Get Mystery Box with random crypto!

PISA-2022 tajriba-sinovini o'tkazish bo'yicha O'zbekiston tajr | Ta'lim nazorati

PISA-2022 tajriba-sinovini o'tkazish bo'yicha O'zbekiston tajribasi

PISA 2022 Field Trial experience in Uzbekistan

PISA dasturida Salohiyatni rivojlantirish loyihasi (Core E)da ishtirok etayotgan davlatlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi boʻlib ushbu tajriba-sinov jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi

Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (ACER) tashabbusi bilan PISA – 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan xalqaro tadqiqotlari oldidan oʻtkazilgan tajriba-sinov jarayonlari boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi Hindiston, Salvador, Mongoliya kabi mamlakatlarga taqdimot qilingan edi.

Oʻzbekistonda PISA tajriba sinovining muvaffaqiyatli tashkil etilishini dunyo mamlakatlari bilan oʻrtoqlashishga bagʻishlangan onlayn vebinar boshqa mamlakatlarga tajribalarni oʻrgatish, muvaffaqiyatga erishish omillari, uchragan muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida fikr almashishga qaratilgan bo'lib, shuningdek, tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan videorolik namoyish qilingan edi.

Ushbu videorolikni ko'rish uchun https://bit.ly/3i5KSkg havolasi ustiga bosing.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram