Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, humatli Onajonlar Nihoyat, bugun sizlarga | Uyqu mashgʻuloti

Assalomu alaykum, humatli Onajonlar

Nihoyat, bugun sizlarga so’z berganimizdek, harorat ko’tarilishi haqida ma’lumotlarga boy bo’lgan post taqdim etmoqchimiz.

Unda boshladik Asabi bo'shlar o'qimasin

Tana haroratining ko’tarilishi bu – organizmning himoya mexanizmi.

Organizmda o’z-o’zini himoya qilish mexanizmi bor. Ko’p hollarda tana haroratining ko’tarilishi bolada butun umrlik salbiy oqibatlarga olib kelmaydi. Bundan hotirjam bo’ling.

Bola tug’ilishi bilanoq aptechkada termometr va isitma tushiruvchi vositalar bo’lishi shart.

6 oylikkacha bo’lgan bolalarda isitma chiqadigan bo’lsa, 38,0 gradusgacha kutib turamiz, bundan 0,1 gradus oshsa ham, darrov davo choralarini ko’ramiz. 6 oylikdan katta bolalar uchun esa bu ko’rsatkich 39,0 gradus.

38,0 – 39.0 gradusgacha faqatgina bola o’zini yaxshi his qilsa, og’riqlar sezmasa kutishingiz mumkin. Agar bola harorati ko’tarilganida o’zini yaxshi his qilmayotgan bo’lsa, harorat gradusiga qarab o’tirmasdan darrov isitma tushirishga harakat qilamiz.

Bolalar uchun isitma tushiruvchi vositalarning eng yaxshi formasi bu – SIROPlar.

Nimaga svechalar emas, bilasizmi ?

1. Avvalambor, svechani yuborish bolaga unchalik ham yoqimli jarayon emas, ko’pchilik bolalarga bu yoqmaydi. Svecha tiqayotganda bola kuchanib tursa, ona qattiqroq harakat qilaman, deb bolaning terisiga ziyon yetkizib qo’yishi mumkin.

2. Dozaga bo’lish qiyin.

3. Isitma harorati yuqori bo’lganida, svechalar yaxshi so’rilmaydi va ta’siri bo’lmaydi.

4. Qabziyat (ich qotishi) va diareya vaqtida isitma ko’tarilsa, svecha ishlaish mumkin emas.

Instruksiya bo’yicha bola dori berayotganingizda tabiiyki, bolaning yoshiga qarab taqsimlaysiz. Aslida esa, bolaning yoshiga emas, bola og’irligiga qarab dozani tanlash kerak. Bu haqida keyinroq batafsil tushuntiramiz. Bu uchun ham alohida post qilamiz.

Ko’pchilik bola isistmasi chiqqanida, analgin+dimedrol+papaverin aralashamsidan ineksiya qilishlarini aytadi. Bunday aralashma AQSH va Yevropa mamlakatlarida ta’qiqlangan. Bu o’lim holatiga olib kelishi mumkin. Agranulositoz - qonda oqqontanachalari, ya’ni leykotsitlar miqdorining birdan kamayib ketishi bilan xarakterlanadi bu holat.

Papaverin esa qon tomir devorlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, arterial davleniyaning birdan tushib ketishiga yoki shok holatiga sabab bo’lib qolishi mumkin.

Papaverin o’rniga no-shpa ishlatishganining ham guvohi bo’lgansiz-a? No-shpa ham 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga mumkin emas.

Dimedrolga to’xtalsak. Bu prepart gemato-ensefalitik barerdan o’tib, to’g’ri bosh miyaga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham bolada uyquchanlik holati yuzaga keladi. Peredozirovka, ya’ni dozadan oshiq qollanilishi esa koma holatiga olib kelishi mumkin.

Nafas yo’llarida muammosi bor bo’lgan bemorlarga qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki shilliq qavatni quritish hususiyatiga ega.

Nimesil ham bolalarga mumkin emas. Nimesil gepototoksik ta’sirga ega bo’lib, jigarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Yana bir afsonaviy usul – spirt yoki uksusni suvga aralashtirib, bola terisini artish. Ayniqsa chaqaloqlarga bu usulni aslo qo’llamang.

Unda bolaning harorati ko’tarilganida nima qilay? Qanday dori vositalarini qo’llay deysizmi?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bolalar uchun eng to’g’ri dori vositalari bu siroplar. Isitma vaqtida samarali yordam beruvchi vositalar : IBUFEN D, NUROFEN, PANADOL.
Faqat yuqoridagi dori vositalarini bolaning yoshiga emas, vazniga qarab bering.

Nigina Ismatullayeva (pediatr)

Post sizga foydali bo’ldimi? Mana shunday ma’lumotlarga boy postlarni ulashishimizni xohlasangiz, reaksiyalar qoldiring

Keyingi mavzuyimiz, isitma tushiruvchi vositalarni bolaning yoshiga emas vazniga qarab qanday dozada berish kerakligi haqida bo’ladi. Qiziq bo’lsa, reaksiyalar orqali buni bildiring



@uyqu_mashguloti