: https://tdi.uz/ru/news/860/

Официальные страницы Государственной инспекции по надзору за качеством образования
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
8.6K views05:14
Ochish/sharhlash
2021-06-01 08:03:32 O’zb: Ushbu so’rovnoma boshlang’ich sinf ingliz tili o’qituvchilarini (1-4 sinflar) malakasini oshirish bo’yicha tashkillashtirilayotgan intensiv o’quv kursining (trening) materiallarini ishlab chiqish uchun o’qituvchilarning ehtiyojlarini o’rganish maqsadida tuzildi.

Sizdan har bir savolga ochiq-oydin javob berishingizni iltimos qilamiz, zero kursning siz uchun foydali bo’lishi aynan javoblaringizga bog’liq.

Рус: Этот опросник разработан для того что бы понять существующие потребности и интересы учителей английского языка школ (1-4 классов) в их профессиональном развитии.

Пожалуйста ответьте на последующие вопросы искренне и максимально полностью для того, чтобы мы могли организовать наиболее подходящий и адаптированный под ваши потребности курс. https://docs.google.com/forms/d/1oAlKefU3WTXe6ZaWytJaVNiFDlf90J5QsIGBpj6nhnY/edit
9.4K views05:03
Ochish/sharhlash