Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2022-12-16 16:12:31
Universitetimiz talabalarini tanishtirishda davom etamiz

Bugungi qahramonimiz — pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Raimqulova Nigora. Kelajakda u insonlarga ruhiy holatlarini yaxshilashda va muammolarini hal qilishda yordam berishni juda xohlaydi.

Nigoraning sevimli mashg'uloti — turli syujetlar haqida o'ylashga majbur qiladigan kitoblarni o'qishdir. Bizning ana shunday iqtidorli talabalarimiz bor
44.4K views13:12
Ochish/sharhlash
2022-12-14 17:02:11
Talabalar uchun foydali tavsiyalar

O'qishni oson va yoqimli jarayonga aylantirish hamda sessiyadan muvaffaqiyatli o'tish uchun foydali tavsiyalar bilan ulashamiz.

Birinchisi, yangi yilni o'zingiz kutgandek yuqori kayfiyatda boshlash uchun sessiyaga jiddiyroq tayyorgarlik ko'ring.

Undan so'ng, darslarni samarali o'zlashtirish uchun kursdosh do'stlaringiz yordamidan foydalaning.

Va nihoyat, yangi yil uchun yangi maqsadlaringizni hozirdan rejalashtirib qo'ying
40.7K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-12-12 15:59:51
Siz fransuz tili darslarini yoqtirasizmi?

Utanova Shoira universitetimizning fransus tili o'qituvchisi hisoblanadi. Talabalar uning mashg'ulotlarini juda ham yoqtirishadi va doimo o'zlarining sevimli ustozlarini hayratda qoldirishga harakat qilishadi

Shoira Akbarovna bolalikdan ta'limga qiziqqanligi sabab, o'ziga o'qituvchilik kasbini tanlagan. U bo'sh vaqtlarida sport bilan shug'ullanishni va turli mamlakat tangalarini to'plashni yoqtiradi. Uning sevimli qo'shig'i — «Lara Fabian – Je T'aime»
40.2K viewsedited  12:59
Ochish/sharhlash
2022-12-09 11:01:10
Universitetning kafedra mudiri yuksak nishonga munosib ko’rildi

Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ozoda Rahmatullayeva “O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu esdalik nishon O'zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
49.8K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-12-08 07:00:31
Bugun O'zbekiston Respublikasi uchun eng muhim kunlardan biri — Konstitutsiya kuni!

8-dekabr faqatgina kalendarda alohida belgilanganligi uchun emas, huquqlarimiz, burchlarimiz va vakolatlarimiz jamlangan qomus qabul qilinganligi uchun ham yurtimizdagi har bir fuqaro uchun alohida ahamiyat va qadrga ega

Toshkent amaliy fanlar universiteti ustozlari va talabalarining samimiy tabriklarini qabul qiling. Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak bo'lsin!
42.1K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-12-06 12:50:49
Yurtimizga haqiqiy qish kirib keldi

Kimdir yangi yilga tayyorgarligini hozirdan boshlab yuborgan bo’lsa, kimdir tugayotgan yil sarhisobi bilan band.

Bizning talabalarimiz esa imtihonlarga astoydil tayyorgarlik ko’rmoqdalar.

Chunki, sessiyaga oz vaqt qoldi.

Keling, barcha talabalarga sessiyani topshirishda muvaffaqiyat tilaylik
39.9K views09:50
Ochish/sharhlash
2022-12-03 12:49:18
Toshkent amaliy fanlar universiteti vakillari "Jalinga" interaktiv studiyasiga tashrif buyurishdi

Tashrifda universitetimiz vakillari studiyaning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Undan tashqari, yaqin kelajakda universitetimizda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etish bo'yicha hamkorlik kelishuvlari rejalashtirildi
47.0K views09:49
Ochish/sharhlash
2022-12-02 11:15:02
Siz ham IT sohasiga qiziqasizmi?

Sizga Toshkent amaliy fanlar universiteti talabasi - Soliyev Sobirni tanishtirishdan mamnunmiz. U kompyuter injiniringi fakultetining birinchi bosqich talabasi.

Sobir sportga qiziqadi va u o’z karyerasini IT sohasida qurishni niyat qilgan. Kitob o'qish ishtiyoqi unga maqsadlari sari muvaffaqiyatli intilishiga yordam beradi. Sevimli kitobi: Robert Kiyosakining "Boy ota, kambag’al ota"
44.1K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-11-30 11:05:35
Do'stlar davrasidagi mashg'ulotlar o'ziga xos jozibaga ega: zerikish yo'qoladi, yaxshi kayfiyat va raqobat hayajoni paydo bo'ladi. Shu tarzda istalgan mavzuni tezda o'zlashtirish mumkin

Qishki sessiya yaqinlashmoqda. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun do'stlaringiz bilan birgalikda tayyorlaning
45.4K views08:05
Ochish/sharhlash
2022-11-28 11:43:04
Ba'zan chindan ham darslarga e'tibor qaratish kerak

Universitetda kutubxona va sokin xonaning har kuni ochiqligi naqadar yaxshi. Kutilganidek, u yerda tinchlik hukm surmoqda: har doim kerakli kitobni olib, kerakli mavzuni o'rganishga astoydil kirishishingiz mumkin

Yolg'iz yoki do'stlaringiz bilan shug'ullaning. A'lo baholar tilaymiz
47.8K viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash