Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish davom etmoqda! Nizomnin | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish davom etmoqda!

Nizomning 8-10-bandlarida: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikat"lar rasmiylashtirildi.

Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin!

Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

P.S Nizomning 8-10-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 31 dekabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning (https://pedkadr.uzedu.uz/) rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt