Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar uchun muhim eslatma! Xabaringiz bor, joriy yiln | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Xabaringiz bor, joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Attestatsiya sinovlarining shaffof va adolatli boʻlishini taʼminlash, turli qonun buzilish holatlarni oldini olish maqsadida vazirlikning korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabar beruvchi maxsus bot tashkil etilgan.

Hurmatli pedagoglar! Agar sizdan:

attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishingiz va malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirishayotgan;
sinov testlarini olib berish evaziga pul talab qilishayotgan boʻlsa,
mazkur bot orqali bizga xabar bering!

Unutmang, siz ziyoli qatlam, shu bilan birga kelajak avlod yaratuvchilar vakilisiz. “Xolis” insonlar koʻmagiga ishonib, oʻzingiz va kasbiy obro‘yingizga xavf tugʻdirmang.

Faqatgina oʻz bilim va malakangizga tayaning!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram