Get Mystery Box with random crypto!

Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uni ba'zi muammochalar bezovta | Uyqu mashgʻuloti

Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uni ba'zi muammochalar bezovta qila boshlaydi, lekin bu muammochalar Ona uchun haqiqiy kattagina muammo - UYQUSIZLIKni keltirib chiqaradi. Farzandingiz 4 oylik bo'ldi, qorin dam bo'lishi va uyqu bilan bog'liq muammolar bartaraf bo'lganidan xursandsiz. Lekin vaqt o'tishi bilan bu hotirjamligingiz uzoqqa cho'zilmadimi?

Bolakayning kunduzgi va tungi uyqulari juda qisqa va tartibsiz, tunlari ko'p uyg'onmoqda va oziqlanishni talab qilmoqda, avvalgidanda ko'proq sizga "yopishib" qolgan...mi? Shosha-pisha bolalar shifokori oldiga yugurib bordingiz, ammo bola sog'lommi? Unda tabriklaymiz va Sizga ulkan sabr tilaymiz : farzandingizda UYQU REGRESSIYASI boshlanibdi. Regress 2 haftadan - 6 haftagacha davom etadi,(ko'p hollarda 2 hafta).


Uyqu regressiyasi, odatda, 4-oyning 14-17-haftalarda boshlanadi. Chunki bu vaqtda bola organizmida jismoniy va nevrologik o'zgarishlar bo'ladi. 3-4 oylikda bolada uyqu strukturasi o'zgara boshlaydi, avvalgidan farqli ravidhda bolakay endilikda xuddi kattalardek siklli uyquga o'tadi. Ularda "chuqur uyqu" rivojlana boshlaydi, lekin shu bilan bir vaqtda bola uyqu sikllari oralig'ida tez-tez uyg'onishni boshlaydi. Aslida bu holat kattalarda ham bo'ladi, lekin kattalar chaqaloqlardan farqli o'laroq, sikllar oralig'odagi uyg'onishlardan so'ng tezda uyquga ketishadi. Chaqaloqlarda esa bunday qobiliyat hali shakllanmagan, yana uyquga ketish uchun esa ularga yordam kerak, shu sababdan ham bu vaqtda ular tunda ko'p uyg'onadilar va oziqlanishni talab qiladilar.


4 oylik chaqalaoqlarda uyqu regressiyasi qanday namoyon bo'ladi:
Bolakay kam uxlay boshlaydi - qisqa kunduzgi uyqular, tunda oziqlanish uchun ko'p uyg'onish natijasida;
Kuni bilan injiqliklar qiladi, ko'p g'ingshiydi, chunki u uyquga to'ymayapti, bular barchasi organizm signali;
Yanada ko'proq erkalashlarini, quchoqlab, o'pishlarini talab qiladi. Onasiga "yopishib qoladi", bir daqiqaga bo'lsa-da ayrilishni xohlamaydi. U o'zidagi noqulaylikni onaning mehri bilan bartaraf etishni xohlaydi.
Bolaning ishtahasiga yaxshilanadi, ko'p emadi.

UYQU REGRESSIYASI vaqtida barcha noqulayliklarni bartaraf etish va uyqu rejimini doimgidek bir maromda qilishni hech ham iloji yo'q. Sizda yagona yo'l, bu vaqtning qiyin ekanligini tan olish va bolaga ruhiy-jismoniy yordam berish. Shundagina bu davrda kamroq talofot ko'rishingiz mumkin.

Uyqu regressiyasi bo'ladigan yoshlar:
4-5 oylik
7-9 oylik
12 oylik
~ 2,5 yosh

@uyqumashguloti