Get Mystery Box with random crypto!

Bolaning aqlan va jismonan rivojlanishiga ko'p omillar ta'sir | Uyqu mashgʻuloti

Bolaning aqlan va jismonan rivojlanishiga ko'p omillar ta'sir qiladi. Bulardan eng asosiysi - UYQU.

Uyqu rejimi to'g'ri tuzilgan bola o'z tengdoshlariga qaraganda anchagina aqlan kuchli bo'ladi.
Biz bilishimiz lozim bo'lgan narsa nima, bilasizmi?

Soat 21dan 24gacha organizm MELATONIN gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon:


Bolaning miyasiga "STOP" buyrug'ini beradi va uni uyqusi osuda bo'lishini ta'minlaydi. Bejizga melatoninni "uyqu gormoni" deyishmaydida.

Organizmni qayta kuchga to'lishini ta'minlaydi.

Bola kun davomida yig'gan ma'lumotlarni miyaga joylaydi.


Shunday ekan, aziz Onajonlar farzandingizga kun mobaynida o'rgatgan ma'lumotlaringiz uning miyasida muhrlansin, desangiz, uni UYQU REJIMIni to'g'ri tashkillang!
Agar bola yetarlicha melatonin qabul qilmasa,organizm KORTIZOL gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon esa organizmga salbiy ta'sir etib, bola uyqudan uyg'onganda, o'zini uyquga to'ymagandek xis qiladi va natijada, injiqlanadi, qaysarlik qiladi, sababsiz yig'layveradi.

Farzandim ham aqlan, ham jismonan sog'lom bo'lsin desangiz, UYQU REJIMIga e'tiborli bo'ling!

Biz esa bunda Sizga chin ko'ngildan yordam beramiz. Bizga murojaat qiling va farzandingizga orom uyqu hadya qiling

Murojaat uchun : @uyqu_manager

@uyqumashguloti