Get Mystery Box with random crypto!

Uyqu mashgʻuloti

Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqu mashgʻuloti U
Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqu mashgʻuloti
Kanal manzili: @uyqumashguloti
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.83K
Kanalning ta’rifi

Mashg'ulot haqida toʻliq ma'lumot: @uyqu_manager
Yana bir kanalimiz: @Saranjom_beka

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-05-19 18:08:21 Agar Siz yangi ota-ona bo'lsangiz va bola uchun nima eng muhimi ekanligini bilmayotgan bo'lsangiz, bugungi mavzuyimiz aynan Siz uchun. Reaksiyalarni va do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang, zero bu biz uchun muhim

Bugun biz chaqaloqlar va umuman olganda, yosh bolalar uchun eng muhim omil UYQU haqida yozamiz.

Bola dunyoga kelar ekan, ota-onalarni eng havotirli savoli "endi qanday uxlataman" bo'ladi...

Xo'sh, rostdan ham chaqaloqni qanday uxlatgan ma'qul?

Dastlabki oylarda xohlaganingizcha!  Xohlang emizib, xohlang aravacha-yu beshiklarda, xohlang oyoq yoki qo'lda asta tebratib... Qaysi usul siz va chaqaloq uchun qulay bo'lsa, shunday uxlating. Bu vaqtda siz e'tibor qaeatishingiz lozim bo'lgani bu qanday uxlatish emas, balki uxlash tartibi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, odatda, emib uxlab qolishadi va bu Ona uchun ham juda qulay. Bu usulni 10 haftagacha davom ettirishning ziyoni yo'q. Ammo undan keyin hech bo'lmaganda bir mahal uyqusini noodatiy tarzda, ya'ni o'z krovatchasida o'tkazishiga qo'yib bering va shunga odatlantiring.
4-oydan so'ng esa odatiy usullaringizdan voz kechgan holda bolakayni boshqacharoq uxlatishga, silab, orqasini silab, yelkasiga ohista urib yoki biror sokin musiqa ostida uxlatishga harakat qiling. Bolada mana shu bir ikki doimiy takrorlanib turuvchi  harakatlar orqali keyinchalik uxlash normasini o'zgartirishingiz mumkin.

Bolakayga iloji boricha hech qanday bog'lanishlar(emib uxlash, beshikda yoki belanchakda tebratish, qo'lda yoki oyoqda qimirlatish)siz uxlashni o'rgating. Bu Siz va bola uchun muhim, bu sog'lom va ekologik uyqu uchun muhim!!!

Bolakayga mustaqil uyquni o'rgatishga shoshilmang, bizning reklamalarimizda keltiriladigandek 3 oyga to'lishini kuting. Agar shunda ham ishonchingiz komil bo'lmasa, dastlab uyqu vaqtlari yordamida eski usulda uxlatishga harakat qiling. Uyqu vaqtlarini har doim bir vaqtda bo'lishiga e'tibor qarating, shunda o'z-o'zidan bolakayda uyqu rejimi paydo bo'ladi. Keyinchalik esa uyqu vaqti kelganda, bola yordamingizsiz ham uxlashga tayyor bo'ladi.  Bolani ertalabki va kechki uyqu rituallari bo'lsin. Rituallar doimiy va takrorlanib turganidagina bolakayning orom uyqusi uchun o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsata oladi

@Uyqumashguloti
4.5K views15:08
Ochish/sharhlash
2023-05-19 07:27:57
Komil inson tarbiya qilish uchun avvalo ruhiyati barqaror va hotirjam Ona, keyin esa tinch oila muhiti zarur.

Assalomu alaykum, Qadrlilarim!

Juma ayyomingiz muborak bo'lsin.
Muborak kuningiz hayr va barokotga to'la bo'lsin.

@uyqumashguloti
5.0K viewsedited  04:27
Ochish/sharhlash
2023-05-18 19:35:32 Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uni ba'zi muammochalar bezovta qila boshlaydi, lekin bu muammochalar Ona uchun haqiqiy kattagina muammo - UYQUSIZLIKni keltirib chiqaradi. Farzandingiz 4 oylik bo'ldi, qorin dam bo'lishi va uyqu bilan bog'liq muammolar bartaraf bo'lganidan xursandsiz. Lekin vaqt o'tishi bilan bu hotirjamligingiz uzoqqa cho'zilmadimi?

Bolakayning kunduzgi va tungi uyqulari juda qisqa va tartibsiz, tunlari ko'p uyg'onmoqda va oziqlanishni talab qilmoqda, avvalgidanda ko'proq sizga "yopishib" qolgan...mi? Shosha-pisha bolalar shifokori oldiga yugurib bordingiz, ammo bola sog'lommi? Unda tabriklaymiz va Sizga ulkan sabr tilaymiz : farzandingizda UYQU REGRESSIYASI boshlanibdi. Regress 2 haftadan - 6 haftagacha davom etadi,(ko'p hollarda 2 hafta).


Uyqu regressiyasi, odatda, 4-oyning 14-17-haftalarda boshlanadi. Chunki bu vaqtda bola organizmida jismoniy va nevrologik o'zgarishlar bo'ladi. 3-4 oylikda bolada uyqu strukturasi o'zgara boshlaydi, avvalgidan farqli ravidhda bolakay endilikda xuddi kattalardek siklli uyquga o'tadi. Ularda "chuqur uyqu" rivojlana boshlaydi, lekin shu bilan bir vaqtda bola uyqu sikllari oralig'ida tez-tez uyg'onishni boshlaydi. Aslida bu holat kattalarda ham bo'ladi, lekin kattalar chaqaloqlardan farqli o'laroq, sikllar oralig'odagi uyg'onishlardan so'ng tezda uyquga ketishadi. Chaqaloqlarda esa bunday qobiliyat hali shakllanmagan, yana uyquga ketish uchun esa ularga yordam kerak, shu sababdan ham bu vaqtda ular tunda ko'p uyg'onadilar va oziqlanishni talab qiladilar.


4 oylik chaqalaoqlarda uyqu regressiyasi qanday namoyon bo'ladi:
Bolakay kam uxlay boshlaydi - qisqa kunduzgi uyqular, tunda oziqlanish uchun ko'p uyg'onish natijasida;
Kuni bilan injiqliklar qiladi, ko'p g'ingshiydi, chunki u uyquga to'ymayapti, bular barchasi organizm signali;
Yanada ko'proq erkalashlarini, quchoqlab, o'pishlarini talab qiladi. Onasiga "yopishib qoladi", bir daqiqaga bo'lsa-da ayrilishni xohlamaydi. U o'zidagi noqulaylikni onaning mehri bilan bartaraf etishni xohlaydi.
Bolaning ishtahasiga yaxshilanadi, ko'p emadi.

UYQU REGRESSIYASI vaqtida barcha noqulayliklarni bartaraf etish va uyqu rejimini doimgidek bir maromda qilishni hech ham iloji yo'q. Sizda yagona yo'l, bu vaqtning qiyin ekanligini tan olish va bolaga ruhiy-jismoniy yordam berish. Shundagina bu davrda kamroq talofot ko'rishingiz mumkin.

Uyqu regressiyasi bo'ladigan yoshlar:
4-5 oylik
7-9 oylik
12 oylik
~ 2,5 yosh

@uyqumashguloti
5.4K viewsedited  16:35
Ochish/sharhlash
2023-05-18 15:05:19
Aqlli bolaga aql berilsa nima boʻladi

t.me/uyqumashguloti
5.6K views12:05
Ochish/sharhlash
2023-05-18 14:57:16
Onalarning minnatdorchilik xatlari.

Sizga ham rahmat, Mehribon Onalar. Aslida, siz farzandingiz sog'ligi uchun eng katta qadamni qo'ydingiz. 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun sog'lom va tartibli uyqu - sog'lik garovi. Natijalaringiz bardavom bo'lsin. Farzandingiz sog'lom va barkamol inson bo'lib kamol topsin

Nodira Adhamova

@uyqumashguloti
4.7K views11:57
Ochish/sharhlash
2023-05-18 07:28:04
Bolalar oila a'zolari bir-birini sevmagan, hurmat qilmagan uyda yashamasligi kerak. Ular uchun tinch va osoyishta muhit juda muhim.

Anna Gavalda

Xayrli kun, Onajonlar. Farzandingiz uchun mehrga to'la, osoyishta muhit yaratish sizning qo'lingizgda

Payshanbangiz xayrli o'tsin

@uyqumashguloti
5.5K viewsedited  04:28
Ochish/sharhlash
2023-05-17 19:19:33 Bolaning aqlan va jismonan rivojlanishiga ko'p omillar ta'sir qiladi. Bulardan eng asosiysi - UYQU.

Uyqu rejimi to'g'ri tuzilgan bola o'z tengdoshlariga qaraganda anchagina aqlan kuchli bo'ladi.
Biz bilishimiz lozim bo'lgan narsa nima, bilasizmi?

Soat 21dan 24gacha organizm MELATONIN gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon:


Bolaning miyasiga "STOP" buyrug'ini beradi va uni uyqusi osuda bo'lishini ta'minlaydi. Bejizga melatoninni "uyqu gormoni" deyishmaydida.

Organizmni qayta kuchga to'lishini ta'minlaydi.

Bola kun davomida yig'gan ma'lumotlarni miyaga joylaydi.


Shunday ekan, aziz Onajonlar farzandingizga kun mobaynida o'rgatgan ma'lumotlaringiz uning miyasida muhrlansin, desangiz, uni UYQU REJIMIni to'g'ri tashkillang!
Agar bola yetarlicha melatonin qabul qilmasa,organizm KORTIZOL gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon esa organizmga salbiy ta'sir etib, bola uyqudan uyg'onganda, o'zini uyquga to'ymagandek xis qiladi va natijada, injiqlanadi, qaysarlik qiladi, sababsiz yig'layveradi.

Farzandim ham aqlan, ham jismonan sog'lom bo'lsin desangiz, UYQU REJIMIga e'tiborli bo'ling!

Biz esa bunda Sizga chin ko'ngildan yordam beramiz. Bizga murojaat qiling va farzandingizga orom uyqu hadya qiling

Murojaat uchun : @uyqu_manager

@uyqumashguloti
6.0K viewsedited  16:19
Ochish/sharhlash
2023-05-17 08:24:21
Bolalar sovg'alarni tez unutishadi. Lekin ota-ona bilan o'tkazgan vaqtlari ularning yodida butun umr qoladi.

Sherri Kempbell


Assalomu alaykum, Qadrlilarim.

Farzandlaringiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing. Ularni seving, mehr bering. Mehrga to'ygan, sevilgan, yanayam aniqrog'i, to'g'ri sevilgan farzand hissiy sog'lom inson bo'lib kamol topadi.

Kuningiz xayrli va barokotli o'tsin, Mehribon va jonkuyar Onalarim

@uyqumashguloti
3.2K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2023-05-16 20:14:56
Yana bir baxtli Onamizdan kelgan minnatdorchilik xati

@uyqumashguloti
4.9K views17:14
Ochish/sharhlash
2023-05-16 11:53:36 Assalomu alaykum, humatli Onajonlar

Nihoyat, bugun sizlarga so’z berganimizdek, harorat ko’tarilishi haqida ma’lumotlarga boy bo’lgan post taqdim etmoqchimiz.

Unda boshladik Asabi bo'shlar o'qimasin

Tana haroratining ko’tarilishi bu – organizmning himoya mexanizmi.

Organizmda o’z-o’zini himoya qilish mexanizmi bor. Ko’p hollarda tana haroratining ko’tarilishi bolada butun umrlik salbiy oqibatlarga olib kelmaydi. Bundan hotirjam bo’ling.

Bola tug’ilishi bilanoq aptechkada termometr va isitma tushiruvchi vositalar bo’lishi shart.

6 oylikkacha bo’lgan bolalarda isitma chiqadigan bo’lsa, 38,0 gradusgacha kutib turamiz, bundan 0,1 gradus oshsa ham, darrov davo choralarini ko’ramiz. 6 oylikdan katta bolalar uchun esa bu ko’rsatkich 39,0 gradus.

