Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-09-05 10:53:35
Hurmatli abituriyentlar!

Eslatib o'tamiz, hujjatlarni 30-sentabrga qadar universitetga olib kelishingiz kerak bo’ladi.

Guruh raqami va boshqa barcha kerakli ma'lumotlarni o'z vaqtida qabul qilish uchun to'lov kontraktni 22-sentabrdan kech qolmasdan amalga oshirishingizni so'raymiz.

Kerakli hujjatlar ro'yxati

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram
19.5K views07:53
Ochish/sharhlash
2023-09-04 08:06:13
IT-sohasiga qiziqasizmi?

U holda kuchli IT-mutaxassis Sardorbekning intervyusi sizga albatta manzur bo'ladi. Videoda axborot texnologiyalari sohasi shijoat va maqsadlaringizni amalga oshirishga, hamda dunyoga bo'lgan qarashlaringiz o'zgarishi uchun beradigan imkoniyatlar haqida bilib olasiz!

Marhamat, tomosha qiling
21.8K views05:06
Ochish/sharhlash
2023-09-01 07:44:51
Mustaqillik kuning muborak bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!

Universitetimizning barcha ustoz va talabalari nomidan sevimli diyorimizga ko'p asrlik ravnaq va tinchlik tilaymiz. Har bir xonadonda mehr-muhabbat, farovonlik va baxt hukm sursin!

E’tirof 2023 | Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarov

Bayramingiz muborak bo'lsin!
15.7K views04:44
Ochish/sharhlash
2023-08-31 10:03:21
Imkoniyatingizni boy bermang

Yoz ham nihoyasiga yetmoqda va tez orada qabul yakunlanib, mashg'ulotlar boshlanadi. Bu kuzdayoq ta'lim olishni boshlash uchun universitetimizga kirishga shoshiling!

Toshkent amaliy fanlar universiteti sizni kutmoqda!
20.0K views07:03
Ochish/sharhlash
2023-08-30 13:34:09
Toshkent amaliy fanlar universitetida UZBMB (DTM) imtihoni natijalari bo’yicha qabul davom etmoqda.

Imtihon natijasi hamda passportingizni 1-sentabrga qadar universitet qabul bo’limiga taqdim qilishingiz kerak bo’ladi.

Batafsil

Qabul bo'limi manzili: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
15.3K views10:34
Ochish/sharhlash
2023-08-29 17:28:30 Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish davom etadi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz (0%) ta’lim krediti berish tizimi joriy etilgan.

Kimlarga beriladi?

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi kurslarga beriladi?

Barcha kursdagilarga beriladi, 1-kursmi, 3-kursmi, farqi yo‘q.

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Quyidagilarga berilmaydi:

super-kontrakt;
qo‘shma ta’lim;
masofaviy ta’lim;
ikkinchi mutaxassislik;
ordinatura;
xorijdagi OTMlarga.

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Foizsiz ta’lim krediti olish uchun kam ta’minlangan bo’lish kerakmi?

Yo’q, ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri.


@xushnudbek
19.4K views14:28
Ochish/sharhlash
2023-08-28 15:00:29 TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.)

Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q)

Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

Foizi: yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 23-avgust holatiga), qizlar uchun - foizsiz (0%);

Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

Kimlarga beriladi:

kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.

***

Taʼlim krediti mavzusida ovozli chatni eshitish (2021-yil 21-avgustdagi):
https://t.me/xushnudbek/10938

O‘qishni ko‘chirganlar qachon taʼlim krediti olishi mumkin:
https://t.me/xushnudbek/10942

10 mln so‘m taʼlim krediti olish uchun oyiga qancha oylik ish haqi talab etiladi:
https://t.me/xushnudbek/10950

Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olsa bo‘ladimi?
https://t.me/xushnudbek/10974


@xushnudbek
22.9K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-08-27 18:25:25
Yangi tanishlar orttirib, ular bilan birgalikda shinam yo'laklar bo'ylab sevimli mashg'ulotlaringizga borish qanchalik ajoyib bo'lishini bir tasavvur qiling. Universitetimizda do'stlik va hamjihatlik muhiti qanchalik yoqimli bo'lishini bilib olasiz

Aziz abituriyentlar, universitetimizga o'qishga kirishga shoshiling!
25.8K views15:25
Ochish/sharhlash
2023-08-26 16:20:17
Tanishing, Aziza

Aziza ta'lim berish bilan shug'ullanadi va u boy tajribaga ega. Uning hikoyasidan pedagogika nima va u hayotda talabalarni to'g'ri yo'naltirishga qanday yordam berishini bilib olasiz

Marhamat, tomosha qiling!
20.1K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-08-24 18:31:16
Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent amaliy fanlar universiteti
oxirgi kirish imtihonlari 16-sentabr, ya'ni, shanba kuni bo'lib o'tadi. Imtihon onlayn, bu degani - Toshkentga/Universitetga kelish shart emas.

Oldingi imtihonda ishtirok eta olmagan abituriyentlarga keyingi imtihonda qayta ishtirok etish imkoniyati beriladi va buning uchun qayta ro'yxatdan o'tish shart emas.

Bizda ariza topshirish ham, imtihon ham — bepul.

Ariza topshirish

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
31.3K views15:31
Ochish/sharhlash