Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-01-14 09:18:32
14-yanvar — munosib sovg‘alarni qabul qilish vaqti

Barcha yigitlarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz va har qanday orzularingiz amalga oshishini, syurprizlar esa har doim yoqimli bo‘lishini tilaymiz!
12.8K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-01-12 13:47:34
Bugun diqqatni jamlash va dars mashgʻulotlari samaradorligini oshirishga yordam beradigan maslahatlar bilan boʻlishmoqchimiz.

Oʻquv joyingiz toza va saranjom-sarishta ekaniga ishonch hosil qiling.

Katta vazifalarni kichik qismlarga boʻlib, ularni rejalashtiring.

Qisqa tanaffuslar qilishni unutmang: 25 daqiqa mashgʻulot, 5 daqiqa tanaffus.

Energiya va aqliy ravshanlikni tiklash uchun yetarli darajadagi sifatli uyqu zarurligini unutmang.

Yodda tuting, taʼlim olishdagi muvaffaqiyat nafaqat sabot va qunt, balki kelajagingiz haqida jonkuyarlik qilish qobiliyati hamdir
14.2K views10:47
Ochish/sharhlash
2024-01-11 14:53:14
Sizlarni universitetimiz xodimlari bilan tanishtirishda davom etamiz

Talabalarimizga kim kerakli kitobni osongina topishda doim yordam beradi? Albatta, bizning ajoyib kutubxonachimiz — Salayeva Dilafruz Boʻronovna. Aynan uning yordami va maslahatlari bilan talabalarimiz kutubxonada zavq bilan bilim oladi

Dilafruz Boʻronovna boʻsh vaqtlarida badiiy adabiyot oʻqishni va Shohruhxon ishtirokidagi Bollivud filmlarini tomosha qilishni yoqtiradi

Siz kutubxonaga tez-tez tashrif buyurasizmi?
13.8K views11:53
Ochish/sharhlash
2024-01-08 13:22:16
Albatta, dam olish juda yaxshi! Lekin, oʻqishni ham unutmaslik kerak

Tez orada doʻstlarimiz bilan uchrashib, mashgʻulotlarga qaytamiz. Umid qilamizki, bayram kunlari oʻzlashtirgan bilimlaringizni unutishga ulgurmadingiz, chunki yaxshi baholar oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi

Yangi bilimlarni egallashga tayyormisiz?
13.2K views10:22
Ochish/sharhlash
2024-01-05 11:11:36
Mana, ruknimizning kirib kelgan yangi yildagi birinchi mehmoni

Sizlarni yaxshilik ulashuvchi pari kabi hammaga xayrli amal va maslahatlari bilan yordam beradigan Boychaeva Goʻzal bilan tanishtirishga shoshilamiz. U muhim lavozimda — maʼnaviy maʼrifiy ishlar mutaxassisi boʻlib ishlaydi

Goʻzal oʻz ishini jon-dilidan yaxshi koʻradi, boʻsh vaqtlarida esa odamlarni suratga olish va tennis oʻynashni yoqtiradi. Dam olish kunlari u koʻpincha farzandlari bilan shirinliklar tayyorlaydi

Keling, birgalikda ajoyib xodimimizga Yangi yilda ulkan zafarlar tilaymiz.
13.9K viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash
2024-01-04 08:57:09
Yangi yil endi biz bilan!

Bayramni ajoyib tarzda o’tkazib, muvaffaqiyatli ta’lim uchun yanada kuch to’plab, hordiq chiqaryapmiz. Siz yangi 2024-yil olib kelgan yoqimli oʻzgarishlarni his qilishga ulgurdingizmi? Bayramni qanday nishonladingiz?

Yangi yil kechasi bilan bogʻliq taassurotlaringizni biz bilan boʻlishing
14.6K views05:57
Ochish/sharhlash
2023-12-31 17:55:24
Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarov Vaxitovichdan yangi yil tabrigi

Assalomu alaykum, aziz va muhtaram ustozlar, ilmga chanqoq talabalar, universitetimizning fidoyi va jonkuyar jamoasi!

Siz ‒ azizlarni ushbu unutilmas, quvonchli damlarda kirib kelayotgan 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Oldingizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishishingizda sizga doimo kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar yor bo‘lsin.

Muhtaram professor-o‘qituvchilar!

Universitetda tahsil olayotgan talabalarimizning bugungi jahon mehnat bozorida o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishida, jonajon Vatanimizning ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishida Sizning o‘rningiz ‒ beqiyos. Bu sharafli yo‘lda barchalaringizga mustahkam sog‘lik, tuganmas kuch-g‘ayrat tilayman!

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, azizlarim!
18.2K views14:55
Ochish/sharhlash
2023-12-31 08:33:15
Ustoz va talabalarimiz nomidan barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz!

Ta’lim olishingizda muvaffaqiyat, omad va bitmas-tuganmas baxt tilaymiz. Yangi yil sizlarga koʻplab yorqin yutuqlar hamda yangi doʻstlar tuhfa etsin!

Bayramingiz muborak boʻlsin
15.9K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-12-27 15:17:56
Bayram ruhi allaqachon butun universitetni qamrab olgan. Bezatilgan archa bor goʻzalligi bilan dilni quvontirmoqda. Bu vaqtda esa talabalarimiz yaqinlashib kelayotgan bayramni intizorlik bilan kutmoqdalar.

Yangi yilni kim bilan nishonlashni oʻylab qoʻydingizmi?
16.1K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-12-24 13:12:02
Kayfiyat bu — biz

Yangi yil ham eshik qoqib kirib kelmoqda. Bunday paytda har birimizni bayram kayfiyati egallaydi. Shuning uchun vaqtni behuda sarflamaylik. Tezda doʻstlaringizni chaqiring va bezatilgan archamiz bilan selfi oling

Yangi yil kechasi qanday tilak qilishni oʻylab qoʻydingizmi?
15.2K views10:12
Ochish/sharhlash