Get Mystery Box with random crypto!

Agar Siz yangi ota-ona bo'lsangiz va bola uchun nima eng muhim | Uyqu mashgʻuloti

Agar Siz yangi ota-ona bo'lsangiz va bola uchun nima eng muhimi ekanligini bilmayotgan bo'lsangiz, bugungi mavzuyimiz aynan Siz uchun. Reaksiyalarni va do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang, zero bu biz uchun muhim

Bugun biz chaqaloqlar va umuman olganda, yosh bolalar uchun eng muhim omil UYQU haqida yozamiz.

Bola dunyoga kelar ekan, ota-onalarni eng havotirli savoli "endi qanday uxlataman" bo'ladi...

Xo'sh, rostdan ham chaqaloqni qanday uxlatgan ma'qul?

Dastlabki oylarda xohlaganingizcha!  Xohlang emizib, xohlang aravacha-yu beshiklarda, xohlang oyoq yoki qo'lda asta tebratib... Qaysi usul siz va chaqaloq uchun qulay bo'lsa, shunday uxlating. Bu vaqtda siz e'tibor qaeatishingiz lozim bo'lgani bu qanday uxlatish emas, balki uxlash tartibi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar, odatda, emib uxlab qolishadi va bu Ona uchun ham juda qulay. Bu usulni 10 haftagacha davom ettirishning ziyoni yo'q. Ammo undan keyin hech bo'lmaganda bir mahal uyqusini noodatiy tarzda, ya'ni o'z krovatchasida o'tkazishiga qo'yib bering va shunga odatlantiring.
4-oydan so'ng esa odatiy usullaringizdan voz kechgan holda bolakayni boshqacharoq uxlatishga, silab, orqasini silab, yelkasiga ohista urib yoki biror sokin musiqa ostida uxlatishga harakat qiling. Bolada mana shu bir ikki doimiy takrorlanib turuvchi  harakatlar orqali keyinchalik uxlash normasini o'zgartirishingiz mumkin.

Bolakayga iloji boricha hech qanday bog'lanishlar(emib uxlash, beshikda yoki belanchakda tebratish, qo'lda yoki oyoqda qimirlatish)siz uxlashni o'rgating. Bu Siz va bola uchun muhim, bu sog'lom va ekologik uyqu uchun muhim!!!

Bolakayga mustaqil uyquni o'rgatishga shoshilmang, bizning reklamalarimizda keltiriladigandek 3 oyga to'lishini kuting. Agar shunda ham ishonchingiz komil bo'lmasa, dastlab uyqu vaqtlari yordamida eski usulda uxlatishga harakat qiling. Uyqu vaqtlarini har doim bir vaqtda bo'lishiga e'tibor qarating, shunda o'z-o'zidan bolakayda uyqu rejimi paydo bo'ladi. Keyinchalik esa uyqu vaqti kelganda, bola yordamingizsiz ham uxlashga tayyor bo'ladi.  Bolani ertalabki va kechki uyqu rituallari bo'lsin. Rituallar doimiy va takrorlanib turganidagina bolakayning orom uyqusi uchun o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsata oladi

@Uyqumashguloti