38,0 – 39.0 gradusgacha faqatgina bola o’zini yaxshi his qilsa, og’riqlar sezmasa kutishingiz mumkin. Agar bola harorati ko’tarilganida o’zini yaxshi his qilmayotgan bo’lsa, harorat gradusiga qarab o’tirmasdan darrov isitma tushirishga harakat qilamiz.

Bolalar uchun isitma tushiruvchi vositalarning eng yaxshi formasi bu – SIROPlar.

Nimaga svechalar emas, bilasizmi ?

1. Avvalambor, svechani yuborish bolaga unchalik ham yoqimli jarayon emas, ko’pchilik bolalarga bu yoqmaydi. Svecha tiqayotganda bola kuchanib tursa, ona qattiqroq harakat qilaman, deb bolaning terisiga ziyon yetkizib qo’yishi mumkin.

2. Dozaga bo’lish qiyin.

3. Isitma harorati yuqori bo’lganida, svechalar yaxshi so’rilmaydi va ta’siri bo’lmaydi.

4. Qabziyat (ich qotishi) va diareya vaqtida isitma ko’tarilsa, svecha ishlaish mumkin emas.

Instruksiya bo’yicha bola dori berayotganingizda tabiiyki, bolaning yoshiga qarab taqsimlaysiz. Aslida esa, bolaning yoshiga emas, bola og’irligiga qarab dozani tanlash kerak. Bu haqida keyinroq batafsil tushuntiramiz. Bu uchun ham alohida post qilamiz.

Ko’pchilik bola isistmasi chiqqanida, analgin+dimedrol+papaverin aralashamsidan ineksiya qilishlarini aytadi. Bunday aralashma AQSH va Yevropa mamlakatlarida ta’qiqlangan. Bu o’lim holatiga olib kelishi mumkin. Agranulositoz - qonda oqqontanachalari, ya’ni leykotsitlar miqdorining birdan kamayib ketishi bilan xarakterlanadi bu holat.

Papaverin esa qon tomir devorlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, arterial davleniyaning birdan tushib ketishiga yoki shok holatiga sabab bo’lib qolishi mumkin.

Papaverin o’rniga no-shpa ishlatishganining ham guvohi bo’lgansiz-a? No-shpa ham 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga mumkin emas.

Dimedrolga to’xtalsak. Bu prepart gemato-ensefalitik barerdan o’tib, to’g’ri bosh miyaga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham bolada uyquchanlik holati yuzaga keladi. Peredozirovka, ya’ni dozadan oshiq qollanilishi esa koma holatiga olib kelishi mumkin.

Nafas yo’llarida muammosi bor bo’lgan bemorlarga qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki shilliq qavatni quritish hususiyatiga ega.

Nimesil ham bolalarga mumkin emas. Nimesil gepototoksik ta’sirga ega bo’lib, jigarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Yana bir afsonaviy usul – spirt yoki uksusni suvga aralashtirib, bola terisini artish. Ayniqsa chaqaloqlarga bu usulni aslo qo’llamang.

Unda bolaning harorati ko’tarilganida nima qilay? Qanday dori vositalarini qo’llay deysizmi?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bolalar uchun eng to’g’ri dori vositalari bu siroplar. Isitma vaqtida samarali yordam beruvchi vositalar : IBUFEN D, NUROFEN, PANADOL.
Faqat yuqoridagi dori vositalarini bolaning yoshiga emas, vazniga qarab bering.

Nigina Ismatullayeva (pediatr)

Post sizga foydali bo’ldimi? Mana shunday ma’lumotlarga boy postlarni ulashishimizni xohlasangiz, reaksiyalar qoldiring

Keyingi mavzuyimiz, isitma tushiruvchi vositalarni bolaning yoshiga emas vazniga qarab qanday dozada berish kerakligi haqida bo’ladi. Qiziq bo’lsa, reaksiyalar orqali buni bildiring



@uyqu_mashguloti
6.0K viewsedited  08:53
Ochish/sharhlash