Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini | Ta'lim nazorati

Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini rejalashtirilmoqda

2024-yilning birinchi yarimda oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha onlayn repetitsiyalar 10-mart sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Attestatsiyaning asosiy sinovlari esa mart oyining oxirida, bahorgi taʼtil paytlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Aniq jadval 10-mart sanasiga qadar eʼlon qilib boriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev onlayn muloqot davomida ham maʼlumot bergan edi.

Onlayn repetitsiyalar va test sinovlari oʻtkazish jadvali kanalimiz (@uztdi)da eʼlon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali