Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarov V | Toshkent amaliy fanlar universiteti

Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori Abdusalom Umarov Vaxitovichdan yangi yil tabrigi

Assalomu alaykum, aziz va muhtaram ustozlar, ilmga chanqoq talabalar, universitetimizning fidoyi va jonkuyar jamoasi!

Siz ‒ azizlarni ushbu unutilmas, quvonchli damlarda kirib kelayotgan 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Oldingizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga erishishingizda sizga doimo kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar yor bo‘lsin.

Muhtaram professor-o‘qituvchilar!

Universitetda tahsil olayotgan talabalarimizning bugungi jahon mehnat bozorida o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishida, jonajon Vatanimizning ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishida Sizning o‘rningiz ‒ beqiyos. Bu sharafli yo‘lda barchalaringizga mustahkam sog‘lik, tuganmas kuch-g‘ayrat tilayman!

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, azizlarim!